Pablo Rosario

Pablo Paulino Rosario (1997-yil 7-yanvarda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Liga 1ning Nice klubi yarim himoyachisi. 2018-yilda Gollandiya terma jamoasi safida bir marta maydonga tushgan.

Pablo Rosario
Rosario Nice bilan, 2022-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiPablo Paulino Rosario
Tavallud sanasi7-yanvar 1997-yil (1997-01-07) (27 yosh)
Tavallud joyiAmsterdam, Niderlandiya
Boʻyi1.88 m
AmpluasiYarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nice
Raqami8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2008AVV Swift
2008Feyenoord
2008—2010DWS
2010—2014Ajax
2014—2015Almere City
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2015—2016Almere City34(3)
2016—2021Jong PSV43(7)
2017—2021PSV101(3)
2021—Nice36(0)
Milliy terma jamoa
2013Niderlandiya U163(0)
2015Niderlandiya U192(0)
2018Niderlandiya1(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-may uchun)

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyati

Rosario oʻzining futbol faoliyatini AVV Swiftning yosh toifadagi jamoasida boshlagan. „Feyenoord“ da qisqa muddat oʻynaganidan keyin mahalliy klub AFC DWSga qoʻshilgan. 2012-yilda Gollandiyaning HUMAN teleradiokompaniyasi Rosario DWSning D1 jamoasi sardori boʻlgan davridan boshlab hikoya qiluvchi „The Price of Heaven“ hujjatli filmini chiqardi[1].

OAV tomonidan boʻlajak Ronaldu sifatida koʻrilgan. 2010-yilda Orlando Trustfull qoʻl ostida „Ajax“ B2 (16 yoshgacha) jamoasiga qoʻshildi[2].

Almere City

2014-yilda Rosario „Ajax“ning ligadoshi Almere Cityga oʻtdi. 2015-yil 7-avgustda Gollandiya professional futbolining ikkinchi ligasi boʻlgan Eerste Diviziyasida VVV-Venloga qarshi oʻyinning (3:3) 53-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib debyut qildi[3].

PSV

2016-yilning 25-iyulida Pablo Rosario Gollandiyaning PSV klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi[4].

Nice

2021-yilning 27-iyulida Pablo Rosario Fransiyaning Nice klubi bilan shartnoma imzoladi[5]

Xalqaro faoliyati

Rosario Gollandiyada tug‘ilgan, kelib chiqishi Dominikandan[6]. 2013-yil 9-fevral kuni Avstriya U-16 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Gollandiyaning 16 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi safida debyut qilgan. 2015-yilning 12-noyabrid Gollandiya U19 terma jamoasi safida 2016-yilgi UEFA U-19 Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasida Angliya U19ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi va oʻyin 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi[7].

Rosarioni ilk bor 2018-yil oktabr oyida Ronald Kuman Niderlandiya terma jamoasiga chaqirdi[8]. Terma jamoadagi debyutini 16-oktabr kuni Belgiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘tkazdi

Karyera statistikasi

Klub

21-may, 2022-yil[9][10]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
KlubMavsumLigaMilliy kubokQitʼaBoshqaJami
DiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Almere City2015—2016Eerste Diviziya343204[lower-alpha 1]0403
Jong PSV2016—2017Eerste Diviziya317317
2016—2017Eerste Diviziya120120
Jami437437
PSV Eindhoven2017—2018Erediviziya140100000150
2018—2019Erediviziya320008[lower-alpha 2]11[lower-alpha 3]0411
2019—2020Erediviziya262201211[lower-alpha 3]0413
2020—2021Erediviziya291308[lower-alpha 4]000401
2021—2022Erediviziya0000100010
Jami101360292201385
Nice2021—2022Liga 136040400
Jami faoliyati214131202926026115

Yutuqlari

PSV

  • Eredivizion: 2017—2018

Nice

  • Fransiya kubogi sovrindori: 2021—2022[11]

Manbalar