Uran-234

Uran-234/ Tursunboyev Islam

Uran-234
Umumiy maʼlumot

Uran-234 (234U yoki U-234) va uran rudasida Uran-234 ning bilvosita sifatida uchraydi, ammo u xom uranning atigi 0,0055 % (millionda 55 qism) ni tashkil qiladi, chunki uning yarimparchalanish davri atigi 245,500 yilni tashkil etadi. Bu esa 238U ning yarim parchalanish davridan 18000 marta kichik. Shunday qilib, tabiiy namunadagi 234U va 238U larning nisbati ularning bir-biriga nisbatan yarim yeirilish davrlari nisbatiga teng. Yadroviy parchalanish orqali 234U hosil boʻlishining asosiy yoʻli quyidagicha: uran-238 yadrolari Uran-235 boʻlish uchun alfa zarrachasini chiqaradi. Keyinchalik, qisqa yarimparchalanish davri bilan 234Th yadro beta zarrachani chiqaradi va protaktiniy-234 (234 Pa) yadro izomeriga aylanadi. Nihoyat, 234Pa yadrolari 234U yadroga aylanish uchun yana bir beta zarrachani chiqaradi.

Uran-234 yadrosi alfa emissiyasi bilan toriy-230 yadrosiga parchalanadi. Spontan parchalanadigan yadrolarning kichik qismi (milliardga vir necha ulush) bundan mustasno.

Tabiiy urandan juda oz miqdorda 234U ni ajratib olish uranni muntazam boyitishda qoʻllaniladiganga oʻxshash izotoplarni ajratish yordamida amalga oshirilishi mumkin. Biroq, 234U ni ajratish uchun kimyo, fizika yoki muhandislik sohalarda haqiqiy ehtiyoj yoʻq. 234U ning juda kichik sof namunalarini kimyoviy ion almashish jarayoni orqali — alfa parchalanish orqali 234U gacha parchalanishiga imkon berish uchun namunalaridan olish mumkin.


Shakllanish va yemirilish

Uran-234 quyidagi parchalanishlar natijasida hosil boʻladi:

  • Nuklidning β+-parchalanishi 234Np (yarim yemirilish davri 4,4(1)kun):
  • Nuklidning β-parchalanishi 234Pa (yarim yemirilish davri 6,70(5) soat):

Uran-234 ning parchalanishi quyidagi yoʻllar bilan sodir boʻladi:

chiqarilgan α-zarrachalar energiyasi 4722,4 keV (28,42 % hollarda) va 4774,6 keV (71,38 % hollarda)[2].

  • Spontan parchalanish (ehtimollik 1,73(10)×10−9 %)[1].
  • Klaster yemirilishi 28Mg ga (parchalanish ehtimoli 1,4(3)×10−11 %[1] , boshqalarga koʻra 3.9(10)×10−11 %[3]):
  • Klaster yemirilishi 24Ne va 26Ne nuklidlarini hosil qilish uchun (parchalanish ehtimoli 9(7)×10−12%[1], boshqa manbalargalarga muvofiq 2.3(7)×10−11%[3]):


Yana qarang

  • Uran-uran aniqlash

Manbalar