Vinca minor

Vinca minor (umumiy nomlari kichik periwinkle yoki mitti periwinkle) — gulli oʻsimlik turi, markaziy va janubiy Yevropa, Portugaliya va Fransiya, Niderlandiya va Boltiqboʻyi davlatlari, sharqda Kavkaz, Turkiya va janubi-gʻarbiy Osiyoda oʻsadi. Umumiy nomlari orasida kichik periwinkle, oddiy periwinkle bor. Bbaʼzan Amerika Qoʻshma Shtatlarida mirta yoki sudraluvchi mirta drb ataladi[1].

Vinca minor
Ilmiy tasniflash
Oʻsimliklar
Yuksak oʻsimliklar
Gulli oʻsimliklar
Ikki urugʻpallalilar
Asterids
Gentianales
Apocynaceae
Vinca
V. minor
Binar nomi
Vinca minor

Taqqoslash uchun barg chetlari; Vinca minor yuqorida, Vinca major pastda; V. minorning tuksiz chetiga, V. majorning tukli chetiga eʼtibor bering. Oʻlchov mm.

Tavsif

Vinca minor — bu yerga tarqalib oʻsuvchi yatimbuta, katta koloniyalarni hosil qiladi. Balandligi 40 centimetr (16 in) gacha yetadi. Barglari doim yashil, qarama-qarshi, uzunligi 2–4.5 centimetr (0.79–1.77 in) kengligi 1–2.5 centimetr (0.39–0.98 in), yaltiroq toʻq yashil rangda.

Gullari barg qoʻltigʻida yolgʻiz joylashgan, asosan erta bahordan yozning oʻrtalarigacha hosil boʻladi. Baʼzi turlari kuzda gullaydi. Gullari binafsharangda (baʼzi madaniy seleksiyalarda och binafsha yoki oq), diametri 2–3 centimetr (0.79–1.18 in)). Mevasining uzunligi 2.5 centimetr (0.98 in)

Kultivatsiya

Zich oʻsishi bilan zamin qoplami
Minor Vinka qal’a vayronalarida

Tur odatda oʻzining doimiy yashil barglari, bahor va yozda ochiladigan gullari, zich boʻlib oʻsish xususiyati sababli moʻtadil iqlimli bogʻlarda tuproq qoplami sifatida oʻstiriladi. Bir vaqtlar u Amerika Qoʻshma Shtatlarining janubiy qismlaridagi qabristonlarga ekilgan. Periwinkle oʻsib chiqqan joyga qarab gʻoyib boʻlgan qabrlar mavjudligini koʻrsatishi mumkin[2].

Turning bir nechta zararkunandalari va kasalliklari mavjud. Shimoliy Amerikaning baʼzi qismlarida keng tarqalgan va invaziv tur sifatida tasniflangan. Ekilganidan soʻng, uni yoʻq qilish qiyin, chunki uning mumsimon barglariga gerbitsidlar taʼsir qilmaydi. Biroq, glifosat oʻsimlikni 2-3 hafta ichida osongina quritadi[3].

Turlari

Rezyume. „Argenteovariegata“

Turli xil gullar va rang- barang barglari boʻlgan koʻplab navlari mavjud. Quyidagi navlar Qirollik bogʻdorchilik jamiyatining bogʻdagi xizmatlari uchun mukofotiga sazovor boʻldi[4]:

  • 'Argenteovariegataʼ[5] (barglari oq qirralarga ega)
  • „Atropurpurea“[6] (bordo-binafsha gullar)
  • „Azurea Flore Pleno“[7] (qoʻsh koʻk gullar)
  • „Bowles’s Variety“[8] (binafsharang-koʻk gullar: „Bowles’s Blue“ va „La Grave“ nomi bilan ham tanilgan)
  • „Ralf Shugert“[9]

Dorivor foydalanish: kimyoviy tarkibiy qismlar

Vinca minor tarkibida 50 dan ortiq alkaloidlar, shu jumladan vinkamin mavjud[10]. Boshqa alkaloidlar orasida reserpin, reserpinin, akuammisin, majdin, vinerin, ervine, vineridin, tombozin, vinkamajin, vinkanin, vinkanidin,[11] vinkamon, apovinkamin, vinkaminolkamin, devinkaminol vinkaminolkamin[12] vikaminolkamin mavjud[13][14].

Vinpotsetin vinkaminning yarim sintetik hosilasi alkaloididir.

Rang

Periwinkle rangining nomi vinca minor gulidan olingan.

Manbalar