Elizabeth II

Elizabeth II (oʻqilishi: Elizabet Ikkinchi; toʻliq ismi Elizabeth Alexandra Mary (talaffuzi: Elizabet Alekzandra Meri); 1926-yil 21-aprel — 2022-yil 8-sentyabr) 1952-yilning 6-fevralidan to oʻlimiga qadar Birlashgan Qirollik qirolichasi boʻlgan. U qirolicha sifatida taxtda 70 yil-u 214 kun mobaynida oʻtirgan, hamda buning ortidan britan monarxlari orasida taxtda eng uzoq vaqt qolgani boʻlgan.

Elizabeth II

Elizabeth 1959-yilda
Mansab davri
6-fevral 1952-yil – 8-sentyabr 2022-yil
Oʻtmishdoshi George VI
Vorisi Charles III
Toj kiydirish marosimi 2-iyun 1953-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Elizabeth Alexandra Mary

21-aprel 1926-yil
Mayfair, London, Birlashgan Qirollik
Vafoti 8-sentyabr 2022-yil(2022-09-08)
(96 yoshda)
Balmoral qalʼasi, Abendenshir, Birlashgan Qirollik
Turmush oʻrtogʻi
Philip Mountbatten
(turm. 1947; vaf. 2021)
Bolalari
Onasi Elizabeth Bowes-Lyon
Otasi George VI

Bolalik va yoshlik davri

Elizabeth Alexandra Mary sobiq Buyuk Britaniya George VIning qizi (1895 — 1952) va sobiq Elizabeth Bowes-Lyonning katta qizi (1900 — 2002). Qirolicha Elizabethning bobolari va buvilari: Bobosi tarafidan George V (1865 — 1936) va Qirolicha Mary Teck (1867 — 1953), onasi tarafidan Stratmor Kontu Claude George Bowes-Lyon (1855 — 1944) va Sesiliya Bowes-Lyonʼdir (boʻlgan 1883 — 1961).

Malika Elizabeth Alexandra Mary London shahrining Meyfer tumanida, Bruton-street № 17-uyida, Stratmor grafining rezidensiyasida dunyoga kelgan. Hozirgi vaqtda tuman qaytatdan turgʻizilganidan, uyni buzishgan, uning oʻrniga memorial taxta qoʻyilgan. O'zining ismi oyisining (Elizabeth), buvasining (Mary) va katta buvasining (Alexandra) hurmatini olgan.

Otasi oldingi qizlarining izmini gertsogina hurmati Viktoriya deb nom bermoqchi boladi, lekin u bu oʻylaridan qaytadi. Bu haqida V. Georg bunday degan:

...Berti men bilan qizning ismini muhokama qilgan edi. U uch ismni aytdi: Elizabeth, Alexandra va Mary. Men unga ismlar hammasini yaxshi ekanligini etdim, ammo Viktoriya ismi haqida u bilan butunlay kelishdim. Bu endi ortiq edi...George V

Elizabethning cho'qintirish marosimi 25-may kuni Buckingham saroyida boʻlib oʻtdi.

1930-yili Elizabethning yolgʻiz singlisi — Malika Margaret duyoga keldi.

Malika Elizabeth 1933-yil

Elizabeth asosan gumanitar fanlar boʻyicha taʼlim oldi — konstitutsiya tarixi, huqushunoslik, dinshunoslik, sanʼatshunoslik va hamda (asosan oʻzi) fransuz tilini oʻrgangan. Yoshlik chogʻidan Elizabeth otlar bilan qiziqqan va u ot sporti bilan shugʻullangan. Bu qiziqishlar bilan u koʻp yillar shugʻullangan[1].

Tugʻilgan kunidan boshlab Elizabeth York malikasi boʻldi, togʻasi — Edward Uels shahzodasi (kelajakda Buyuk Britaniyaning qiroli — VII Edward) bilan otasidan keyin uchinchi taxt vorisi boʻldi. Edward shahzodasi juda ham yosh bo'lgan, hisoblanishicha, u turmushga chiqishi va bolalik boʻlishi kerak boʻlgan, boshidan Elizabeth taxtda o'tiradigan voris sifatida hisoblanmagandi. Ammo 1936-yili George V. ning vafot boʻlishi sababidan u oʻn bir oy otib taxtdan bosh tortishiga majbur boʻldi. Qirol taxtiga Albert (George VI) oʻtirdi, 10 yoshlik Elizabeth taxt vorisi deb atanib, ota-onasi bilan Kensingtondagi Buckingham saroyiga koʻchip keladi.

Etgan bilan, malika Elizabeth „heir presumptive“ („taxminiy voris“) sifatida hisoblandi, sababi George VIning bolasi tugʻilganda, qirol taxtiga birdan-bir voris u bolar edi.

Ikkinchi jahon urushi boshlanishida Elizabeth 13 yoshda edi. 1940-yili 13-oktabrda u birinchi marta radiodan urushda ofat topgan bolalarga oldindan soʻz soyladi[2]. 1943-yili gvardiyalik grenaderlarning polkimenlari bilan uning birinchi uchrashuvi boʻldi, u birinchi marotaba oʻzi xalq orasida paydo boʻldi. 1944-yili Elizabeth besh „mamlakatlik maslahatchilari“ (qirol ishini yurgizishga huquqi bor odamlar) bilan boladi[3][4].

1947-yili Elizabeth ota-onasini Janubiy Afrikaga kuzatib soladida va 21 yoshga toʻlish marosimida radiodan oʻzining umrini Britaniya monarxiyasi uchun ataydigani haqida aytdi[1].

Shu yili 21 yoshdagi Elizabeth 26 yoshdagi britaniya floti ofitseri, grek va dat qirollik oilasidan chiqqan va Viktoriya qirolichasining evarasi Philip Mauntbettenga turmushga chiqadi. Ular 1934-yili tanishadi. Ularning bir-biriga koʻngil qoʻyishi Dartmouth shahridagi harbiy-dengiz kollejida boʻlgan, bu yerda Philip 1939-yili taʼlim olgan. Toʻydan oldin Philip shahzodasi Edinburg gertsogi unvonini oladi.

Uylanish toʻyidan soʻng, yani bir yildan keying 1948-yili Elizabeth bilan Philipning katta bolasi Charles[5] duynoga keladi. 15-avgust 1950-yili qizi Anna dunyoga keladi.

Buyuk Britaniya Qirolichasi

Toj kiydirish va boshqarishining boshlanishi

Elizabeth II toj kiydirish marosimidan soʻng (1953-yili)

Elizabethning otasi — Qirol George VI 1952-yili 6-fevral kuni vafot etadi. Shu kuni Elizabeth umrdoshi bilan Keniyada dam olish boʻlmasligiga qaramay, uni Buyuk Britaniya qirolichasi deb eʼlon qilinadi. Otasining olimi kuni qirol fikus daraxting ustida oʻrnalashgan "Tree Tops Hotel" nomidagi mehmonxonada boʻlgan. Aynan shu vaqt paytida mehmonxonada yashagan Edward James Korbett oʻzining kundalik daftarida bunday deb yozib, qoldirib ketgan ekan:

Olamlik tarixda birinchi marotaba daraxt ustida mingan yosh malika kelasi qirolicha boʻlib tushgan ekan — Xudoyim, oʻzing yor boʻla koʻr!Edward James

Elizabeth II qirolichasi toj kiygizu marosimi 1953-yilning 2-iyunida Vestminster abbatligida boʻldi[6]. Britaniya monarxining bu toj kiygizishi marosimi birinchi marotaba telekoʻrstuvda jonli efirda koʻrsatilgan[7].

Shundan keying yangi qirolicha 1953—1954-yillari oraligʻida Birlashgan Qirollik, britaniyalik mustamlakalari va olamning boshqa mamlakatlarida olti oylik ish safari yasab qaytadi. Elizabeth II Avstraliya va Yangi Zelandiyaga tashrif buyurgan oxirgi monarx boʻldi[6].

1950-yillar yarimi — 1990-yillar boshi

Bosh vazir ser Anthony Edenning isteʼfoga chiqishidan soʻng, Konservatorlar partiyasi rahbari tanlanishda hech bir qoidalar boʻlmagani uchun, Elizabeth II yangi bosh vazirni konservatorlar orasidan tanlashga tegishli boʻldi. Partiyaning asosiy odamlari va oldingi bosh vaziri Winston Churchill bilan muhokama qilib oʻtirib, hokimat boshchisi boʻlib Harold Macmillan tayinlandi.

Shu yili Elizabeth ish-safari bilan AQSh va Kanada qirolichasi sifatida Kanadaga boradi. Shu yili birinchi marotaba Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasida qatnashib, soʻz aytadi. Kanadalik hokimiyatning sessiyasining ochilish marosimida qatnashadi. Oʻz sayohatini 1961-yili tugatadi, bu vaqtda qirolicha Kipr, Vatikan, Pokiston, Nepal, Eron va oxiri Gana mamlakatlariga bordi[8].

Millatlar hamdoʻstligi rahbarlari bilan uchrashuv (1960-yil)

1960-yili qirolicha ikkinchi oʻgʻli — Andrew, 1964-yili esa uchinchi oʻgʻli Edward dunyoga keladi.

1966-yili bosh vazir — Harold Macmillaning isteʼfoga chiqishi sababi, qirolicha Elizabeth uning maslahati bilan suhbat Alec Douglas-Homeni bosh vazir qilib tanlaydi[9].

1969-yili BBC telekanali Vainzorlar oilasining har kungi yumushlari haqida hujatli film tushurdi.

Natijada birdan bir partiya toʻliq ovoz yigʻa olmagan parlament saylovlarida keyin 1974-yili davlat boshqaruviga qarshi chiqish boshlandi va siyosiy mojaro yuz berdi. Parlamentning eng koʻp partiyasi Koservatorlar partiyasi boʻlgani bilan, bosh vazir boʻlib Leyboristlar partiyasidan rahbar — Harold Wilson boʻldi[10].

1976-yili Elizabeth II marosimi turida (Kanada qiroli sifatida) Monrealdagi Yozgi XXI Olimpiyada oʻyinlarining ochilish marosimida oʻzi ochidi[11].

1977-yil qirolicha uchun elliginchi yil boʻldi. Shu yili qirolicha Elizabeth II Britaniya taxtida oʻtirganiga 25 yil boʻldi. Shu sabab bilan Qirolicha koʻp hamdoʻstlik mamlakatliriga ish-safariga oʻtkazildi.

1970-yillarning oxiri bilan 1980-yillar bishida qirolicha oilasida bir qator terrorist hujumlar yasalindi. Uning ichinda, toʻgʻriroq etganda: „Vaqtincha Irlandiya respublikalik askarlarining“ terrorislari 1979-yili shahzoda Filipning togʻasi, mashhur mamlakatlik davlat arbobi va qomondoni — lord Louis Mountbatten oldirildi[12]. 1981-yili esa qirolichaning „rasmiy tugʻilgan kuniga“ harbiy namoyish chogʻida Elizabeth II ni terroristlar pistoletdan oq otishdi.

1981-yili kiyinroq qirol oilasining kotta muammosi aynalgan qirolicha Elizabethning oʻgʻli shahzoda Charles bilan malika Diananing uylanish toʻyi boʻldi[13].

Ronald Reagan va qirolicha (1982).

Shu vaqtda 1982-yili Kanada kostitutsiyasinda bir necha oʻzgarishlar kiritildi, Britaniya parlamenti kanadalik ishlarda oʻz ustunligini bildirdi, lekin Britanliya qirolichasi Kanada mamlakatining boshchisi boʻlib qoldi[14]. Shu yili soʻngi 450 yil davlatga kelmagan rim papasi — Ioann Pavel II Buyuk Britaniyaga tashrif buyurdi (anglikan cherkovi boshchisi boʻlib topiladigan qirol uni oʻzi kutib oldi)[6].

1990-yillar boshi — 2000-yillar

Turkiya prezidenti Abdullah Gül va qirolicha Elizabeth II (2010)
Elizabeth II va Obama juftligi
Reaganlar juftligi va qirolik juftligi

1992-yili Elizabeth II ning „eng yomon yili“ boʻldi. Toʻrt bolasining ikkalasi — shahzoda Andrew va malika Anna — umrdoshlari bilan ajrashdilar, Charles esa malika Diana bilan ajrashdi. Bundan tashqari, Vindzor saroyi yongʻindan juda kuchli zaqimlandi, qirolichaga soliq toʻlovlari qoyildi[15]. 1996-yili qirolicha talabi bilan, shahzoda Charz bilan malika Diana rasmiy ajrashuviga qol qoyildi. Bir yildan keying, 1997-yili, malika Diana Parijda avtohalokatidan halok boʻldi. Bu voqea qirolicha oilasi bilan millionlab Britaniyaliklar iztirobga uchrashadi.

Oldingi kelining oliniga sabrlik tanitib, hech qanaqa reaksiya koʻrsatmagan qirolichani xalq orasida mish mishlar tarqalish boshlandi[16].

Britaniyaliklar qirolichaning oltin yubiley marosimida(2002)

2002-yili qirolicha Elizabeth taxtga oʻtirganining 50 yiligiga (Oltin yubiley) ora marosim oʻtkazildi[17]. Ammo shu yili qirolichaning singlisi — Malika Margaret va onasi qirolicha Elizabeth Bowes-Lyon vafot etadi[18].

Hozirgi davrda

2010-yili ikkinchi marotaba Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasida soʻz aytdi. BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Elizabethni „bizning davrimizning xalaskori“ deb aytdi[19].

Qirolicha va shahzoda Philip shahzoda William va Kate Meaddalton toʻyida (2011)

2011-yili mustaqil Irlandiyaga Britaniya monarxni tarixida birinchi marotaba davlat safari bilan borib qaytdi[20]. Aynan shu yili Shahzoda William va Catherine Middletonning uylanish toʻyi bolib oʻtdi[21].

2012-yili Londonda Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2012 boʻlib oʻtdi. Olimpiyada oyinlarining ochilish marosimida II Elizabeth oʻzi qatnashib ochdi[22] hamda yangi qonun qabul qilindi, bu qonun. Bu qoyidalar „taxtda oʻtirish“ boʻyicha edi va erkak-vorislar ayol-vorislardan ustuvorlikdan ayirlandilar[23].

Aynan shu yili Buyuk Britaniyada va boshqa mamlakatlarda Elizabethning taxtda oʻtirishini 60-yilik marosimlari boʻlib oʻtdi. Shu sabab 3-4-iyun 2012-yil kunlari damolish deb eʼlon qilindi[24]:

  • 3-iyun kuni Temza daryosida su usti namoyishi oʻtib, namoyishga mindan oshiq kemalar bilan qayiqlar qatnashdi. Bu voqea tarixda eng zoʻr namoyishlardan biri boʻldi;
  • 4-iyun kuni Buckingham saroyi oldida oldingi olam va Britaniyalik yulduzlarning qatishishi bilan kosert boʻlib oʻtdi: Pol Makkartnu, Robbi Williams, Cliff Richard, Elton Jon, Greys Jons, Stivi Uander, Enni Lennoks, Ton Jond va boshqalar. Marosimning uyumlashtiruvchilari — Take That guruhi yakka ijrochisi — Gary Barlou boʻldi.

2013-yili II Elizabeth 40 yil ichida birinchi marotaba Shri-Lankada oʻtgan Britaniya Millatlar Doʻstligi sammitida qatnashmadi. Sammitda Britaniyaning shahzodasi Charles qatnashdi, bu voqea oʻzining qirollik ishlarini shahzoda Charlesga berilgani koʻrindi.

Siyosiy va ijtimoiy ahamiyati

Konstitutsiyali monarxiyaning britanlik dasturiga koʻra, II Elizabeth asosan mamlakat xalqaro arenasida koʻp asosiy ishlarni qilmay oʻtiradi. Ammo, oʻzining viqorlik davrida u britaniya monarxiyasining qolidan olmay qattim ushlab oʻtirdi. Qirolicha xar xil mamlakatlarga diplomatik safarlar bilan bordi, elchilarni qabul qildi, yuqori mamlakat davlat arboblari bilan uchrashdi (asosan bosh vazirlar bilan), yil oʻtishida parlamentga tegishli yollanishni oʻqishi, ritsarlarni marofatlash va boshqalar[25]. Hamda qirolicha har kuni gazetalarni oʻqib oʻziga kelgan xatlarga javob beradi, maʼlumot oʻrnida unga kunida 200-300 xatlar kelib tushadi.

Oʻzining taxtga oʻtirish kezining borligida qirolicha hamma bosh vazirlar bilan yaxshi qarim-qatnashlarda boʻldi. Bundan tashqari, u siyosiy mojaralarga yoʻl bermaslik uchun oʻzining hamma kuchini ketkazdi, oldingi yangi davr qirollarining dasturlarini davom etirmoqda. II Elizabeth konstitutsiyali monarx boʻlgani sabab, u oʻzining siyosatga degan simpatiyalik yoki antipatiyalik koʻz qarashini etishga boʻlmaydi. Qirolicha buni har doyim qilib yurdi, shundan tashqari siyosatga degan koʻz qarashi hech kimga belgisiz boʻlip qolishda.

Oilasi va bolalari

1947-yilning 20-noyabrida Elizabet grek shahzodasi Andreyning oʻgʻli — leytenant Philip Mountbatten bilan turmush quradi.

Oilada toʻrt farzand bor:

  • Charles III (14-noyabr 1948-yilda tugʻilgan)
  • Anne (15-avgust 1950-yilda tugʻilgan)
  • Shahzoda Andrew (19-fevral 1960-yilda tugʻilgan)
  • Shahzoda Edward (10-mart 1964-yilda tugʻilgan)

Bundan tashqari, Elizabeth II 8 nabira va 12 evaraning buvisi ham boʻlgan.

Vafoti

2022-yilning 8-iyulida Buckingham saroyi qirolicha shifokorlarning alohida kuzatuvi ostida ekanligini eʼlon qildi. Bundan avval, shifokorlar qirolichaning sogʻligi yomonlashganini maʼlum qilishgandi[26][27]. Qirolichaning toʻrt farzandi, kelinlari va nevaralari — shahzoda William va shahzoda Harry u bilan birga boʻlish uchun Shotlandiyadagi Balmoral qasriga borishdi. Qirolichaning oʻlimi oʻsha kuni kechqurun tasdiqlandi[28][29].

Rasmiy unvonlari, mukofotlari va gerblari

Elizabeth II unvonining toʻliq nusxasi bunday:„Yuqori martabali Elizabeth II, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi va boshqa ozining qiroliklari bilan hududlarining qirolichasi, Hamdoʻstlik rahnamosi, Din himoyachisi“.

Elizabeth II boshqargan va boshqaradigan mamlakatlar

Uning 92-tugʻilgan kuni

1952-yili taxtgda oʻtirgandan keyin Elizabeth yetti mamlakat qirolichasi boʻldi:Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Pokiston va Shri-Lanka qirolichasi.

Elizabeth II boshqarib kelgan mamlakatlarning ayrimida monarxiya bekor qilindi:

Monarxiyani saqlab qolgan yangi mustaqil mamlakatlar[33]:

Millatlar hamdoʻstligi mamlakatlari belgilangan

Monarxiyadan bosht tortgan yangi mustaqil mamlakatlar[33]:

Koʻk bilan qirolicha qayerda monarxligi koʻrsatilgan

Gerblari

Har xil davrdagi timsollar

Madaniyatda

Elizabethga II 2015-yil 13-iyunda „Rang“ harbiy paradini bosib oʻtishda.

Filmlar

  • Steven Walden Triciaʼs Wedding (1971) filmida qirolicha rolini ijro etgan.[34]
  • Fransuz aktrisasi Huguette Funfrock Bons baisers de Hong Kong (1975), Le Bourreau des coeurs (1983) va Aces Go Places 3 (1984) kabi filmlarda qirolicha rolini ijro etgan.
  • Jeannette Charles koʻplab film va teleseriallarda qirolicha rolini jonlantirgan:
    • Queen Kong (1976)
    • All You Need Is Cash (boshqa nomi The Rutles) (1978)
    • National Lampoonʼs European Vacation (1985)
    • The Naked Gun: From the Files of Police Squad! (1988)
    • Austin Powers in Goldmember (2002)
  • Angela Thorne The BFG (1989) animatsion teleserialida qirolicha Elizabeth personajiga ovoz bergan.
  • Scott Thompson Kids in the Hall: Brain Candy (1996) filmida qirolicha obrazini jonlantirgan.
  • Carolyn Sadowska The Duke (1999) filmida qirolicha obrazini jonlantirgan.
  • Margaret Eggleton-Kaye The Pooch and the Pauper (1999) kinokomediyasida qirolicha obrazini jonlantirgan.
  • Rachel Wallis Her Majesty (2001) filmida qirolicha obrazini jonlantirgan.
  • Jeanette Vane Ali G Indahouse (2002) filmida qirolicha obrazini jonlantirgan.
  • Prunella Scales Izquvar (2003) filmida qirolicha obrazini jonlantirgan.
  • Neve Campbell Churchill: The Hollywood Years (2004) filmida qirolicha obrazini jonlantirgan.
  • Helen Mirren The Queen (2006) filmida qirolicha obrazini jonlantirgan. Mirren filmdagi roli ortidan „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Oscarn bilan taqdirlangan.
  • Lesley Staples Royal Faceoff (2006) filmida qirolicha obrazini jonlantirgan.
  • Yelena Safonova A Hare over the Abyss (2006) nomli rus filmida qirolicha obrazini jonlantirgan.
  • Hrithik Roshan Dhoom 2 (2006) filmida qirolicha obrazini jonlantirgan.
  • Elizabeth Richard 2012 (2009) filmida qirolicha obrazini jonlantirgan.
  • Freya Wilson Qirol nutqi (2010) filmida qirolicha obrazini jonlantirgan.
  • Joanna Lumley Gangsta Granny (2013) filmida qirolicha obrazini jonlantirgan.
  • Sarah Gadon A Royal Night Out (2015) filmida yosh qirolicha Elizabeth obrazini jonlantirgan.
  • Jennifer Saunders Minionlar (2015) animatsion filmida qirolicha Elizabeth qahramoniga ovoz bergan.
  • Penelope Wilton The BFG (2016) filmida qirolicha obrazini jonlantirgan.
  • Mari Devon (AQSh) va Julie Walters (Buyuk Britaniya) Corgining sarguzashtlari (2019) nomli animatsion filmda qirolicha Elizabeth qahramoniga ovoz bergan.
  • Stella Gonet Spencer (2021) filmida qirolicha obrazini jonlantirgan.

Yodgorliklar

Tanga va pochta markalarida

Manbalar

Havolalar