Koreyslar

Koreyslar (oʻzlarini Choson saram — Choson mamlakati odamlari deb atashadi) — Koreyaning asosiy aholisi. KXDR da (22,5 mln. kishi), Koreya Respublikasida (44 mln. kishi), RF da (107 ming kishi), Xitoyda (1,86 mln. kishi), Yaponiyada (670 ming kishi), Oʻzbekistonda (183 ming kishi), Qozogʻistonda (103,3 ming kishi) yashaydilar. Umumiy soni 70,2 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Koreys tilida soʻzlashadi. Mongoloid irqiga mansub. Dindorlari budda, konfutsiylik va xristian (presviterianlar) diniga eʼtiqod qiladi. K.ning ajdodlari kadim zamonlardan beri Koreya yarim orol hududida yashab kelmokda. K.ning shakllanishida 3 ta qabila guruhi (paleyeosiyo, oltoy, avstronez) qatnashgan. Bunda yetakchi rolni protooltoy qabilalari oʻynagan. Koreys qabilalarining l-ittifoqi — Choson 1-asrda vujudga kelgan. Bu aholining etnik tarkibiga katta taʼsir koʻrsatdi. Miloddan avvalgi 1-ming yillikning oʻrtalarida Manjuriyaning janubida va Koreyaning shim. da Choson davlati (oʻzlarini choson deb atashlari shundan) tashqil topdi. 10-asr boshlarida K. yagona xalq sifatida shakllangan. Ikkinchi jahon urushidan keyin koreys xalqi 2 qismga boʻlinib ketdi. Janubidagi K. va shim.dagi K. boshqa-boshqa tuzum yoʻlidan ketishdi. 1937— 38 yillarda sobiq shoʻrolar tuzumi zoʻravonlik bilan Rossiyaning Uzoq Sharq oʻlkasidan 74500 K.ni Oʻzbekiston hududiga koʻchirdi. Bunga asosiy sabab sobiq shoʻrolar ittifoqi bilan Yaponiya oʻrtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi edi. Oʻsha davrda Koreya ya. orol Yaponiya tomonidan bosib olingan boʻlib, tub koreys aholisi bilan Uzoq, Sharq hududidagi K. ning etnik kelib chiqishi bir edi. Oʻzbek xalqi K.ga nisbatan oʻzining yana mehmondoʻstligi va bagʻri kengligini koʻrsatdi. Ularni uyjoy, ish bilan taʼminladi, ularga maishiy xizmat, madaniy oʻchoqlar yaratdi, bolalarining oʻqishi, taʼlim olishi uchun maktablar ochdi. Asosiy mashgʻulotlari sholikorlik. Chorvachilik, baliqchilik, ipakchilik, hunarmandchilik bilan ham shugʻullanishadi.

Koreyslar
한국인 / 조선인
Umumiy aholi soni
Katta aholiga ega mintaqalar
 Janubiy Koreya      50,062,000 (2009)[1]
 Shimoliy Koreya      24,051,218 (2009 est.)[2]

 Xitoy2,336,771[3]
 AQSh2,102,283[3][4]
 Yaponiya904,512[3]
 Kanada223,322[3]
 Rossiya222,027[3][5]
 Oʻzbekiston175,939[3]
 Avstraliya125,669[3]
 Filippin115,400[3]
 Qozogʻiston103,952[3]
 Vietnam88,120[3]
 Braziliya48,419[3]
 Buyuk Britaniya45,295[3]
 Tailand40,370[3]
 Ukraina35,000[6]
 Indoneziya31,760[3]
 Germaniya31,248[3]
 Yangi Zelandiya30,792[3]
 Argentina22,024[3]
 Qirgʻiziston19,420[3]
 Fransiya14,738[3]
 Malayziya14,580[3]
 Singapur13,509[3]
 Meksika12,072[3]
 Gvatemala9,921[3]
 Hindiston8,337[3]
 Shvetsiya7,000[3]
 Paragvay5,229[3]
 Kambodja4,772[3]
 Italiya4,203[3]
 Janubiy Afrika3,949[3]
Tillar
Koreys tili
Dinlar
Buddizm
Qarindosh etnik guruhlar
boshqa

Adabiyotlar

  • Kim P., Koreysi Respubliki Oʻzbekistona, T., 1993.[7]

Koreyslar (Koreyscha — choson saram) — Koreyaning tub aholisi. KXDRda 24 million, Janubiy Koreyada 50-million. Umumiy soni 81-million kishi. Shuningdek, Rossiyada 108-ming, Oʻzbekistonda 184-ming, Qozogʻistonda 104-ming (1992) Koreyslar istiqomat qilishadilar.Antropologik tarafidan Koreyslar mongoloid irqiga kiradi. Koreys tilida gaplashishadi.

Madaniyati

Koreyslarning milliy kiyimi, ayniqsa, oq matodan tikiladi. Erkaklar keng balaqli shim, nimcha, xalat, ayollari uzun beldamcha, qisqa kofta, dambal kiyadi. Milliy tasviriy sanʼati, arxitektura xotiralar. Koreyslarning milliy fol'klorlik ijodlari, xalq musiqalari, qadimgi afsonalari yaxshi saqlangan. Musiqa bilan raqs sanʼati yaxshi rivojlangan. Ulaning milliy asboblariga komungo, kayagim, fleyta, baraban kiradi.

Dini

Koreyslar buddizm diniga mansub xalq. Koreyslarning oz miqdori — xristian dinini qabul qilgan. 3 — 4 asrlarda Koreyaga budda dini keng avj olib, oʻrta asrlarda konfutsiychilik qattiq taʼsir qiladi. 19-asrlarda Koreyaga xristian dini ham kirdi, biroq u din keng avj ola olmadi

Qishloq xoʻjaligi

Koreyslarning milliy taomlari — achchiq tuzi oʻtkir baliq bilan koʻkat. Koʻrayslar qadimdan dehqonchilik bilan shugʻullanib kelganlar. Ayniqsa, guruch, arpa, tariq, sholi oʻsimliklari, mevali daraxtlar va koʻkatlar ekadi. Ipak qurtini parvarish qiladilar. Dengiz yiqasidan baliq ovi bilan shugʻullanadi. Kulolchilik, boltachilik, toʻqimachilik va kundalikka kerakli buyumlar yasash hunari yaxshi avj olgan.

Yana qarang

Manbalar