Xuroson turklari

Xuroson turklari (Xor-Turk. kẖwrạsạn tẖrạlry̰) — asosan, xuroson-turk tilida soʻzlashuvchi turkiy xalq. Fors tilidan ikkinchi til sifatida foydalanadi.[1][2] Ko‘pgina Xuroson turklari asosan Xuroson kurdlari bilan turmush qurganliklari tufayli kurdcha da ham gaplasha oladilar.[3]

Yashash hududlari

Xuroson turklarining anʼanaviy istiqomat joyi Xurosonning tarixiy-geografik mintaqasi boʻlmishEronning shimoli-sharqiy hududlari. Hozirda Eronning Xuroson-Rezaviy, Shimoliy Xuroson va Janubiy Xuroson ostanlari (viloyatlari)da yashab keladi. Xuroson turklari asosan Shimoliy Xuroson, Xuroson-Rezaviy va Guliston ostanlarida yashaydi[4].

Kelib chiqishi

Xuroson chegaralari Ozarbayjondan koʻchgan aholi yordamida mustahkamlangan[5]. Qoʻshni turkmanlardan farqli ravishda aksari Islomning shia mazhabida. Turkiy xalqlarning aksariyati esa sunniy islomga eʼtiqod qiladi.

Turli qarashlar

Karl Geynrix Menges birinchi boʻlib ularning tilini izohlab, uni dastlab „turkmancha“, keyin esa „ozarbayjoncha“ning — Kuchan lahjasi deb taʼriflagan. Maykl Knuppelning fikricha, bu gap xato emas, chunki Xuroson turkiy tili turkman tilidan koʻra ozariy tiliga yaqinroq. Xuroson turklari ham istiqomat qiladigan Daragʻoz va Lotfobod viloyatlari ozarbayjon tilining Xurosondagi anklavidir[6][7] hisoblanadi. XIX asr Eron tarixchisi Abdul Husayn Sepehr yozganidek, Eronning boshqa hududlarida boʻlgani kabi Xurosonda ham odamlar ozarbayjon va fors tillarida soʻzlashgan[8]. Javad Heyatning fikricha, Xuroson turklari ozarbayjon tili lahjasida gaplashadi[9].

V. Ivanovning taʼkidlashicha, Xuroson turklari ozarbayjon qabilalari bilan qarindosh ekanliklarini daʼvo qiladi[10]. Ivanov 1926-yilda Xuroson turkiy tilini ozarbayjon va turkman tillaridan farq qiladigan idioma sifatida baholash kerak, deb hisoblaydi. Tilning mustaqilligi keyinchalik aniqlangan.

XIX asr oxirida Xurosonda boʻlgan A.M. Zolotaryov turklar haqida shunday xotirlaydi:

"Asli kelib chiqishi turk-tatar boʻlgan koʻplab qabilalar hamma joyda keng tarqalgan. Bir vaqtlar Forsga qarshi kurashgan xalqlarning qoldiqlari va Ozarbayjondan koʻchib kelgan koʻchmanchilarning bir qismi ham oʻtroqlashib, mintaqaning eng tinch va mehnatkash aholisini namoyon eta boshladi"[11].

Qabila boʻlinishi

Xuroson turklari bir necha qabilalarga boʻlingan, ularning eng kattasi va mashhuri Bayatlardir (bayatlar Yerevandan koʻchirilgan[12]). Qoraxordu (asosan Esfarayen Shahristonida istiqomat qiladi), Imarli, Kuyanli, Pehlivanli, Boranli, Qilichanli qabilalari Bojnurd Shahristonida yashaydi. Goʻrganda asosan Timurtosh va Nardin qabilalari joylashgan. Gudarilar Sini qishlogʻida yashaydi. Afshar xuroson turklari Xuroson-Rezaviyning barcha hududida va Qoraylar, asosan, Torbat-e Haydariya shahristonida yashaydi. Afshar va qoraqoʻyunlu qabilalari Ozarbayjondan koʻchirilgan[13].

Manbalar

Havolalar