San Marino

San Marino (San Marino Respublikasi) poytaxti — San Marino shahri. BMT aʼzosi.

San Marino Respublikasi
Repubblica di San Marino
San Marino bayrogʻi
Bayroq
Gerb of San Marino
Gerb
ShiorLibertas
(Lotincha: Ozodlik)
Madhiya: Inno Nazionale della Repubblica
Location of San Marino
Poytaxt San Marino
Rasmiy til(lar) Italyancha
Hukumat Semi-Prezidentlik Davlat
• Kapitan-Regent
Valeria Ciavatta
• Kapitan-Regent
Luca Beccari
• Davlat kotibi
Fabio Berardi
Konstitutsiya (8-oktabr-1600)
Maydon
• Butun
61.2 km2 (225-oʻrin)
• Suv (%)
ahamiyatsiz
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
28,880 (216-oʻrin)
• Zichlik 471/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$940 mil. (193-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$32,548
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt mintaqasi UTC+1
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma SM
Telefon prefiksi 378
Internet domeni .sm

San-Marino - eng qadimiyrespublikalardan biri bo‘lib, Unga 301-yil 3-sentabrda Rim imperatori Diokletianning nasroniylarga qarshi qiynoqlaridan qochgan nasroniy tosh ustasi Dalmatian Marinus tomonidan asos solingan.1253-yildan beri davlat tuzumio‘zgarmay kelgan. 1463-yildanbuyon San-Marino hududio‘zgarmagan. Aholisining etniktarkibi: San-Marinolar-83%,italyanlar- 12%

Tabiati

San-Marino Titano tog‘yonbag‘rida joylashgan.Mamlakat iqlimi — o‘rtayerdengiz iqlimi, lekin Italiyaiqlimiga nisbatan mo‘tadil.Qishda ko‘p qor yog‘adi.O‘rmonlari kamayib ketgan.Ammo efirmoyga boy butazorva o‘tloqlar mavjud. Tog‘dajoylashgan kichik daryolar yozdaqurib qoladi.

Xo‘jaligi

San-Marino iqtisodiyoti asosansayyohlarga xizmat ko‘rsatish,pochta markalari, tangalar vaesdalik sovg‘alar chiqarishgatayanadi. Aholining turmushdarajasi va o‘rtacha umr ko‘rish yoshidunyoda eng yuqori ko‘rsatkichgayetgan. Mamlakatda mahalliyhunarmandchilik rivojlangan.Asosiy eksport mahsulotlari:vino, chinni, shishabuyumlar, esdalik sovg‘alari.

Diqqatga sazovor joylari

Sayyohlarni San-Marinoning go‘zal tabiat manzaralari, O‘rta asr vaUyg‘onish davriga mansub arxitektura san’ati durdonalari o‘ziga jalbqiladi. Shahar XVI asrda barpo etilgan qadimiy davr qo‘rg‘on devorlaribilan o‘ralgan. Ko‘cha va yo‘laklar tosh zinalar bilan birlashgan. Asosiyyodgorliklarga XIV-XV asrlar cherkovi, XVI asr kaputsinlar monastirlari,XTV-XV asrlar San-Franchesko cherkovi, XIX asrda qurilgan ozodlikmaydonidagi hukumat saroyi kiradi. San-Marino - ilmiy, madaniy ommabopkongress, konferensiya, simpoziumlar o‘tkaziladigan an’anaviy joy.

Manbalar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Dunyo m am lakatlari. Ensiklopediya. - Тoshkent.: MCHJ «DAVR NASHRIYOTI»,

2013-yil