Red (albom)

Red (tarjimasi „Qizil“) amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swiftning toʻrtinchi studiyaviy albomidir. 2012-yilning 22-oktyabrida Big Machine Records leyblida eʼlon qilingan[1]. Albom chiqarilgan birinchi haftada AQShda 1,2 milliondan ortiq nusxa sotilgan, bu soʻnggi oʻn yildagi eng yuqori savdo koʻrsatkichidir. Red Billboard 200 xit-paradida birinchi pogʻonagacha koʻtarildi. Billboard Top Country Albums xit-paradida 16 hafta davomida birinchi pogʻonani egallab turdi. Albom Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Irlandiya va Yangi Zelandiya xit-paradlarda ham birinchi oʻrinni egalladi. Rolling Stone jurnali uni tarixdagi 500 ta eng buyuk albom roʻyxatiga kiritdi[2]. 2021-yil iyun oyi holatiga koʻra, Red AQShning oʻzida 7,5 milliondan ortiq nusxada sotilgan[3].

Red
Taylor Swift albomi
Chiqarilgan sanasi 22-oktyabr, 2012-yil(2012-10-22)
Yozib olingan sanasi tax. 2011—2012
Janr
Davomiyligi 65:09
Leybl
  • Big Machine
Prodyuser(lar)
  • Taylor Swift
  • Nathan Chapman
  • Jeff Bhasker
  • Dann Huff
  • Jacknife Lee
  • Max Martin
  • Shellback
  • Butch Walker
  • Dan Wilson
Taylor Swift xronologiyasi
Speak Now World Tour – Live
(2011)
Red
(2012)
1989
(2014)
Redga kiritilgan singllar
  1. „We Are Never Ever Getting Back Together“
    Chiqarilgan sana: 13-avgust, 2012-yil
  2. „Begin Again“
    Chiqarilgan sana: 1-oktyabr, 2012-yil
  3. „I Knew You Were Trouble“
    Chiqarilgan sana: 27-noyabr, 2012-yil
  4. „22“
    Chiqarilgan sana: 12-mart, 2013-yil
  5. „Red“
    Chiqarilgan sana: 24-iyun, 2013-yil
  6. „Everything Has Changed“
    Chiqarilgan sana: 14-iyul, 2013-yil
  7. „The Last Time“
    Chiqarilgan sana: 4-noyabr, 2013-yil

Albomning nomi va muqovasi xonanda tomonidan 2012-yil 13-avgustda „We Are Never Ever Getting Back Together“[4] singli premyerasi kuni rasman taqdim etildi. Keyingi toʻrtta promo-singl albom chiqqanidan keyin bir oy ichida chiqarildi, ulardan uchtasi Billboard Hot 100 xit-paradining birinchi oʻntaligiga kirdi. Albom 16 ta trekni oʻz ichiga oladi (bonus-materiallardan tashqari)[5][6].

Manbalar

Havolalar