Wong Kar-wai
Wong Kar-wai 1958-yil 17-iyulda Hong Kongda tugʻilgan kinorejissyor, ssenarist va prodyuserdir. Uning filmlari odatiy boʻlmagan tartibda hikoya qilinishi, oʻzgacha muhit bagʻishlovchi musiqalari va toʻq va toʻyingan ranglarga boy operatorlik ishi bilan ajralib turadi. Wong Hong Kong kinematografiyasidagi eng asosiy shaxs hisoblanadi. 2002-yil Sight & Sound tomonidan oʻtkazilgan "Soʻngi 25 yillikning eng buyuk rejissyori" soʻrovnomasida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. Uning filmlari tez-tez mahalliy va xorijiy eng yaxshi filmlar roʻyxatlarida eslab oʻtiladi.
Wong Kar-wai | |
---|---|
Wáng Jiāwèi (王家衛) | |
Wong Kar-wai 2013-yilgi Berlin kinofestivalida | |
Tavalludi | 17-iyul 1958-yil Shanxay, Xitoy |
Fuqaroligi | Gonkong |
Taʼlimi | Hong Kong Politexnika Universiteti |
Kasbi | Rejissyor, Ssenariynavis, Prodyuser |
Faoliyat yillari | 1982-yildan beri |
Turmush oʻrtogʻi | Chan Ye-cheng |
Bolalari | Qing Wong |
Veb-sayti | http://www.wongkarwai.net/ |
Hayoti va Karyerasi
Shanxayda tugʻilgan Wong bolaligida oilasi bilan oʻsha vaqt Buyuk Britaniyaga qarashli boʻlgan Hong Kongga koʻchib boradi. Debyut filmi boʻlmish "As tears go by"ni (1988) suratga tushirishni boshlaguncha maishiy seriallar uchun ssenariy yozish bilan shugʻullangan. As tears go by filmi Hong Kongda katta muvaffaqiyatga erishgan boʻlsada, Wong ushbu filmdagi jinoyatchilik olami tendensiyasidan uzoqlashib, oʻzining shaxsiy kino uslubini yaratishga kirishib ketdi. Ammo uning oʻz yoʻnalishidagi birinchi filmi "Days of being Wild" (1990) kassada yaxshi natija bermadi. Shunday boʻlishiga qaramay, film tanqidchilarning eʼtirofiga sazovor boʻldi va 1991-yilgi Hong Kong Film Awards kino tanlovida "Eng yaxshi film" va „Eng yaxshi rejissyor“ nominatsiyalarida gʻolib chiqdi. Uning navbatdagi filmi "Ashes of time" (1994) esa noaniq syujeti va wuxia (xitoycha jangari filmlar) janriga xos boʻlmagani tufayli omma tomonidan turlicha qabul qilindi.
„Ashes of time“ning uzoq davom etgan tasvirga olish jarayonidan charchagan Wong kinematografiyaga boʻlgan muhabbatini qayta tiriltirish umidida "Chungking Express filmini boshlab yuboradi. Koʻproq koʻngilochar muhitni ifodalagan ushbu film Wong Kar-waini xalqaro miqyosda tanilishga olib keldi va 1995-yilgi Hong Kong Film Awards tanlovida yana bir bor Eng yaxshi film va Eng yaxshi rejissyor mukofotlariga sazovor boʻldi.
Wong Kar-wai ijodda davom etib, 1995-yilda tanqidchilar tomonidan juda iliq kutib olingan „Fallen Angels“ filmini taqdim qildi. Fallen Angels hali hamon Hong Kong kinematografiyasi oltin davri kult klassikasi va Wong uslubining oliy naʼmunasi sifatida tan olinadi. 1997-yilda Wong Kar-wai Happy Together filmi bilan dunyo miqyosida oʻz obroʻsini mustaxkamladi va Kann kinofestivalida Eng yaxshi rejissyor mukofoti sovrindori boʻldi.
Filmografiya va mukofotlari
Wongning ijodi oʻnta rejissyorlik filmi, u ssenariy muallifi sifatida ishlagan 16 ta film va u prodyuserlik qilgan boshqa rejissyorlarning yetti filmidan iborat. Shuningdek, u reklama roliklari, qisqa metrajli filmlar va kliplarga rejissyorlik qilgan va ikkita antologiya filmiga hissa qoʻshgan. U Osiyo, Yevropa, Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikadagi turli hil tashkilotlardan mukofot va nominatsiyalarga sazovor boʻlgan. 2013-yilda u oʻsha vaqtdagi Fransiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabius tomonidan "Faxriy Legion Ordeni" Komandir unvoni bilan taqdirlandi. 2014-yilda Hindiston xalqaro kinofestivalida unga Lifetime Achievement mukofoti berildi.
Yil | Nomi | Xitoy tilida nomi |
---|---|---|
1988 | As Tears Go By | 旺角卡門 Wong gok ka moon |
1990 | Days of Being Wild | 阿飛正傳 Ah fei zing zyun |
1994 | Chungking Express | 重慶森林 Chung Hing sam lam |
Ashes of Time | 東邪西毒 Dung che sai duk | |
1995 | Fallen Angels | 墮落天使 Do lok tin si |
1997 | Happy Together | 春光乍洩 Chun gwong cha sit |
2000 | In the Mood for Love | 花樣年華 Fa yeung nin wa |
2004 | 2046 | — |
2007 | My Blueberry Nights | — |
2013 | The Grandmaster | 一代宗師 Yi dai zong shi |
Foydalanilgan manbalar
Tashqi Havolalar
Vikiomborda Wong Kar-wai haqida turkum mavjud |