Turkiy xalqlar

Turkiy ellar Turkiy tillarda soʻzlashuvchi, shimoliy va markaziy Yevroosiyoda yashovchi xalqlar guruhidir. Bu xalqlar u yoki bu darajada umumiylashgan madaniyat va anʼanalarga ega. Turkiy xalqlar tayinli bir irqqa tegishli emas, ularni bogʻlovchi unsur asosan etnogenezlarida joy olgan Turk urugʻlari va tillaridir.

xarita

Mamlakatlar

DavlatAholisi ichida Turkiy xalqlar soni
Dunyo Boʻyicha200+ million
Turkiya70.000.000
Oʻzbekiston31.900.000
Eron20-30 million
Xitoy15-30 million
Rossiya15.000.000
Qozogʻiston13.000.000
Ozarbayjon10.000.000
Turkmaniston6.800.000

Yevropa Ittifoqi Yevropa Ittifoqi || 7.000.000

Qirgʻiziston5.000.000
Afgʻoniston3.500.000
Iroq3.000.000
Tojikiston1.500.000
AQSh1.000.000+
Ukraina400.000
 Moldova200.000
Mongoliya150.000
Avstraliya100.000
Birlashgan Qirollik50.000
Kanada100.000
Argentina1.000
Turkiylar DiniAsosan Islom, qolganlar Tangrichilik, xristian, buddist, Shomonlik, lamaizm va boshqa dinlarga eʼtiqod qiluvchilardir.

Tarixi

Turk, turkiylar — jahondagi turkiy tillardada soʻzlashuvchi xalqlarga nisbatan ishlatiladigan nom. Turk soʻzi baquvvat, barkamol, odillik kabi maʼnolarni anglatadi, degan fikrlar mavjud. Qadimgi turklar genetik va fenotipik jihatdan Sharqiy osiyoliklar va sibirliklar bilan chambarchas bog'liq edi. Turkiy xalqlar mo'g'ullar va koreyslar bilan alohida yaqin munosabatda bo'lishi mumkin.[1][2][3][4][5][6]

Genetik, arxeologik va lingvistik dalillar ilk turkiy xalqlarni shimoli-Sharqiy Osiyo Tarik-agriculturalists bilan bog'laydi, keyinchalik ko'chmanchi turmush tarzini qabul qilgan va Sharqiy Mo'g'ulistondan g'arbga tomon kengaygan.[7]

Bir necha ming yilliklar davomida turkiy qabilalar koʻp marta birlashgan va parchalanganligi tufayli ularning qabilaviy tarkibi oʻzgarib turgan.

Mil. av 2-asrdan — mil. 3-asrgacha boʻlgan davrda turklar Hun xoqonligi tarkibida boʻlganligi sababli Xitoy manbalarida shyunnu, hunnu deb ham atalgan. Mazkur xoqonlik yemirilgandan keyingi 300 yilga yaqin davr davomida xitoylar turklarni tiyekle (zamonaviy tilda tele) deb atashgan.

6-asrda turklarda boʻlgan Ashina avlodi kuchayib, Turk xoqonligi barpo etgan. Xitoy manbalariga koʻra, 9-asrda tilga olinadigan turk qabilalari 58 ta nom bilan ajratilgan. Shulardan 22 tasi uygʻur (ittifoqchilar) deb nomlangan. Uygʻur xoqonligi tugatilganidan soʻng bularning katta bir qismi Turkiston hududida joylashgan (qarang Turk). Turkiya olimlari asarlarida turk qabilasi koʻkturk deb xam ataladi. Tadqiqotlarga koʻra, koʻkturk soʻzi tangriga, yaʼni osmonga ishongan turklar, balandlik turklari, koʻk boʻri totemi boʻlgan turklar kabi maʼnolarni anglatgan. Markaziy Osiyoda turk toponim, etnonim, gidronim sifatida koʻplab uchraydi.

Hozirgi davr

Turkiy aholi soni taxminan 200-250 million nafarga yetgan.[8] Shulardan 70 millioni Turkiya turklaridir. Hozirda oltita mustaqil turkiy davlat mavjud:

Yana qarang

Manbalar

Havolalar