Misr qurolli kuchlari

Andoza:Карточка вооружённых силMisr xarbiy qurolli kuchlari ( arabcha: القوات المسلحة المصريةMisr Arab Respublikasining davlat ozodligii, mustaqilligi va hududiy bo'linmasligi himoya qilish uchun tuzilgan. Quruqlikdagi kuchlar, dengiz kuchlari, harbiy havo kuchlari va havo xujumidan mudofaa kuchlaridan iborat.

Umumiy ma'lumot

Misr qurolli kuchlari Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasidagi eng katta kuch va asosan hududiy birlik va ichki tinchlik, jumladan, Sinay yarim oroli shimolidagi IShIDga tegishli Sinay viloyati guruhiga qarshi kurashga qaratilgan. Misr harbiy-dengiz kuchlari dunyodagi eng muhim dengiz transport yo'llaridan biri bo'lgan Bab El-Mandeb boʻgʻozini nazorat qiladi .

Misr va AQSH katta strategik hamkorlikni saqlab kelmoqda, bu AQSH uskunalarini sezilarli darajada etkazib berish va Misrning 2019- yildagi harbiy amaliyotlari uchun davom etayotgan moliyaviy yordam to'lovlari bilan ajralib turadi. Rossiya federatsiyasi bilan mudofaa munosabatlari, asosan qurol va harbiy texnika (WME) sotib olish bo'yicha rivojlanmoqda.

Harbiy texnikadan foydalanish tajribasi Sinaydagi yarim orolidagi quroli qo'zg'olonga qarshi operatsiyalarda va BMTning tinchlikparvar bo'linmalarida ishtirok etishda to'plangan. Misr harbiylari butun jaxon harbiy mashg'ulotlar davomida ham tayyorgarlikdan o'tadi. Misr o'z kuchlarini o'z chegaralaridan tashqarida mustaqil ravishda joylashtirish imkoniyati ortib bormoqda BMT operatsiyalariga ishtirok etmoqda, Liviyadagi janglarga qo'shildii va Saudiya Arabistonini qo'llab-quvvatlash uchun Yamanga jangovar samolyotlar yubordi, Misir arab koalitsiyasini boshqarmoqda.

Harbiy-dengiz kuchlari ikkita yangi Mistral sinfidagi universal vertalyot tashuvchi desant kemalarini (UDK) qabul qilib, mintaqaviy joylashtirish imkoniyatlarini kuchaytirdi. Qurollari asosan Sssrda ishlab chiqarilgn tizimlar va G'arb davlatlarida ishlab chiqarilgan yangi tizimlardan iborat. Biroq, qurolli kuchlar Rossiyaning ko'p maqsadli qiruvchi samolyotlari, hujum vertolyotlari va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini etkazib berishni talab qiladigan keng qamrovli uskunalarni qayta modernizatsiyalash dasturini amalga oshirmoqda. Jangovar samolyotlar ham Fransiyadan, hujumchi Dronlarnlar esa Xitoydan keltirildi. Dengiz kuchlarini qayta modernizatsiyalash Germaniya suv osti kemalari va frantsuz tez yurar kemalarini o'z ichiga oladi.

Misr o'zining rivojlangan mudofaa kuchiga ega bo'lib, o'z qurolli kuchlariga ham, tashqi bozorlarga ham o'q otish qurollaridan va zirhli mashinalargacha bo'lgan xarbiy qurollar yetkazib beradi. Litsenziyalar olish va xorijiy kompaniyalar bilan qo'shma ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishgan, shulardan M1A1 Abrams asosiy jangovar tanklarini yetkazib berilgan avtomashinalar to'plamlaridan misirda yig'ish va Frantsiya ko'magida tez yurar kemalarni ishlab chiqarish bo'yicha ishlar olib borilmoqda [2] .

Misr qurolli kuchlari [1]
Qurolli kuchlarning turlari:Misr quruqlik kuchlari ;

Misr dengiz floti ;

Misr havo kuchlari ;

Misr havo mudofaasi qo'mondonligi

Muddatli harbiy xizmatga chaqirilish yoshi va ishga qabul qilish tartibi:Misr qurolli kuchlari umumiy harbiy majburiyat toʻgʻrisidagi qonun asosida 18-30 yoshdagi erkak fuqarolar tomonidan xizmatga chaqiriladi majburiy harbiy xizmat muddati - 12 oydan 36 oygacha, undan keyin 9 yil muddatga (2008 yil holatida) majburiy ravishda zaxiraga olish.
Harbiy xizmat uchun mavjud kadrlar:16-49 yoshdagi erkaklar: 21 012 199

16-49 yoshdagi ayollar: 20 145 021 (2010 yil hisobi)

Harbiy xizmatga yaroqli kadrlar:16-49 yoshdagi erkaklar: 18 060 543

16-49 yoshdagi ayollar: 17 244 838 (2010 yil hisobi)

Har yili harbiy yoshga yetgan kadrlar:erkaklar: 783 405

ayollar: 748 647 (2010 yil hisobi)

Harbiy xarajatlar - YaIMga nisbatan foiz:3,4% (2005 yil holatiga ko'ra), dunyoda 35-o'rin [2]
  • 2014 yil holatiga ko'ra, Rossiya Federatsiyasidan 24 ta MiG-29m / m2 qiruvchi samolyotlar, havo mudofaa tizimlari, tankga qarshi Kornet tizimlari, jangovar vertolyotlar ( Ka-25, Mi-28) yetkazib berish bo'yicha umumiy qiymati 3 milliard dollardan ortiq shartnomalar imzolandi yoki imzolandi. va Mi-25, Mi-35 ), engil qurollar, qirg'oq kemalariga qarshi tizimla olingan. Barcha buyruqlar Misrga AQShdan harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘xtatilganidan keyin berilgan.[3]

QUROLI KUCHLAR TARTIBI

Misr harbiy kuchlarining umumiy soni 438 500 ming harbiy xizmatchini iborat. [6]

Quruqlikdagi qo'shinlar

2020-yil uchun quruqlikdagi kuchlar soni 310 ming nafar harbiy xizmatchini tashkil etadi. [7]

Dengiz kuchlari

2020-yil uchunxarbiy dengiz kuchlari soni 18 500 nafar harbiy xizmatchidan iborat. [7]

Havo kuchlari

2020-yilga kelib xarbiy havo kuchlari soni umumiy 30 000 nafar harbiy xizmatchini tashkil etadi. [7]

Havo mudofaasi qo'shinlari

2020-yil uchun havo hujumidan mudofaa qo'shinlari soni 80 000 harbiy iborat [7] .

Shuningdek qarang

  • Qurolli Kuchlar Oliy Kengashi
  • Misr qurolli kuchlarining harbiy formasi
  • Misr quruqlikdagi kuchlarining harbiy unvonlari va nishonlari
  • Misr dengiz flotining harbiy unvonlari va nishonlari
  • Misr havo kuchlarining harbiy unvonlari va nishonlari

Eslatmalar

Havolalar