Lena Horne

Lena Mary Calhoun Horne (talaffuzi: „Lena Meri Kalxun Xorn“, 1917-yil 30-iyun — 2010-yil 9-may) amerikalik raqqosa, aktrisa, qoʻshiqchi va fuqarolik huquqlari faoli edi. Hornening faoliyati yetmish yildan ortiq davom etdi. U kino, televidenie va teatrda paydo boʻldi. Horne oʻn olti yoshida Cotton Club xoriga qoʻshildi va Hollywoodga koʻchishdan oldin tungi klub ijrochisi boʻlgan.

Lena Horne
Tavalludi
Lena Mary Calhoun Horne

30-iyun 1917-yil
Bedford–Stuyvesant, Brooklyn, New York, A. Q. Sh.
Vafoti 9-may 2010-yil(2010-05-09)
(92 yoshda)
New York City, A. Q. Sh.
Fuqaroligi AQSh
Kasbi
  • Xonanda
  • raqqosa
  • aktrisa
  • faol
Faoliyat yillari 1933-2003
Turmush oʻrtogʻi
Louis Jordan Jones
(turm. 1937; ajr. 1944)

Lennie Hayton
(turm. 1947; vaf. 1971)
Bolalari 2

Yoshligi

Lena Horne Bruklindagi Bedford-Stuyvesant shahrida tugʻilgan[1]. Oilasining ikkala tomoni ham afro-amerikalik edi. U oʻsha paytdagi qora tanli Nyu-Yorkliklarning ichida yaxshi maʼlumotli, yuqori qatlamiga mansublaridan edi[2][3].

Karyerasi

Horne Julie LaVern rolida, 1946-yil

1933-yilning kuzida Horne Nyu-Yorkdagi Cotton Club xor safiga qoʻshildi. 1934-yil bahorida u Lenani oʻz qanoti ostiga olgan Adelaida Hall bosh rolini oʻynagan Cotton klubi paradida taniqli rolga ega edi[4]. Horne ilk bor ekranda raqqosa sifatida „Cab Calloway’s Jitterbug Party“ (1935) musiqiy qisqa filmida paydo boʻldi[5]. Bir necha yil oʻtgach, Horne Noble Sissle orkestriga qoʻshildi, u bilan birga gastrollarda boʻldi va Decca tomonidan chiqarilgan birinchi yozuvlarini yaratdi. Birinchi turmush oʻrtogʻidan ajralganidan soʻng, Horn 1940—1941-yillarda guruh rahbari Charlie Barnet bilan gastrollarda boʻldi, lekin sayohatni yoqtirmasdi. Nyu-Yorkdagi kafelar jamiyatida ishlash uchun Horne guruhni tark etdi.

Shaxsiy hayoti

Horne oʻzining 80-yillik yubiley kechasida, 1997-yil

Horne 1937-yil yanvar oyida Pitsburgda siyosiy xodim[6][7] Lui Jordan Jonsga turmushga chiqdi. 1937-yilning 21-dekabrida ularning qizi Gail (keyinchalik yozuvchi Gail Lumet Bakli nomi bilan tanilgan) tugʻildi. Ularning Edwin Jones (1940—1970) ismli oʻgʻli boʻlgan va buyrak kasalligidan vafot etgan[8]. Horne va Jones 1940-yilda ajrashishdi va 1944-yilda nikohi bekor boʻldi. Hornening ikkinchi nikohi 1947-yil dekabr oyida Parijda musiqa direktori va MGMda eng yaxshi musiqiy dirijyor va aranjirovkachilardan biri boʻlgan Lennie Hayton bilan boʻlgan.

Oʻlim

Horne 2010-yil 9-mayda yurak yetishmovchiligidan vafot etdi[9]. Uning dafn marosimi Nyu-Yorkdagi Park avenyudagi Avliyo Ignatius Loyola cherkovida boʻlib oʻtdi[10]. Minglab odamlar yigʻilgan va ishtirokchilar orasida: Leontyne Price, Dionne Warwick, Liza Minnelli, Jessye Norman, Chita Rivera, Cicely Tayson, Diahann Carroll, Lesli Uggams, Lauren Bakall, Robert Osborne, Audra Vaness Williams va Uilyamslar ham bor edi. Uning qoldiqlari kuydirildi[11].

Mukofotlar

YilTashkilotTurkumNatijaIzohlar
1957Tony mukofotlariEng yaxshi aktrisaNomzodYamayka
1980Howard universitetiFaxriy doktor[12]hurmatli
1980Drama Desk mukofotlariEng yaxshi aktrisa — musiqiyYutuqLena Horne: Xonim va uning musiqasi
1980Nyu-York dramatik tanqidchilar doirasi mukofotlariMaxsus iqtibosYutuqLena Horne: Xonim va uning musiqasi
1981Tony mukofotlariMaxsus iqtibosYutuqLena Horne: Xonim va uning musiqasi
1984Jon F. Kennedy markazi
Ijro sanʼati
Kennedy markazining mukofotlari[13]YutuqFavqulodda isteʼdod, ijodkorlik va qatʼiyat uchun
1985Emmy mukofotiLena Horne: The Lady and Her MusicNomzod
1987Amerika bastakorlar jamiyati,
Mualliflar va nashriyotchilar
ASCAP Pied Piper mukofoti[14]YutuqSoʻz va musiqaga katta hissa qoʻshgan koʻngilocharlarga beriladi
1994Sammy Cahn umr boʻyi muvaffaqiyat mukofotiQoʻshiq mualliflari shon-sharaf zaliYutuq
1997Xonandalar jamiyatiQoʻshiqchilar jamiyatining umr boʻyi muvaffaqiyat mukofoti[15]Yutuq„Qoʻshiqchilar musiqa olamiga qoʻshgan hissasi hamda jamiyat va dunyo miqyosidagi ishlarga foydali saʼy-harakatlari uchun mukofotlanadilar“
1999NAACP Image mukofotiAjoyib jazz artistiYutuq
2006Martin Luther King Jr.
Milliy tarixiy sayt
Fuqarolik huquqlari xalqaro shon-shuhrat yurishiInduksiya qilingan
?Hollywood Savdo palatasiHollywood shon-shuhrat xiyoboniYutuqHonor (kinofilmlar)
?Hollywood Savdo palatasiHollywood shon-shuhrat xiyoboniYutuqHonor (yozuvlar)

Manbalar