Londondagi G-20 sammiti (2009)

Londondagi G-20 sammit (2009) — G20 tarkibidagi mamlakatlarning ikkinchi marotiba moliyaviy bozorlar va iqtisodiy inqiroz muhokamasi asosiy mavzu hisoblangan sanmmitlaridan biri. Ushbu sammit 2009-yilning 2-aprelida Birlashgan Qirollik poytaxti, London shahridagi ExCel deb nomlangan yarmarka markazida boʻlib oʻtgan.[1] Ushbu uchrashuv yatakchi mamlakatlardan tarkib topgan Katta yigirmatalik hisobida 2008-yilning 14-15-noyabr kunlari Vashingtonda oʻtkazilgan sammitdan keyingi ilk marotiba moliyaviy bozor va jahon iqtisodiyoti inqirozi muammolari muhokama qilingan sammit hisoblanadi.[2] Sammitda ishtirok etish uchun hokimiyat raislari yoki prezidentlari tomonidan moliya vazirlari guruhlarini oʻz ichiga oladigan Katta yigirmatalik aʼzolari va mintaqaviy hamda xalqaro mavqega ega tashkilotlar roʻyxatga kiritilgan. Londondagi sammit Vashingtondagi sammitga nisbatan ancha keng qamrovda oʻtkazilgan.[3]2013-yilda Britaniyaning Hokimiyat Kommunikatsiya nazorati hodimlari, horijlik delegatlar tomonidan soʻdir etilgan telefon qoʻngʻiroqlar aloqalarini nazoratchi kompyuterlar orqali aniqlagaydigan aloqa vositalarini oʻrnatgan. Bu vaziyatni oʻrganib chiqqan britan hokimiyatininig razvedkasi keskin choralar koʻrish maqsadida Maxsus Xizmat tomonidan jiddiy qarorlar qabul qilinishi uchun Britan vazirlar mahkamasiga tegishli arizalarni yetkazgan.[4]

Londondagi G-20 sammiti (2009)
inglizcha: 2009 G-20 London summit'

London sammiti ishtirokchilari
Mezbon davlat Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Sana 2-aprel 2009-yil
Shior Global kuchlarni boshqarish uchun oʻrta hajmdagi yangi oʻzgartirishlar kiritish protsessini boshlash
Oʻtkaziladigan joy(lar) ExCel koʻrgazma markazi, London, Angliya
Shaharlar London, Angliya
Ishtirokchilar G20 (+Ispaniya, Niderlandlar)
Rais Gordon Braun
Keyingi Pittsburgdagi G-20 sammiti (2009)
Avvalgi Vashingtondagi G-20 sammiti (2008)

Kun mavzusi

Londondagi sammitda Britaniya Moliya vazirligi uchrashuv aynan shu mamlakatda oʻtkazilishi sababli ishlab chiqarishni kengaytirish takliflarini ilgari surishgan. Bundan asosiy koʻzlangan maqsad global kuchlarni boshqarish uchun oʻrta hajmdagi yangi oʻzgartirishlar kiritish protsessini boshlash ekanligini Britaniaylik mulozimlar tomonidan taʼkidlangan.[5]

  1. Yoʻqolib borayotgan ishonch va talabotning keskin tushib ketishiga kurash maqsadida bir necha kelishuv harakatlari sammitda koʻrish uchun asosiy mavzular qatoriga kiritilgan.(bundan kelib chiqilsa har bir mamlakat oʻzining moliya-kredit siyosati bilan va turli hil imkoniyatlar bilan keskin farq qilishi hisobga olingan) [5]
  2. Kelajakda inqirozni tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va paydo boʻlayotgan hamda rivojlanayotgan bozorla harakatini qoʻllab quvvatlash maqsadida birgalikda yangi yangi usullarni ishlab chiqish kerakligi taʼkidlangan.[5]
  3. Inqirozdan chiqish uchun moliyaviya sektorlar kamchiliklarini birgalikda hal etish
  4. Moliyaviy nazorat tartibi va Xalqaro moliya muassisalari aloqalarini yahshilash. Jumladan Moliyaviy muqarralik forumi (MMF) va Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi kabi tashkilotlar ahamiyatini kengaytirish.[5]
  5. Yanada muqarrar yoʻsinda xavfsiz globallashgan xom-ashyo va mahsulot bozorlari tartibiga oʻtish usullari va jahon savdosini barqarorlashtirish kelishuvlarini qabul qilish.
  6. Yangitdan jahon jamiyatini ming yillik rivojlanish maqsadi ostida birlashtirish[5]

Tayyorgarlik

Londondagi sammitga qadar tayyorgarlik sifatida ikki rasmiy uchrashuvlarni oʻtkazishgan. Bu uchrashuvning biri faqat Yevropa mamlakatlari uchun 2009-yilning 22-fevralida Olmoniya poytaxti Berlin shahrida va Moliya vazirlari uchun 2009-yilning 14-martida Birlashgan Qirollikda tashkil qilingan.

Yevropa liderlari sammiti

Yevropa Ittifoqining 20 mamlakatlaridan faqat toʻrtta aʼzolari Birlashgan Qirollik, Olmoniya, Fransiya va Italiya hamda Yevropa iqtisodiyotida muhim rol oʻynaydigan ikki mamlakat Ispaniya va Niderlandlar 2009-yilning 22-fevralida Berlinda Londondagi sammitga tayyorgarlik va oʻz yoʻnalishlarini aniqlash sifatida sammitda qatnashishgan. Lekin bu ikki mamlakat Niderlandlar va Ispaniya G20 sammitida taklif qilinganlar orasida qatnashilishini oldindan ogohlantirishgan.[6] Bu Berlindagi uchrashuv Kansler Angela Merkel tomonidan taklif qilingan asoslar tufayli muhim ahamiyatga ega sammitga aylangan.Vakillar sammit davomida moliyaviy muassisalarning faoliyatini kengaytirish va bu holatlarda tashkil qilinadigan har bir moliyaviy muassisalar tartibdagi nazorat qoidalariga javob berishi kerakligi haqida kelishuv imzolangan. Bundan tashqari soliq toʻlovidan qochuvchilarga qarshi choralarni kuchaytirish ham nazarda tutilgan muammolar koʻrib chiqilgan.[7] Yevropa liderlari baʼzi bir muammolar girdobiga tortayotgan mamlakatlarga qarshi choralar va sanksiyalar qoʻllash kerakligi haqida kelishib olishgan. Sammit soʻngida mamlakatlar Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasidagi faoliyatini mustahkamlash uchun ushbu tashkilotga moliyaviy vositalar yetkazishni ikki barobarga koʻpaytirish hususidagi kelishuvga erishilgan.[8]

Moliya vazirlari sammiti

G20ga aʼzo mamlakatlar markaziy banklarining raislari va Moliya vazirlari uchrashuvi 2009-yilning 14-martida Horashamda Londondagi sammitga tayyorgarlik sifatida oliy maqomda uchrashuv boʻlib oʻtgan. Uchrashuv ishtirokchilari jahon iqtisodiyoti oʻsishini tiklash uchun mashgʻullik va talabotni ragʻbatlantirish harakatlarining yechimlari va bu ishga birgalikda yondashishni tavsiya qilganlar. Ishtirokshilar shu bilan birgalikda proteksionizmning barcha turlariga qarshi kurash va horijiy sarmoyalardan unumli foydalanish hamda savdo aloqalarini qoʻllash shular jumlasidandir.Bu uchrashuv kelajakda iqtisodiyotning ijobiy tomonida boʻlish maqsadida halqga imtiyozli kreditlar yetkazish va bank sistemasida rekapitalizatsiyalar oʻtkazish hamda ularning rejalarini isloh qilib ragʻbatlantirish masalalari koʻrib chiqilgan. Markaziy banklar vakillari oʻrtasida mamlakatning kurs siyosatini nazoratga olish va tushirish ishlarini qoʻllab quvvatlash haqida fikrlari almashilgan. Sammit davomida liderlar yangi paydo boʻlayotgan bozorlar va rivojlanayotgan mamlakatlar qiziqishlarini Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasining faoliyat darajasini oshirish orqali qoʻllab quvvatlash masalalari hal qilingan.Moliyaviy tizim faoliyatini kengaytirish maqsadida ishtirokchilar bir necha takliflar kiritgan. Moliya muassisalarining barcha muhim javobgarliklarga mos faoliyat yuritishi hamda barcha hisob fondlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartiblari va fond hisoblarini qabul qiladigan shaxslar tomonidan tegishli hujjatlar yoki maʼlumotlar mahsus organlarga yetkazilishi shular jumlasidandir.[9] Ishtirokchilar asosiy muammolardan biri boʻlgan masala yani, biznes shirkatlarida yangicha usulda imtiyozli kreditlar joriy etish va oʻsishni kuchaytirish maqsadida yangicha takliflar kiritishgan.[9] Kelajakda moliyaviy tashkilotlar faoliyatini kengaytirish orqali inqirozdan chiqish yoʻllari koʻrib chiqilgan.[9] Moliya vazirlari hamda Markaziy banklar raislari sammit davomida Xalqaro tashkilotlarning qimmatli qogʻozlar boʻyicha kodeksiga javob berishi muhim sanalgan kredit agentliklari faoliyatini boshqarish zaruriyati, transport vositalari harakatlarini nazoratga olish va kredit ishlab chiqarish bozorlarining taqiqlangan hududlardagi faoliyatini toʻhtatish kelishuvlari imzolangan.[9]

Gordon Brown sammit hususida

Londondagi sammitga qadar bir necha hafta oldin Britaniya Bosh vaziri Gordon Brown uch continent sari bir necha mamlakatlarga tashrif buyurgan. Tashriflar sababi Londonda oʻtkaziladigan sammitda oʻzining moʻljallagan maqsadlarini qolgan mamlakatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini koʻzlaganini Bosh vazirning oʻzi taʼkidlagan. Angliya Banki tomonidan boshqariladigan soliq-byudjet harakatlarini ragʻbatlantirish masalalarini Braun tashriflari vaqtida oʻzining koʻzlagan maqsadlarini ham birgalikda bayon etib oʻtgan. Fransiyaning Strasburg shahrida joylashgan Yevroparlament majlisida u rejalashtirgan harajatlar muhokama qilingan. Bosh vazir bulardan tashqari AQSh, Braziliya, Argentina va Chili mamlakatlariga safarlar uyushtirgan.[10] Braun proteksionizm haqida:

Keyingi haftada sammitda tushadigan habarladan biri bu albatta proteksionistik mamlakatlardan voz kechganimiz boʻladi va biz bu mamlakatlarni nazorat ostimizga olamiz. Erkin savdo amaliyotida qatnashish uchun zaruriy mamlakatlar ham bu sammitda ishtirok etishadi –deya hal qiluvchi soʻzini bayon etgan.[11]

London sammitiga qadar bir necha hafta oldin byudjetni ragʻbatlantirish savollar va fikrlar muhim joy egallab muhbirlar munozarasiga sabab boʻlgan. Sammitda Britan va Amerika hukumatlari iqtisodiy ragʻbatlantirish masalalarini oʻz foydasiga hal qilishgan. Bu vaqtning oʻzida Fransuz va Nemis hukumatlari odatdagi kabi bu qarorlar dastidan mamlakatlarning tashqi qarzlari koʻpayishiga olib kelishi va bu holat qolgan mamlakatlarga ahamiyatga molik mummolar olib kelishini taʼkidlab qarshi chiqishgan. 2009-yilning 26-martida Chehiya Bosh vaziri Mirek Topolanek iqtisodiy siyosatining kritikalari sababli AQSh Prezidenti Barack Obama bilan tortishib qolishgan.[12]

Qatnashuv

Fayl:Dmitry Medvedev 2-aprel 2009-yil-1.jpg
G20 vakillari mahsus Londondagi sammit uchun suraʼtga tushishmoqda

G20 barcha vakillari Londondagi sammit ishtirok etish uchun 1-aprel kuni yetib kelishgan. Londondagi sammitga qilgan safaridan oldin Fransiya Prezidenti Nicolas Sarkozyining taklifiga koʻra Fransiya sammitdan chiqish kabi hodisalarda biron bir ahamiyatga molik muammo boʻlmasa bunday qilish kerak emas deya 1965-yildagi Charles de Gaulle qarori bilan mamlakatning NATOdan chiqishi va bu holatda mamlakat boʻshliqda qolganligini yana bir bor tanqid qilgan.[13] Londondagi matbuot anjumanida Obama va Braunlar birgalikda sammitga kiritiladigan yangi takliflar faqatgina koʻpayishini taʼkidlashgan.[14] Sarkozi va Merkel alohida uyushtirilgan matbuot anjumanida ikkalasi ham moliyaviy bozorlar nazoratini qattiq nazoratga olish va oʻz jamoasini kelajakda moliyaviy ragʻbatlantirish kabi masalalar borasida G20 sammiti kelishuvlar qabul qilishini izohlab oʻtishgan.[15]1-aprelning oqshomida barcha G20 sammitida ishtirok etayotgan vakillar qirolicha Elizabeth II tomonidan Bukingem saroyida tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etishgan. Saroydagi uchrashuvdan soʻng vakillar Londonning Dauning koʻchasida joylashgan muhtasham bosh vazir qarorgohida uyushtirilgan tushlik dasturhon atrofida yigʻilishgan.[16] Sammit rasmiy ravishda 2-aprelning tongida Excel va Custom House markazlarida oʻz faoliyatini boshlagan.

Asosiy ishtirokchilar

Londondagi sammitda 19 mamlakat va oʻz doirasiga Yevropa maslahati kengashi va Yevropa Komissiyasini oladigan Yevropa Ittifoqi boʻlgan G20 vakillari [17] va har bir qitʼa hududlaridan mamlakatlar, halqaro tashkilotlar vakillari ushbu sammit ishtirokchilari qatoriga kiritilgan.

Fayl:Dmitry Medvedev 1-aprel 2009-yil-4.jpg
Gordon Brown va Dmitriy Medvedev bosh vazir qarorgohiga kiraverish eshigi oldida.
Sammitdagi tushlik ustida muhokama — Chapdan oʻngga: Merkel, Obama, Lee, Abdullah, Lula da Silva.
G-20 mamlakatlari
qalin harflarda belgilangan mamlakatlar mezbon sammit uchun sanaladi
MamlakatVakilMansab
ArgentinaArgentinaCristina Fernández de KirchnerPrezident
AvstraliyaAvstraliyaKevin RuddBosh vazir
BraziliyaBraziliyaLuiz Inácio Lula da SilvaPrezident
KanadaKanadaStephen HarperBosh vazir
XitoyXitoyHu JintaoPrezident
FransiyaFransiyaNicolas SarkozyPrezident
GermaniyaOlmoniyaAngela MerkelKansler
HindistonHindistonManmohan SinghBosh vazir
IndoneziyaSusilo Bambang YudhoyonoPrezident
ItaliyaSilvio BerlusconiBosh vazir
YaponiyaYaponiyaTaro AsoBosh vazir
MeksikaMeksikaFelipe CalderónPrezident
RossiyaRossiyaDmitriy MedvedevPrezident
Saudiya ArabistoniAbdullah bin AbdulazizQirol
Janubiy Afrika RespublikasiJARKgalema MotlanthePrezident
Koreya RespublikasiJanubiy KoreyaLee Myung-bakPrezident
TurkiyaRecep Tayyip ErdoğanBosh vazir
Birlashgan QirollikBirlashgan QirollikGordon BrownBosh vazir
AQShAmerika Qoʻshma ShtatlariBarack ObamaPrezident
Yevtopa KomissiyasiJose Manuel BarrosoRaisi
Yevropa KengashiMirek TopolánekRais
Taklif qilingan mamlakatlar
MamlakatVakilMansab
NiderlandiyaNiderlandlarJan Peter BalkenendeBosh vazir
IspaniyaIspaniyaJosé Luis Rodríguez ZapateroBosh vazir
Xalqaro tashkilotlar
TashkilotVakilMansab
Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining assosiatsiyasiSurin Pitsuwan [18]Bosh kotib
Moliya muqarraligi borasida maslahatMario DraghiRais
Xalqaro Valyuta JamgʻarmasiDominique Strauss-KahnBoshqaruvchi direktor
ARQYAHMeles ZenawiRais
Birlashgan Millatlar TashkilotiPan Gi MunBosh kotib
Jahon bankiRobert ZoellickPrezident
Jahon savdo tashkilotiPascal LamyDirektor

Havfsizlik jarayoni

Havfsizlik operatsiyasiga boshchilik qilgan Bob Broadhurst sammitda havfsizlikga tahminan £7.2 million fun sterling sarflanishini izohlab oʻtgan. Oltiga yaqin politsiya kuchlari sammit vaqtida havfsizlik operatsiyasi sifatida foydalanilgan: Poytaxt politsiyasi, London shahar politsiyasi, Britaniya transport nazorati politsiyasi, Esseks politsiya kuchlari, Sasseks politsiyasi va Bedfordshir politsiyalari G20ning Londondagi sammitida havfsizlikni taʼminlashga maʼsul etib tayinlangan. Bundan tashqari havfsizlik uchun Mudofa vazirligining politsiya boʻlinmalari ham jalb qilingan. Shuningdek sammit havfsizligi uchun sarflangan harajatlar Britaniya taʼrihida eng yuqori koʻrsatkish sifatida qayd etilgan.[19]

Horijlik siyosatchilar ortidan josuslik

2013-yilning iyunida The Guardian matbuotida qayd etilishicha sammit vaqtida yashirincha oʻrnatilgan josuslik tehnikalari tufayli sammitda ishtirok etgan horijlik vakillarning telefon qoʻngʻiroqlari yashirincha tinglangan va elektron hatlar josuslik kompyuterlari orqali oʻ qilgan boʻlib, bu holat Britaniya mahsus hizmati hukumatining aloqalar boʻlimida ushbu josuslik ishlari amalga oshirilgan. Va qayd etilishicha Londondagi sammitdan keyin ham ushbu josuslik harakatlari davom ettirilgan.[4]

Namoyishchilar

Angliya Banki atrofidagi namoyishchilar (1 aprel, 2009 yil)

Londondagi G-20 sammiti bir necha savollarni ichiga oladigan noroziliklar va har hil guruhlarga boʻlingan namoyishchilarning diqqat markazida boʻlgan. Namoyishchilar yaqin orada iqtisodiy siyosatdan, bank tizimlarining oʻzgarishi hamda bankirlarning maoshi va qoʻshimcha mukofotlaridan, davom etayotgan terrorchilikga qarshi kurash va iqlim oʻzgarishi havflaridan havotirda ekanliklarini izhor etishgan. Asosan koʻpchilik namoyishchilar tinch yoʻsinda noroziliklarini izhor etishgan. Lekin baʼzi bir namoyishchilarning qonun qoidalarni buzib jinoyat sodir etishi namoyishchilar uchun politsiya tomonidan mahsus tizim qoʻllanishiga majbur qilgan.

Yan Tomplinson oʻ limi

Londonning gazeta sotish shohobchalarining birida ishlaydigan Yan Tomplinson Angliya Banki atrofida G-20 sammitiga qarshi oʻtkazilgan namoyishlarning birida, politsiyachilar bilan boʻlgan toʻqnashuv chogʻida halok boʻlgan. Avvaliga London shahar politsiyasi namoyishchilar bilan boʻlgan hodisalar rivojini rad etgan. Kunlarning birida OAV manbalarida keltirilgan foto va videolavhalar asosida mustaqil politsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlanishicha Yan Tomplinson politsiyachilar bilan boʻlgan toʻqnashuvda ishtirok etgani va u yerga yiqilishidan oldin yurak hurujidan vafot etganini bayon etishgan. Undan keyingi tafsilotlarga koʻra Tomplinson politsiyachilar tayogʻidan yaralangani aks etgan qoʻshimcha videomateriallar erkin Britan jamiyatining bahs-munozarasiga sabab boʻlgan. Mustaqil Politsiya komissiyasi hodimlari ikkinchi marotiba murda ustida taftish ishlarini oʻtkazishga ruhsat soʻragan.[20] Ikkinchi marotiba oʻtkazilgan tadqiqotlarga qaraganda shuni aniqlashganki, murdada koronar Ateroskleroz aniqlangan va juda koʻp qon yoʻqotganligi sababli vafot etganiga oydinlik kiritishgan.[21]

Natija

London sammitida G20 vakillari orqali oqsab borayotgan jahon iqtisodiyoti protsessida Xalqaro iqtisodiy hamkorlik monitoringi va kelajakdagi rejalar muhokamasi uchun moʻljallangan asosiy forum sifatida . yangi qadamlar qoʻyilgan.[22]

Moliyaviy kelishuvlar

G20 vakillari sammit soʻngida xalqaro moliya tizimi, kredit sharoiti, savdo erkinligini, iqtisodiy barqarorlik va tiklanishga qaratilgan bir qancha dasturlarga $1,1 trln ajratishga kelishishdi. Bir necha bor sammit vaqtida qanday qilib iqtisodiyotni oldinga olib chiqish borasida vakillar oʻrtasida turli hil bahslar yuritilgan. Birlashgan Qirollik va yirik moliya kompaniyalari tomonidan jahon iqtisodiyotida moliyaviy ragʻbatlantirishni kushaytirishni taklif qilishgan. Boshqa tomondan Fransiya va Olmoniya moliyaviy operatsiyalar ustidan nazoratni kuchaytirishni sammit davomida oʻz bayonotlarining bir qismida qayd etib oʻtishgan.[23] Dastur oʻz ichiga:[24]

  • $500 mlrd. AQSh Dollari.
  • $250 mlrd. AQSh Dollari moliyaviy savdoni rivojlantirish tarzida;[25]
  • $250 mlrd. AQSh Dollari
  • $100 mlrd. AQSh Dollari

Vaziyat

Shunungdek London sammitida G20 vakillari kelajakda kredit-reyting agentliklari va hedj fondlari ustidan kengaytirilgan global nazoratni yoʻlga qoʻyish hamda bank tizimidagi nosozliklarga chek qoʻyishborasidagi kelishuv qabul qilingan. Bundan tashqari aynan mana shu G20 vakillarining Londondagi sammitida Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi bilan birgalikda faoliyat yuritadigan muhim tashkilotlardan biri Moliya muqarraligi borasida maslahat forumi borasida kleishuvlar imzolangan. Moliya muqarraligi borasida maslahat tashkilotining yaratilish sababi global hamkorlikni kengaytirish hamda taʼminlash va kelajakda roʻy berishi mumkin boʻlgan moliyaviy inqirozlardan ogohlantiradigan tizim sifatida foydalanish shular sirasiga kiritilgan.

Endi yashil siyosatlarsiz

Baʼzi bir manbalarga asoslangan holda umumiy kelishuv sifatida sammit oxirida qabul qilingan mablagʻ $ 1,1 trln.AQSh Dollarining biron bir qismida ekologik investitsiyanai ragʻbatlantrish dasturlari koʻrib chiqilmagan[26] va biron bir tabiatni muhofaza qilish muammolari aks etgan dasturlar kleishuvi taklif etilmagan.[27]

AQSh taʼsirining susayishi

G20 vakillarinig Londonda oʻtkazilgan sammitida qabul qilingan shartnoma va kelishuvlar koʻrsatkichlari shuni koʻrsatganki, AQSh oldingi kabi jahon iqtisodiyotida mavqesini ushlab turgan rolni qoʻldan boy bergan va har bir mamlakatlarning biznes ustidan davlat nazoratini oshirishi bu holatga sabab boʻlgan. Goldman Sachs International kompaniyasining vitse-raisi Robert Hormats sammit vaziyatini sharhlagan holda, AQSh borasida:Andoza:Quoation

Xitoyning sammitga taʼsiri

G20 sharhlovchilarining aytishlariga qaraganda London sammitida Xitoy koʻzga koʻrinarli yangi qadamlarni tashlagan va bu holat uning sammitdagi taʼsirini yanada kuchaytirgan.[28][29][30]

See also

Manbalar

Havolalar