Yeghishe Charents

Yeghishe Charents (armancha: Եղիշե Չարենց; 1897-yil 13-mart1937-yil 27-noyabr) — arman shoiri, yozuvchisi va jamoat arbobi. Charentsning adabiy mavzusi oʻz tajribalaridan kelib chiqqan holda Birinchi jahon urushi, Rus inqilobi va asosan Armaniston va armanlar haqida boʻlgan[1]. U Armanistonda „XX asrning buyuk shoiri“ deb tan olingan[2].

Yeghishe Charents
Եղիշե Չարենց
Tavalludi
Yeghishe Soghomonyan

13-mart 1897-yil
Kars viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 27-noyabr 1937-yil
Kasbi shoir, yozuvchi, tarjimon, jamoat arbobi
Ijod qilgan tillari arman tili
Fuqaroligi Armaniston
Turmush oʻrtogʻi Izabella Charents
Bolalari Anahit Charents va Arpenik Charents

Kommunizm va SSSRning dastlabki tarafdorlaridan biri boʻlgan Charents bolsheviklar partiyasiga qoʻshiladi. Ayniqsa u Leninning yangi iqtisodiy siyosati davrida Armaniston Sovet Sotsialistik Respublikasining faol tarafdoriga aylanadi. Biroq keyinchalik Iosif Stalin boshchiligidagi Sovet ittifoqining boshqaruvidan hafsalasi pir boʻladi. Charents futurizm gʻoyasini ilgari surgan. U 1930-yildagi Katta tozalash davrida Ichki ishlar xalq komissarligi tomonidan hibsga olingan va 1937-yilda oʻldirilgan. Keyinchalik Stalinning oʻlimidan soʻng, 1954-yil Anastas Mikoyan uni oqlagan. 1955-yilda Xrushchyov erishi davrida Sovet davlati tomonidan rasman reabilitatsiya qilingan[3][4].

Biografiyasi

Yoshligi

Yerevandagi Charents uy-muzeyi
Charents arkasi

Yeghishe Charents 1897-yilda Kars viloyatida (ilgari Sharqiy Armaniston, keyinchalik Rossiya imperiyasi tarkibida boʻlgan) gilam savdosi bilan shugʻullanuvchi Yeghishe Abgari Soghomonyan oilasida dunyoga kelgan. Uning oilasi hozirgi Eronning Gʻarbiy Ozarbayjon ustoniga qarashli Maku shaharchasida yashab kelgan arman urugʻidan boʻlgan. Charents dastlab arman boshlangʻich maktabida, keyinchalik 19081912-yillarda Karsdagi rus texnik oʻrta maktabida taʼlim olgan[1]. U asosiy vaqtini oʻqishga sarflagan. 1912-yilda shoirning ilk sheʼri armanlarning Patani (Tiflis) davriy nashrida chop etilgan[5]. 1915-yilda Birinchi jahon urushidagi qoʻzgʻalishlar va Usmonlilar imperiyasidagi Arman genotsidi paytida u oʻz ixtiyori bilan Kavkaz frontida otryadda jang qilgan.

Ijodiy yuksalish va siyosiy taraqqiyot

Manbalar