Kron kasalligi

Kron kasalligi yoki Terminal ileit - yo'g'on ichakdagi nospetsifik yarali granulematoz yallig'lanish kasalligidir.

Kron kasalligi

yo'g'on ichakdagi nospetsifik yarali granulematoz yallig'lanish kasalligi
Xirurgik kasallik
KXK-10 K50[1]
KXK-9 555
OMIM 266600
DiseasesDB [1]
MedlinePlus 000249
eMedicine med/477

Tarixi

1932-yil Kron, Ginzburg va Oppengeymer terminal ileit nomi bilan yanginozologik birlikni amaliyotga tatbiq etdilar. Ularning taʼkidlashicha, bu kasallikingichka ichakning boshqa turlaridan mutlaqo farq qilgan holda, yonbosh ichaknijarohatlaydi. Lekin keyinchalik shu narsa maʼlum boʻldiki, kasallik, asosan,yoʻgʻon ichakda va kam hollarda oshqozon-ichak tizimining boshqa sohalaridauchraydi. 1959-yil Brooke. 1960-yil Lockhart-Mammery va Morton Kronkasalligining yoʻgʻon ichak turi va yarali kolit butunlay alohida patologiyaekanligini taʼkidlab oʻtdilar. Kron kasalligi erkaklar va ayollarda bir xil miqdordauchraydi. Lekin oq tanli odamlarda qora tanlilarga nisbatan 5 barobar koʻpuchraydi. Turli millatlar ichida esa yahudiy millati orasida, bilinarli darajada koʻpuchraydi. Kasallik epidemiologiyasini oʻrganish shu narsani koʻrsatadiki, oxirgiuch un yillik ichida bemorlar soni tez ortib bormoqda.

Etiologiyasi va patogenezi.

Kron kasalligining etiologiyasi hozirgacha aniqemas. Lekin yarali kolitga xos 5 etiologik sabab Kron kasalligiga ham tatbiq etilsaboʻladi. Genetik va infeksion sabablar asosiy omillar hisoblanadi, chunki ikkalasiham Kron kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarda mavjud. Har bir bemordalimfangioektaziya va mezenterial limfangiopatiya kabi morfologik oʻzgarishlarkuzatilishi „obstruktiv limfangitni“ asosiy sabablardan biri ekanligini koʻrsatadi.Kron kasalligida ichakning shilliq osti qavatida shish, fibroz, limfa yoʻllariningkengayishi hisobiga devori qalinlashgan boʻladi. Shilliq pardasida kichik-kichikariqsimon yaralar kuzatiladi. Uning koʻrinishi „tosh koʻcha“ni eslatadi. Shundayyaralardan tashqari, sohalarda shilliq pardaning tuzilishi deyarli oʻzgarmagan holdaboʻladi. Koʻp hollarda, ichakning tutqich yuzasida, shilliq pardada uzunasigaketgan chuqur yarali ariqchalar paydo boʻladi. Baʼzida bu yaralar ichakning barchaqavatlarini qamrab teshiklar, chandiqlar va surunkali abssesslar hosil qiladi. Koʻpyadroli ulkan epitelial hujayralardan iborat granulomalar 60 % bemorlarda uchraydi. Bunday granulomalar shilliq osti qavatida, baʼzida seroz osti, muskulqavati va regional limfa bezlarda topiladi. Kron kasalligi boʻyicha operatsiyadavrida ichak devorining qalinlashganligi, seroz osti tomirlarning kengayganligi,qattiqlashganligi va torayganligini hisobga olgan holda, yalligʻlanishninguzunligini oson aniqlab ola oladi. Lekin, bazida yalligʻlanish segmentarxususiyatga ega boʻladi.


Makroskopik ko'rinishi

Ichak devorlarining fibroz o'smasi ko'rinishida qalinlashuvi, yon atrofidagi aʼzolar bilan (ingichka ichak, meda, ut kopi,siydik naylari, siydik qopi va boshqa aʼzolarga yondashganligi sababli bo'ladigan oqmalar, kasallikning oshkozon va ichak tizimida keng tarqalganligidan dalolat beradi. Yo'g'on ichakdagi infiltratsion o'zgarish – segmentar, ko'p segmentar, ichaklarning bir necha joyida, tarkqoq (total), yonbosh ichakdagi (ileokolit) va me'da ichak tizimining boshqa qismlarida uchraydi. Ichak devorlaridagi, ko'ndalang ko'plamchi chukur joylashgan yaralarning yorilishi natijasida, ular oralarida qalinlashgan, notekis joylashgan, shillik qavatidagi burmalarda shish shaklida namoyon bo'ladi.

Klinikasi

Kron kasalligi, koʻpincha katta yoshdagi odamlarda uchraydi. Lekin oxirgi yillarda, bolalarda ham tez-tez uchramoqda. Koʻpginamualliflarning eʼtiroficha, 20 % bemorlarda kasallik belgilari 15 yoshgachaboʻlgan davrda paydo boʻlgan. Baʼzi adabiyotlarda kichik yoshdagi bolalarda hamuchrab turishi qayd qilinadi. Kasallikning belgilari quyidagilardan iborat: ogʻirlikmassasini yoʻqotish (90 % hollarda), qorin ogʻrigʻi (70 %), diareya (67 %), tanaharoratining koʻtarilishi (25 %). Baʼzida kasallikning dastlabki belgilariboʻgʻimlarda ogʻriq (artrit) bilan boshlanadi. Kron kasalligida toʻgʻri ichakdanaxlat aralash qon kelish, yarali kolitga nisbatan kam uchraydi. Lekin faqat yoʻgʻonichak lokalizatsiyasida „qonli diareya“ Kron kasalligiga xos belgi hisoblanadi.Deyarli 2/3 qism kasallarda diagnoz bir yildan keyin aniqlanadi. Kasallarning 1/3qismida birlamchi diagnoz oshqozon-ichak tizimiga bogʻliq boʻlmagan tashxislarbilan davolanadi[2].Yarali kolitda kasallik kechishi qaytalanuvchi, zoʻrayish davri vaqtinchazaiflashish bilan almashib turuvchi xususiyatga ega boʻlsa, Kron kasalligidadoimiy boʻladi. Kasallikning bolalarga xos shakli „ileokolit“ hisoblanadi (55 %).Yoʻgʻon ichak (34 %) va ingichka ichak (10 %) shakllari kamroq uchraydi. Ogʻizboʻshligʻi shilliq pardasi biopsiya qilinganda, Kron kasalligiga xos granulomalaraniqlanadi. Baʼzida, kasallikning ogʻir shakllarida barmoqlarning„tugʻnogʻichsimon“ yoʻgʻonlashishi rivojlanadi.Kron kasalligiga chalingan bolalar jismoniy rivojlanishdan orqada qoladi,ogʻirligi kam boʻladi. Kasallikning ileosekal shaklida eng koʻp uchraydiganbelgilardan biri, qorinning oʻng pastki toʻrtdan birida ogʻriq paydo boʻlishidir.Kolorektal shaklida perianal yaralar, yoriqlar paydo boʻladi. Ular, koʻpinchaogʻriqli va oqmalar, granulomatoz toʻqimadan iborat gʻadir-budir yuzalar hosil 152qilib, oraliq sohasiga tarqalishi mumkin. Baʼzida yaralarning jadal rivojlanishinatijasida, perianal soha muskullari ham jarohatlanishi mumkin. Ingichka ichak,sigmasimon va toʻgʻri ichakdan yuqorida joylashgan yoʻgʻon ichakjarohatlanganda, sigmoidoskopiyada shilliq parda oʻzgarishsiz boʻladi. Kronkasalligining rektal shaklida shilliq pardada chiziqsimon yaralar aniqlanadi.

Kasallik darajasi

Rektoromanoskopiyaga ko'ra kasallikning 4 bosqichi tafovut qilinadi;

  • 1. bosqich – yo'g'on ichak shillik qavatida qizarish, qonashga moyillik va dog'lar ko'riladi.
  • 2. bosqich – ichak shillik qavatida, shish, qizarish, yaltiroq va o'yilgan yara ko'rinishidagi qon to'lgan soha ko'riladi.
  • 3. bosqich – ichakning shillik qavatida ko'plamchi mayda abssesslar va yorilgan abssess urnidagi yaralar bo'ladi.
  • 4. bosqich – qizil alvon ko'rinishidagi ko'plamchi qonab turuvchi, qon-shillik-yiringli ekssudat poliplar (psevdopolipozni) ko'ramiz.

Shuningderk kasallikning kechishi va unda kuzatiladigan jarayonlarga qarab kasallik formalari mavjud:

  • I - Yengil formasi:
  • II - O'rta og'ir formasi:
    • 1. Ich ketish, qon aralash (4 marta va undan ortiq)
    • 2. Taxikardiya.
    • 3. Gipoxrom anemiya.
    • 4. EChT (15-20).
    • 5. Tana xarorati 38- 38,5 C0.
  • III - Og'ir formasi:
    • 1. Ko'p miqdorda, tinimsiz Qon aralash ich ketishi (6 va undan kup marta).
    • 2. Taxikardiya,
    • 3. Anemiya
    • 4. EChT juda baland ko'tariladi
    • 5. Bemorning tana xarorati 39-40 C0.

.

Diagnostikasi

Anamnezida; bolada ich ketish, xolsizlik, ishtaxasizlik. Bemorni ko'ruvda; kamqonlik (anemiya), tez toliqish, terisida quruqlik.

  • Palpasiyada – yo'g'on ichak bo'ylab qorinda og'rik kuzatiladi, qorin oldi devoridagi mushaklar taranglashgan, qorni dam.
  • Perkussiyada – quti tovushi (korob) jigar soxasida o'tmas tovush, agar ichakda perforatsiya bulsa havoli po'kak tovushi aniqlanadi.
  • Orqa chiqaruv (anal) sohasida, gemoroidal tugunlarning kattalashuvi, yorilishi (treshina), parorektal sohada – oqmalar va abssess kuzatiladi.

Instrumental tekshiruvda;

  • Rektoromanoskopiya.
  • Rektoskopiya,
  • Irrigogramma qilinadi.

Laboratoriya tekshiruvlarida anemiya, EChT oshganligi, gipoalbuminemiya, LgAkoʻrsatkichining oshganligi, qon quyilishi vaqtining choʻzilishi kabi koʻrsatkichlarkuzatiladi. Rentgenologik tekshiruvda oshqozon-ichak tizimining barchasohalarida - qiziloʻngachdan tortib toʻgʻri ichakgacha Kron kasalligiga xosoʻzgarishlar aniqlanadi, lekin eng koʻp uchraydigan sohalari yonbosh va yoʻgʻonichak hisoblanadi. Shuningdek, ichak oqmalari, qorin boʻshligʻi abssesslari,oʻsmasimon hosilalar va terining jarohatlanishi kuzatiladi.

Asoratlari

Kron kasalligiga ichki oqmalar va yoʻllar hosil boʻlishi xosdir. Bundayasoratlar qorin ogʻrigʻi, qorin devorining taranglashuvi va qorinda oʻsmasimonhosila paypaslanishi kabi klinik belgilar bilan oʻtadi. Oqma, koʻpincha, yonboshichakning soʻnggi qismi bilan koʻtariluvchi chambar yoki sigmasimon ichaklarorasida vujudga keladi. Oʻtkir appenditsit diagnozi bilan appendektomiyaoperatsiyasi oʻtkazilgandan soʻng, tashqariga ochilgan oqma hosil boʻlsa, bemordaKron kasalligi boʻlishi mumkinligi ehtimoli mavjud. Bunda finajasogrammadaoqma chuvalchangsimon oʻsimtaning asosiga emas, balki yonbosh ichakningsoʻnggi qismiga ochilganligi koʻrinadi. Baʼzida oqma ichak bilan siydik qopi yokiuretraga ochilishi mumkin. Bunda siydik yoʻllarining infeksiyasi, siydik bilan havoyoki ichak massasi ajralganda, Kron kasalligining asorati ekanligini tasdiqlaydi.Kron kasalligida yoʻgʻon ichakning dilatatsiyasi (megakolon) vaperforatsiyasi kamdan kam hollarda uchraydi. Biroq ichakning distal qismlariningobstruksiyasi ichak perforatsiyasi bilan tugashi mumkin. Kasallikda steroidterapiya perforatsiyaga sabab boʻla olmaydi. Shuni taʼkidlab oʻtish joizki, Kronkasalligi kolorektal sohaning karstinomasiga sabab boʻlishi mumkin. Statistikmaʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, Kron kasalligining bunday asorati aholi orasidauchraydigan koʻrsatkichga nisbatan 20 barobar koʻp.

Davolash

Bemor bolalar uzoq davr mobaynida konservativ davo oladilar. Davoning asosiy komponentlaridan birioqsilga boy, yuqori kalloriyali parhezdir. Dagʻal, qattiq oziq-ovqatlar tavsiyaetilmaydi. Steotoriya dardi bor bemorlarga yogʻli ovqat kam miqdorda isteʼmolqilish va qoʻshimcha trigliseridlar tavsiya etiladi.Sulfosalazin (azulfidin) qoʻllash, yarali kolitlarda (YaK) samarali natijabergan holda, Kron kasalligida taʼsiri kam. Shunga qaramasdan, uni qoʻllashmaqsadga muvofiq hisoblanadi. Steroid gormonlar qoʻllash quyidagi hollardatavsiya etiladi: (1) xirurgik davoga koʻrsatma boʻlmagan holda, konservativ davoyordam bermasa: (2) bemorda toksikoz belgilari bilan umumy ahvolining ogʻirboʻlishida: (3) bemorda asosiy kasallikdan tashqari ichakdan tashqari koʻrinishlar(artralgiya, teri kasalliklari) mavjud hollarda: (4) ogʻir bemorlarda keng tarqalgan,operatsiya qilish mumkin boʻlmagan enteritda. Ambulator davo yordam bermasa,bemor ahvolining ogʻirlashishi yoki ovqatlanishning buzilishi kuchaygan hollarda,kasalxonaga yotqizilishi shart. Enteral oziqlantirishning toʻxtatib, parenteraloziqlantirishga oʻtish, elektrolit, vitamin, mikroelementlar tanqisligini bartarafetish, koʻpincha, bemor ahvolining yaxshilanishiga olib keladi[3].

Operativ davosi

Kron kasalligida operativ davo kam hollarda, bemorningbutunlay sogʻayib ketishiga olib keladi. Bunga sabab, kasallikning tez-tezqaytalanishi bilan bogʻliq. Baʼzida operatsiya bemor ahvolining sezilarli darajadaklinik yaxshilanishiga olib keladi. Bu esa dori-darmonlar dozalarini qisqartirishga,yoki umuman toʻxtatishga sabab boʻlishi mumkin. Operativ davoga kasallikningzoʻrayishishi dalil hisoblanadi. Jumladan, bola boʻyining oʻsmasligi, konservativdavoning taʼsir qilmasligi, ichak tutilishi, ichak oqmalari (ichki va tashki),pararektal abssess va oqmalar, qon ketish, qorin ogʻrigʻi va qorin boʻshligʻiabssessi kabilardir. Operatsiyadan oldin va keyin butunlay enteral oziqlantirishnitoʻxtatib, umumiy parenteral oziqlanishga oʻtish, operatsiyadan keyinkuzatiladigan asoratlarni kamaytirishga, bemor ahvolining tiklanishiga vakoʻpincha, faol hayot tarziga qaytishiga sabab boʻladi.Kron kasalligining ileostekal shakli, koʻpincha ichak tutilishiga olib keladi vaoperatsiya oʻtkazishga sabab boʻladi. Bu barcha ichak tutilishlarning 90 %nitashkil qiladi. Aksincha, kolorektal shaklida deyarli ichak tutilishi kuzatilmaydi.Lekin bu shaklda ichakdan qon ketish koʻp uchraydi. Bunda oʻsishdan qolish,ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanishining orqada qolishi ikkala jinsga xosdir.Operatsiya mobaynida zararlangan (yalligʻlangan) ichakni rezeksiya qilish vaanastomoz qoʻyish optimal uslub (usul) hisoblanadi. Rezeksiyani „sogʻlom“toʻqima boʻylab oʻtkazish zarur degan tushunchalar, hozirgi paytda zarur emasligitasdiqlandi. Shu sababli, rezeksiyani faqat yalligʻlangan ichak chegarasidaoʻtkaziladi. Yalligʻlangan sohada oʻtkazishga toʻgʻri kelsa ham, anastomozningbitishiga taʼsir koʻrsatmaydi. Bu esa operatsiyadan keyin kuzatilishi mumkinboʻlgan „kalta ichak sindromi“ni yuzaga kelmasligini taʼminlaydi. Yalligʻlanishichakning boshqa sohalarida ham ayrim-ayrim joylashishi kuzatilsa (agar ulardaobstruksiya yoki boshqa asoratlar boʻlmasa), ular oʻz holida qoldiriladi. Ileostomayoki „chetlab oʻtish“ anastomozi ichak rezeksiyasiga nisbatan koʻp asoratlar bilanoʻtadi hamda kam hollarda kasal ahvolini yaxshilanishiga olib keladi. Operatsiyapaytida, ichki oqmalar aniqlansa, ular rezeksiya qilingan ichak bilan birga olibtashlanadi. Agar oqma rezeksiya qilinuvchi yalligʻlangan ichakdan uzoqdajoylashgan boʻlsa, ichakning bu sohasi ham oqma bilan birga, alohida qoʻshimcharezeksiya qilinib anastomoz qoʻyiladi.Kron kasalligida qorin ogʻrigʻi tufayli operatsiya paytida, ileostekal sohadakuchli yalligʻlanish aniqlanmasa, appendektomiya operatsiyasi bilanchegaralanadi. Shuni taʼkidlash kerakki, Kron kasalligi tufayli appendektomiyadankeyin yuzaga keladigan oqmalar, mazkur kasallik aniqlanmagan bemorlarganisbatan 6 marta koʻp uchraydi. Kron kasalligida bu kasallik boʻlmagan bolalarganisbatan appenditsit kam uchraydi. Agarda yalligʻlanish 12 barmoqli ichakdajoylashgan boʻlib, yuqori ichak tutilishi aniqlansa, gastroeyunoanastomozoperatsiyasi bajariladi. Bunda, och ichakda yaralar hosil boʻlishining oldini olishmaqsadida vagotomiya ham bajariladi. Lekin shunga qaramasdan, kasallikning qaytalanishi uchrab turadi. Adabiyotlarda koʻrsatilishicha, operatsiyadan keyin 3 yil ichida qaytalanish 50 %ni tashkil qiladi, vaqt oʻtishi bilan esa qaytalanish90 %ga yotadi. Bu koʻrsatkichlar shuni koʻrsatadiki, operativ davolab, bukasallikni butunlay yoʻq qilishning iloji yoʻq. Lekin operatsiya ichak tutilishi,anoreksiya, doimiy qorin ogʻrigʻi singari hollarda, bemorlarni sogʻlom turmushtarziga qaytishiga yordam beradi. Koʻp hollarda, rezeksiya oʻtkazilib, anastomozqoʻyilgan hollarda, kasallik (anastomozning proksimal yoki distal qismlarida)qaytalanadi. Bunda konservativ (medikamentoz) davolash 70 % hollarda yaxshinatija beradi. Ileostoma qoʻyilgandan keyin qaytalanish, koʻpincha, uningproksimal qismida vujudga keladi. Birlamchi rezeksiya oʻtkazilgan bemorlardaqaytalanish tufayli qayta operatsiya oʻtkazish taxminan 30 % hollarda kerakboʻladi. Bemor ahvolining qayta operatsiyadan keyin yaxshilanishi 50 % hollardakuzatiladi. Operatsiyadan keyin perianal oqmalar paydo boʻlgan bemorlarda,yaraning bitishi juda qiyin boʻladi yoki umuman bitmaydi. Bu hollarda oqmanikesib tashlab toʻgʻri drenajlash yaxshi natija beradi.Bolalarda Kron kasalligi tufayli operatsiyadan keyin qaytalanishi (restidivi)yuqori boʻlishiga qaramasdan, bemor bolalarning ahvoli ancha yaxshilanadi.Ishtahasi ochiladi, tana ogʻirligi oshadi, koʻp vaqt mobaynida qorindagi ogʻriqboʻlmaydi. Shunga qaramasdan, koʻp hollarda, qayta-qayta operatsiyalar(rezeksiya) oʻtkazishga toʻgʻri keladi. Bunda bolalarning ahvoli qaytayaxshilanadi. Afsuski, Kron kasalligini davolashda bir operatsiya bilanmuvaffaqiyatga erishish kam hollarda uchraydi.

Manbalar

Adabiyotlar

M. M. Aliyev Bolalar xirurgiyasi, I-tom 2018-yil