Osiyo Olimpiya Kengashi

Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) — Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) tan olgan, Milliy Olimpiya qoʻmitalaridan tashkil topgan, beshta qitʼalararo assotsiatsiyadan biri. Osiyo Olimpiya Kengashi — bu 45 ta mamlakatni oʻz ichiga qamrab olgan Osiyo mamlakatlarida Olimpiya harakatini boshqaruvchi organ hisoblanadi.

Osiyo Olimpiya Kengashi
Turi Sport Federatsiyasi
Sanoat Sport
Ishga tushgan sanasi 1982-yil
Joylashuvi Quvayt bayrogʻi Quvayt
Prezidenti Ahmad Al-Fahad Al-Ahmad As-Saboh
Vebsayti ocaasia.org

OOK — Osiyodagi MOQlari faoliyatini tashkil qilish, ishtirokchi mamlakatlarning xalqaro nufuzini koʻtarish, butun Osiyo qitʼasida sportni targʻib etish, shuningdek, yoshlarda jismoniy barkamollik, ahloqiy sifatlarini sport musobaqalari va sport tadbirlari orqali, oʻzaro hurmat, doʻstlik va halol oʻyin sifatlarini oshirish maqsadida tashkil etilganOsiyo Olimpiya Kengashi, Osiyodigi mamlakat aʼzolarining sport faoliyatini muvofiqlashtiradi, muntazam ravishda Osiyo oʻyinlari (yozgi, qishki, sohil sporti, jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari) ni tashkil qilishni kafolatlaydi, shuningdek, Osiyo qitʼasida Olimpiya harakatini idealini targʻib qilishdagi bosh organ hisoblanadi. Osiyo Olimpiya Kengashi nafaqat hududiy oʻyinlar tashkilotchisi, balki xalqaro musobaqalar, aʼzo mamlakatlar oʻrtasida bahsli muammolar yuzaga kelganda, ularni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organdir. OOK ning bosh qarorgohi Quvaytda joylashgan.

OOK ning tashkil qilinish tarixi

Osiyo Olimpiya Kengashi tashkil qilinishi 1948-yili Londondagi 14-Olimpiya Oʻyinlari davomida, Osiyo mamlakatlari ishtrokchilari, Osiyo oʻyinlari sport assotsiatsiyasini tashkil qilish tashabbusi bilan chiqishdi. 1949-yil Nyu-Delidagi assambleyada Osiyo Oʻyinlari Federatsiyasi maqomi ostida tashkil qilindi. Osiyo Oʻyinlari Federatsiyasining 1981-yil 26-noyabrdagi yigʻilishida Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK)ni tashkil qilishga kelishib olindi. Yigʻilish mobaynida OOKning Ustavi va asosiy tamoyillar qabul qilindi va 1982-yilda Nyu-Delidagi Osiyo oʻyinlaridan keyin kuchga kirishi tasdiqlandi. Rasmiy ravishda Osiyo Olimpiya Kengashi 1982-yil 16-noyabrda Nyu-Delidagi Bosh Assambleya davomida tashkil qilingan. Xuddi shu yili Osiyo Olimpiya Kengashi, Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi eʼtirofiga sazobor boʻldi. 34 ta davlat OOK ning birinchi aʼzo mamlakatlari sifatida qayd qilindi.

OOK ramzi

Osiyo Olimpiya Kengashi ramzi rasmiy ravishda 2006-yilning 2-dekabrida OOKning 25-Bosh Assambleyasida tasdiqlandi. U oʻzida qizil rangdagi 16 ta porlab turgan quyosh nurini, markazda oq rangdagi aylana, quyosh atrofida Ajdar va Lochin aks ettirligan, pastki qismda „Osiyo Olimpiya Kengashi“ yozuvi joylashtirilgan. Ajdar — Sharq va Janubiy-Sharqiy Osiyo xalqlari ramzi boʻlib, omad, boylik, muvaffaqiyat, davlat, mardlik, poklik, joʻshqinlik ramzi hisoblanadi. Lochin — togʻli hududlar ramzi boʻlib, Himolay, Janubiy va Markaziy Osiyo xalqlari ramzi hisoblanadi. U aniqlik, nafosat, kuch, ziyraklik, tezlik, iroda va chiidamlilik sifatlarini oʻzida mujassam etadi.

OOK shiori:

„Doimo olgʻa“ - "Ever onward"

OOK bayrogʻi

Osiyo Olimpiya Kengashi bayrogʻi Osiyo Olimpiya Kengashi emblemasi tikilgan oq matoni oʻzida namoyon etadi. Osiyo Olimpiya Kengashining barcha ramzlari OOK ning mulki hisoblanadi, ulardan Osiyo Olimpiya Kengashi Prezidenti ruxsatisiz foydalanish mumkin emas.

OOK aʼzo mamlakatlari

Quyida Osiyo Olimpiya Kengashiga aʼzo mamlakatlar koʻrsatilgan. Toʻrtinchi qatordagi birinchi yil Milliy Olimpiya qoʻmitasiga asos solingan yilini bildirsa, ikkinchisi Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan tan olingan yilni bildiradi. Misol Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasiga 1992-yil asos solingan, 1993-yil XOQ tomonidan tan olinilgan.

Osiyo Olimpiya Kengashiga aʻzo mamlakatlar
MamlakatKodMilliy Olimpiya qoʻmitasiTashkil topgan yil/
Tan olingan yil
Manba
AfgʻonistonAFGAfgʻoniston Milliy Olimpiya qoʻmitasi1935/1936[1]
BruneyBRNBahrayn Olimpiya qoʻmitasi1978/1979[2]
BangladeshBANBangladesh Olimpiya Assotsatsiyasi1979/1980[3]
ButanBHUButan Olimpiya qoʻmitasi1983[4]
BruneyBRUBruney Milliy Olimpiya Kengashi1984[5]
KambodjaCAMKambodja Milliy Olimpiya qoʻmitasi1983/1994[6]
Xitoy TaypeyiTPEXitoy Taypeyi Olimpiya qoʻmitasi1960[7]
KXDRPRKKoreya Xalq Respublikasi Olimpiya qoʻmitasi1953/1957[8]
GonkongHKGSports Federation and Olympic Committee of Hong Kong, China1950/1951[9]
HindistonINDHiundiston olimpiya Assotsatsiyasi1927[10]
Indoneziya IndoneziyaINAIndoneziya Olimpiya qoʻmitasi1946/1952[11]
IroqIRQIroq Milliy Olimpiya qoʻmitasi1948[12]
EronIRIEron Islom Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi1947[13]
YaponiyaJPNYaponiya Olimpiya qoʻmitasi1911/1912[14]
IordaniyaJORIordaniya Olimpiya qoʻmitasi1957/1963[15]
QozogʻistonKAZQozoqiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi1990/1993[16]
Koreya RespublikasiKORKoreya Olimpya qoʻmitasi1946/1947[17]
QuvaytKUWQuvayt olimpiya qoʻmitasi1957/1966[18]
QirgʻizistonKGZQirgʻiziston Milliy Olimpiya qoʻmitasi1991/1993[19]
LaosLAOLaos Milliy Olimpiya qoʻmitasi1975/1979[20]
LivanLBNLivan Olimpiya qoʻmitasi1947/1948[21]
MalayziyaMASMalayziya Olimpiya Kengashi1953/1954[22]
MaldivMDVMaldiv orollari Olimpiya qoʻmitasi1985[23]
MongoliyaMGLMongoliya Milliy Olimpiya qoʻmitasi1956/1962[24]
MyanmaMYAMyanmar Olimpiya qoʻmitasi1947[25]
NepalNEPNepal Olimpiya qoʻmitasi1962/1963[26]
UmmonOMNUmmon Milliy Olimpiya qoʻmitasi1982[27]
PokistonPAKPokiston Olimpiya qoʻmitasi1948[28]
FalastinPLEFalastin Olimpiya qoʻmitasi1995[29]
XitoyCHNXitoy Xalq Respublikasi Olimpiya qoʻmitasi1910/1979[30]
FilippinPHIFillipin Milliy Olimpiya qoʻmitasi1911/1929[31]
QatarQATQatar Milliy Olimpiya qoʻmitasi1979/1980[32]
Saudiya Arabistoni ]KSASaudiya Arabistoni Milliy Olimpiya qoʻmitasi1964/1965[33]
SingapurSINSingapur Milliy Olimpiya qoʻmitasi1947/1948[34]
Shri LankaSRIShiri-Lanka Milliy Olimpiya qoʻmitasi1937[35]
SuriyaSYRSuriya Olimpiya qoʻmitasi1948[36]
TojikistonTJKTojikiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi1992/1993[37]
TailandTHATailand Milliy Olimpiya qoʻmitasi1948/1950[38]
Sharqiy TimorTLSSharqiy Timor Milliy Olimpiya qoʻmitasi2003[39]
TurkmanistonTKMTurkmaniston Milliy Olimpiya qoʻmitasi1990/1993[40]
Birlashgan Arab AmirliklariUAEBirlashgan Arab Amirliklari Milliy Olimpiya qoʻmitasi1979/1980[41]
OʻzbekistonUZBOʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi1992/1993[42]
VyetnamVIEVietnam Olimpiya qoʻmitasi1976/1979[43]
YamanYEMYaman Olimpiya qoʻmitasi1971/1981[44]

Havolalar