Paul Allen

Paul Gardner Allen (talaffuzi: Pol Gardner Allen; 1953-yil 21-yanvar — 2018-yil 15-oktabr) amerikalik biznes-magnat, dasturchi, investor va filantropdir. 1975-yili bolalikdagi doʻsti Bill Gates bilan birgalikda hozirda jahonning eng yirik AT-industriya kompaniyasi boʻlmish Microsoft korporatsiyasiga asos solgan[1]. Forbes jurnalining 2018-yilgi maʼlumotlariga koʻra, Allen dunyodagi eng badavlat kishilar roʻyxatida 44-oʻrinni egallagan. Uning boyligi oʻsha paytda $20,3 milliard dollarga baholangan[2][3].

Paul Allen

Allen 2013-yilda
Tavalludi
Paul Gardner Allen

21-yanvar 1953-yil
Vafoti 15-oktyabr 2018-yil(2018-10-15)
(65 yoshda)
Seattle, Vashington, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi
  • Investor
  • ishbilarmon
  • filantrop
Veb-sayti paulallen.com

2009-yilda Allenga Hodgkin boʻlmagan limfoma tashxisi qoʻyilgan. 2018-yilning 15-oktabrida 65 yoshida septik shokdan vafot etgan[4][5][6].

Manbalar

Havolalar