Mayami

AQSh'dagi shahar

Mayami (inglizcha: Miami) AQShdagi Florida shtatining janubi-sharqiy qismidagi shahardir. Atlantika okeani sohilida. Aholisi 442 241 kishi (2020) boʻlib, aholi soni boʻyicha Florida shtatida ikkinchi, AQShda esa 44-oʻrinda turadi.[4] Dengiz porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatda eng yirik yuk aeroporti bor. Kruiz kemachiligi markazi. Yil davomida ishlab turadigan iqlim kurorti. Muhim savdo-moliya markazi. Mashinasozlik, radioelektrotexnika, aviasozlik, poligrafiya, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Zargarlik buyumlari, tibbiyot jihozlari ishlab chiqariladi. Un-tlar, opera teatri, badiiy muzey, okeanarium, botanika bogʻi bor. Biscayne boʻgʻozidagi koʻpriklar orqali Mayami-Bich shaharchasi bilan bogʻlangan. Sohil boʻylab mehmonxona, sanatoriy, motellar joylashgan. Shaharga 1895-yilda asos solingan. Turizm rivojlangan (har yili 5 million chamasida turist kelib-ketadi).[5]

Mayami
Shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
25°47′0″N 80°13′0″W / 25.78333°N 80.21667°W / 25.78333; -80.21667 G O 80°13′0″W / 25.78333°N 80.21667°W / 25.78333; -80.21667 G O
Mamlakat AQSh
Shtat Florida
Hukumat
 • Mayor Julia Tuttle
Asos solingan 1896[1][2]
Maydon 143.1[3] km2 (55.3 mi²)
Markazi balandligi 42 m
Aholisi
 (2020[4])
442 241
Zichligi 4 743.55 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC−05:00
Pochta indeks(lar)i 33101-33299
Mayami xaritada
Mayami
Mayami
Mayami xaritada
Mayami
Mayami

Manbalar

Oʻqish uchun

  • Elizabeth M. Aranda, Sallie Hughes, and Elena Sabogal, Making a Life in Multiethnic Miami: Immigration and the Rise of a Global City. Boulder, Colorado: Renner, 2014.


Havolalar