Osiyo oʻyinlari

Osiyo Oʻyinlari (Asiad ham deyiladi) har toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan sport oʻyinlari musobaqalaridir. Bunda faqatgina Osiyo davlatlari ishtirok qilishadi.

Osiyo Oʻyinlari ramzi.

Osiyo oʻyinlari - Osiyo qitʼasining nufuzli sport musobaqalari. 4 yilda 1-marta oʻtkaziladi. Osiyo Olimpiada kengashi 1949-yil 13 fevralda asos solgan va musobaqalarni oʻtkazuvchi O.oʻ. federatsiyasini tashkil etgan. Uning nizomi Olimpiada oʻyinlari gʻoyalari asosida tuzilgan. Har bir davlat O.oʻ.ning qaysi turlarida ishtirok etishini oʻzi belgilaydi, lekin vakillari tarkibi tashkiliy qoʻmita va Osiyo Olimpiada kengashi belgilagan sondan oshib ketmasligi kerak. O.oʻ. da voleybol, futbol, yengil atletika, suzish kabi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kirgan sport turlari hamda muaytay, sepak tekrav singari milliy sport turlari boʻyicha musobaqalar uyushtiriladi. O.oʻ. dasturiga biror milliy sport turini kiritish uchun bu tur qitʼaning kamida 6 ta davlatida ommalashgan boʻlishi va kamida 4 mamlakatdan shu tur boʻyicha sportchilar ishtirok etishi zarur.

Oʻzbekiston sportchilari O.oʻ.ga 1994-yildan qatnashadi. Sportchilarimiz O.oʻ.ning 100 dan ortiq medallari bilan takdirlanishdi (2002), ulardan 31 tasi oltin medaldir. Baydarkachi Ivan Kireyev (1994) 3 bor, gimnastikami Oksana Chusovitina (2002) va bokschi Sergey Mixaylov (1998, 2002) 2-martadan O.oʻ. chempioni boʻldi. Oʻzbekiston futbol terma jamoasi 1994-yilda Xirosi-mada qitʼa chempioni unvonini qoʻlga kiritdi.

O.oʻ. qitʼa davlatlarida milliy sport turlarining keng ommalashishiga yordam berayapti. 2006-yilda Doʻhada boʻladigan O.oʻ. dasturiga oʻzbek kurashi musobaqalari ham kiritildi.

Osiyo uyinlariSanasi Oʻtkazilgan joyi1951 Dehli Hindiston)1954 Manila (Filippin)1958 Tokio (Yaponiya)1962 Jakarta (Indoneziya)1966 Bangkok (Tailand)1970 Bangkok (Tailand)1974 Tehron (Eron)1978 Bangkok(Tailand)1982 Dehli (Hindiston)1986 Seul (Janubiy Koreya)1990 Pekin (Xitoy)1994 Xirosima (Yaponiya)1998 Bangkok(Tailand)2002 Pusan (Jan.Koreya)[1]

Osiyo oʻyinlari — kompleks sport oʻyinlari boʻlib, oʻzida, Osiyo mamlakatlari va xalqlarining oʻzaro birligini mustahkamlash, oʻzaro hurmat va hamkorlikni oshirish, yoshlar oʻrtasida Olimpiya harakati targʻiboti, jismoniy maʼdaniyat va sportni ommalashtirishni oʻzida mujassamlashtirgan holda, 1951-yildan beri oʻtqazib kelinadi. Osiyo oʻyinlari Xalqaro Milliy Olimpiya Qoʻmitasi va Osiyo Olimpiya Kengashi rahnamoligida toʻrt yilda bir marotaba — Olimpiya oʻyinlaridan ikki yil oldin oʻtqaziladi. 18-Oʻyinlari tartib boʻyicha 2018-yili oʻtkazilishi darkor edi. Osiyo Olimpiya Kengashining 2009-yil, 3-iyulida Singapurda boʻlib oʻtgan Bosh Assamblyasida, Osiyo oʻyinlarni, Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan 1 yil oldin oʻtkazish maqsadga muoffiq deb eʼtirof etilgan.[1]

Tarix

Osiyo oʻyinlarining asos solinishiga 1913-yildan 1934-yilgacha Xitoy, Yaponiya va Filippin vakillari ishtrok etgan Uzoq Sharq mamlakatlari chempionati sabab boʻldi. 14-Olimpiada oʻyinlari (1948-yil) paytida Londonda, Osiyo mamlakati qatnashchilari Osiyo oʻyinlari sport assotsiatsiyani tashkil etish borasida kelishuvga erishishdi. 1949-yil Nyu-Delida boʻlib oʻtgan assambleniyada Osiyo oʻyinlari Federatsiyasi tuzildi va 1951-yil Nyu-Delida birinchi Osiyo oʻyinlari boʻlib oʻtishligi haqida qaror qabul qilindi. 1982-yili Osiyo oʻyinlari Federatsiyasi XOQ eʼtirofiga sazovor boʻldi. 1982-yil 16-noyabrda Nyu-Delida boʻlib oʻtgan Bosh Assambleyada qitaʼdagi sport tashkiloti oʻz nomini — Osiyo Olimpiya Kengashi — deb oʻzgartirdi.

1951-yil, Birinchi Osiyo O'yinlari ochilish marosimi
2006-yil Dohadagi Osiyo o'yinlari

Osiyo oʻyinlari dasturi

Osiyo oʻyinlari dasturiga quyidagi sport turlari kiritilgan:

Osiyo oʻyinlari mashstabi (sport, musobaqa turlari boʻyicha) XX asrning 50-yillardanoq xalqaro talablarga javob bera boshlagan. Misol tariqasida 1986-yil Seulda oʻtqazilgan Osiyo oʻyinlarida 25 sport turi boʻyicha, 269 ta musobaqani keltirib oʻtishimiz mumkin. Pekinda boʻlib oʻtgan 11- Osiyo oʻyinlarda, medallar uchun kurashish 27 sport turi boʻyicha, 310 ta musobaqa turlariga oshdi. 2002-yil Pusanda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida sportchilar 38 sport turi boʻyicha, 419 ta baxslarda ishtrok etishdi. Eng koʻp dastur 2010-yili Guanjou(Xitoy)da qayd etildi. Sportchilar 42 sport turi boʻyicha, 476 ta musobaqada bahslashishdi.

Osiyo oʻyinlari ro'yxati

YilO'yinlarMezbonO'yin bo'lib o'tgan muddatMamlakatIshtrokchiSport turlariMusobaqalarManba
1951
I
Hindiston Nyu DeliMart 4–1111489657[2]
1954
II
Filippin ManilaMay 1–919970876[3]
1958
III
Yaponiya TokyoMay 28 – Iyun 1161,8201397[4]
1962
IV
Indoneziya JakartaAvgust 24 – Sentabr 4121,4601388[5]
1966
V
Tailand BangkokDekabr 9–20161,94514143[6]
1970
VI
Tailand BangkokDekabr 9–20162,40013135[7]
1974
VII
Eron TehronSentabr 1–16193,01016202[8]
1978
VIII
Tailand BangkokDekabr 9–20193,84219201[9]
1982
IX
Hindiston Nyu DeliNoyabr 19 – Dekabr 4233,41121147[10]
1986
X
Koreya Respublikasi SeulSentabr 20 – Octyabr 5274,83925270[11]
1990
XI
Xitoy PekinSentabr 22 – Octyabr 7366,12229310[12]
1994
XII
Yaponiya HiroshimaOctyabr 2–16426,82834337[13]
1998
XIII
Tailand BangkokDekabr 6–20416,55436376[14]
2002
XIV
Koreya Respublikasi PusanSentaybr 29 – Octyabr 14447,71138419[15]
2006
XV
Qatar DohaDekabr 1–15459,52039424[16]
2010
XVI
Xitoy GuanjouNoyabr 12–27459,70442476[17]
2014
XVII
Koreya Respublikasi IncheonSentabr 19 – Octyabir 4Kelajakdagi musobaqa
2018
XVIII
Indoneziya Jakarta-PalembangKelajakdagi musobaqa
2022
XIX
Xitoy HangzhouKelajakdagi musobaqa
Osiyo O'yinlariga mezbonlik qilgan mamlakatlar. Qizil nuqta O'yin o'tkazilgan shaharni anglatadi

Boshqa Osiyo o'yinlari

Hozirgi kunda Osiyo Olimpiya Kengashi bayrogʻi ostida nafaqat yozgi va qishki Olimpiya oʻyinlari, shu bilan birga quyudagi bahslar ham oʻtkazilmoqda:

1.Jangovor sanʼat va yopiq inshoatlarda oʻtkaziladigan Osiyo oʻyinlari

2013-yildan eʼtiboran "Yopiq inshoatlardagi Osiyo oʻyinlari" va "Jangovor sanʼat boʻyicha Osiyo oʻyinlari"ni bitta musoboqaga — "Jangovor sanʼat va yopiq inshoatlarda oʻtkaziladigan Osiyo oʻyinlari"ga birlashtirgan holda toʻrt yilda bir marotaba oʻtkaziladigan bo'ldi.

Bu oʻyinlar dasturiga yozgi va qishki Osiyo oʻyinlari va Olimpiada oʻyinlariga kiritilmagan sport turlarini oʻz ichiga qamrab oladi. IV Jangovor sanʼat va yopiq inshoatlarda oʻtkaziladigan Osiyo oʻyinlari 2013-yil Incheon (J.Koreya)da boʻlib oʻtsa, 2017-yil Turkmaniston poytaxti Ashxabodda navbat boʻyicha V oʻyinlar boʻlib oʻtadi. Dastur, quyida koʻrsatilgan yopiq inshoatlardagi sport turlari boʻyicha 6 tadan kam boʻlmagan va jangovor sanʼat boʻyicha 2 ta sport turidan kam boʻlmagan sport turlarini oʻz ichiga qamrab olishi darkor.

Yopiq inshoatlardagi sport turlari:

  • Akrobatika
  • aerobika
  • yengil atletika
  • bilyard
  • bouling
  • bridj
  • shaxmat
  • velosport
  • sport raqsi
  • „ajdarho va sher raqsi“ musobaqasi
  • kibersport
  • sportning ekstremal turlari
  • futzal
  • xokkey
  • 25 metr masofaga suzish.

Jangovor sanʼat boʻyicha sport turlari:

  • Karate
  • Muaytay
  • Djiu-djitsu
  • Kikboksing
  • Kurash
  • penchak silat

2.Sohil sport turlari boʻyicha Osiyo oʻyinlari

3.Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlari

Oʻzbekiston barcha Osiyo oʻyinlarida 1994-yildan beri ishtrok etib kelmoqda.

Manba

  1. www.olympic.uz (Wayback Machine saytida 2012-11-27 sanasida arxivlangan)

Havolalar