Mikrometr (o'lchov)

Mikrometr (SI belgisi: mkm, μm), odatda mikron sifatida ham tanilgan, SI dan olingan uzunlik birligi boʻlib, 1×10−6 metr ga teng. 1×10−6 metr (SI standart prefiksi „mikro-“ = 10−6); yaʼni metrning milliondan bir qismi (yoki millimetrning mingdan bir qismi, 0.001 mm, yoki taxminan 0.00004 inch)[1].

Mikrometr
Birliklar sistemasimetrik sistema
BirlikUzunlik
Belgilanishiμm
Almashtirish
1 μm… ga teng
Si sistemasida1×10−6 m
Tabiiy birliklar sistemasida6.1877×1022 P

18897 a0
AQSH birliklar sistemasida3.9370×10−5 in
Yuqorida 6 μm diameterli uglerod tola va pastda 50 μm diameterli inson soch tolasi

Mikrometrga eng yaqin yana bir kichikroq umumiy SI birligi nanometr boʻlib, mikrometrning mingdan biriga yoki metrning milliarddan biriga (0.000000001 m) ekvivalentdir.

Mikrometr — odatda infraqizil nurlanish toʻlqin uzunligi, shuningdek, biologik hujayralar va bakteriyalar oʻlchamlari[1] va pillik tolalar diametrini tasniflash uchun umumiy oʻlchov birligi[2]. Bitta odam sochining kengligi taxminan 20 dan 200 µm. Insonning eng uzun xromosomasi — xromosoma-1 taxminan 10 µm ga teng.

Misollar

1 mikrometr qanchalik katta?

1 mkm dan 10 mkm gacha:

10 dan 100 mkm gacha:

  • taxminan 10-12 mkm — plastmassa plyonka qalinligi (yopishqoq skotch)
  • 10 dan 55 mkm gacha — pillik tolasining kengligi[5]
  • 17 dan 181 mkm gacha — inson sochining diametri[6]
  • 70 dan 180 mkm gacha — qogʻoz qalinligi

SI standartlashtirish

Mikron atamasi va μ belgisi 1879-yilda mikrometrni belgilash uchun alohida foydalanish uchun rasman qabul qilingan, ammo 1967-yilda Xalqaro birliklar tizimi (SI) tomonidan rasman bekor qilingan[7].

SI birliklar sistemasida mikrometrning sistematik nomi birlikning rasmiy nomiga, μk esa rasmiy birlik belgisiga aylandi.

Bundan tashqari, Amerika ingliz tilida „mikron“ dan foydalanish birlikni mikrometrdan (oʻlchash moslamasidan) farqlashga yordam beradi. Ogʻzaki ingliz tilida ular talaffuzi bilan ajralib turishi mumkin, chunki oʻlchash moslamasining nomi aytilganda odatda ikkinchi boʻgʻin (/mˈkrɒmɪtər/ my-KROM-it-ər) urgʻu bilan aytiladi. SI birliklarini talaffuz qilish konventsiyasiga muvofiq mikrometr uzunlik birligini ifodalasa urgʻu birinchi boʻgʻinga qoʻyiladi (/ˈmkrˌmtər/ MY-kroh-meet-ər).

Mikronning koʻplik shakli ham odatda mikron deb ishlatiladi. Ammo 1950-yilgacha vaqti-vaqti bilan „mikra“ ishlatilgan[8][9][10].

Yana qarang

  • Metrik prefiks
  • Metrik tizim
  • Kattaliklar ketma-ketligi (uzunlik)
  • Pillak oʻlchovi

Manbalar