Shusha

Shusha (ozarbayjoncha: Şuşa) / Shushi (armancha: Շուշի) — Ozarbayjondagi shahar, Shusha viloyatining maʼmuriy markazi, Ozarbayjonning madaniy poytaxti[1]. Qorabogʻ tizmasi etaklarida, dengiz sathidan 1368 m balandlikda, Stepanakert-Goris avtomobil yoʻlida joylashgan. Stepanakert janubida (Xonkendi).

Shusha 1752-yilda Qorabog' xonligini himoya qilish uchun qal'a sifatida tashkil etilgan va dastlab Panahobod deb nomlangan[⇨]. 1822-yil noyabrda Qorabogʻ xonligi Shusha viloyatiga aylantirilgach, u viloyat markazi va musulmon oʻlkalari harbiy okrugi boshligʻi general-leytenant knyaz V. G. Madatovning qarorgohiga aylandi. 1840-yildan Shusha Rossiya imperiyasi Kaspiy viloyatining okrug shahri, 1846-yil 14-dekabrdan yangi tashkil etilgan Shamaxi, 1859-yildan esa Boku viloyati tarkibiga kirgan. 1867-yil dekabrda Yelizavetpol guberniyasi tarkibiga kirdi[⇨].

Manbalar