Yaponiya geografiyasi

Yaponiya Tinch okeanining gʻarbiy qismida joylashgan hamda stratovulqon arxipelaglardan tashkil topgan orol davlatdir[5] Yaponiya 6 852 ta oroldan iboratdir.[6]. Eng katta beshta asosiy orollari — Hokkaido, Honshu, Kyushu, Shikoku va Okinava. Ryukyu orollari va Nanpu orollari asosiy orollarning janubi va sharqida joylashgan.

Yaponiya geografiyasi
Qitʼa Osiyo
Mintaqa Sharqiy Osiyo
Koordinatalar 36°N 138°E / 36°N 138°E / 36; 138 G O
Maydoni 62-oʻrin
 • Jami 377,976.41[1] km2 (145,937.51 mi²)
 • Yer 87.93099%
 • Suv 6.76%
Qirgʻoq chizigʻi 29 751 km
Eng yuqori nuqta Fuji togʻi
3,776 m (12,388 ft)[2]
Eng past nuqta Hachirōgata
−4 m (−13 ft)[2]
Eng uzun daryo Shinano daryosi
367 km (228 mi)[3]
Eng yirik koʻl Biwa koʻli
671 km2 (259 mi²)[4]

Maydoni — 377,976.41 km2 (145,937.51 mi²).[1] Maydoniga koʻra, Yaponiya jahonda toʻrtinchi eng yirik orol mamlakat, Sharqiy Osiyoda esa eng yirik orol mamlakatdir[7]l Yaponiya qirgʻoq chiziqlari uzunligi 29 751 km (18 468 mi) boʻlib, bu koʻrsatkich bilan jahonda oltinchi oʻrinda turadi[8].

Mintaqalari

Yaponiya norasmiy ravishda shimoli-sharqdan (Hokkaidō) janubi-gʻarbgacha (Ryukyu orollari) sakkizta mintaqaga boʻlingan[9]:

  • Hokkaidō
  • Tōhoku mintaqasi
  • Kantō mintaqasi
  • Chūbu mintaqasi
  • Kansai (yoki Kinki) mintaqasi
  • Chūgoku mintaqasi
  • Shikoku
  • Kyūshū

Har bir mintaqa bir nechta prefekturalardan tashkil topgan, faqat Hokkaidō mintaqasini oʻz ichiga olgan Hokkaidō prefekturasi bundan mustasno.

Daryolari

Niigata shahridagi Shinano daryosi.

Quyida Yaponiyaning eng uzun 10 ta daryosi keltirilgan[10]:

RankNomiMintaqaPrefekturaUzunligi

(km)

1ShinanoHokurikuNagano, Niigata367
2ToneKantōSaitama, Chiba, Ibaraki, Tochigi, Gunma322
3IshikariHokkaidōHokkaidō268
4TeshioHokkaidōHokkaidō256
5KitakamiTōhokuIwate, Miyagi249
6AbukumaTōhokuFukushima, Miyagi239
7MogamiTōhokuYamagata229
8TenryuChūbuNagano, Aichi, Shizuoka212
9AganoHokurikuNiigata210
10ShimantoShikokuKōchi196

Manbalar

Havolalar