Omakase

Omakase (yaponcha: お任せ 任せる dan — „topshirish“) — „sizga ishonaman“ maʼnosini beruvchi yaponcha jumla[1].

Nutqda qoʻllanilishi

Ushbu ibora sushi restoranlariga tashrif buyuruvchilar tomonidan qoʻllaniladi va mijoz sushi tanlashni oshpazning ixtiyoriga qoldirishini bildiradi[2]. Oshpaz odatda yengilroq taomlardan boshlab, ogʻirroqlarigacha boʻlgan bir qator taomlarni taqdim etadi[3]. Bu ibora faqatgina guruchli va xom baliqdan tayyorlangan sushiga tegishli emas. U gril, qaynatish yoki boshqa pishirish usullarini oʻz ichiga olgan boʻlishi mumkin[4].

Xususiyatlari

Omakase uslubi uchun buyurtma bergan mijozlar oshpazdan taom tanlashga oʻzgacha yondashishi va tayyor ovqatning hayratlanarli boʻlishini kutishadi, bunday taomni sanʼat asari bilan taqqoslash mumkin[5]. Omakase buyurtma qilish baʼzida qimor oʻyiniga aylanib ketadi, bunda mijoz eng yaxshi sifatga ega baliq tatib koʻradi va menyudan taom buyurtma qilgandan koʻra arzonroqqa tushadi[6].

Yana qarang

Manbalar