Aleksey Navalniy

Rossiya muxolifati yetakchisi va siyosiy mahbus (1976–2024)

Aleksey Anatolyevich Navalniy (ruscha: Алексей Анатольевич Навальный; 1976-yil 4-iyun, Butin [ru], Odinsovo tumani,[1][2] Moskva viloyati, SSRI[4][5][6] – 2024-yil 16-fevral) – rossiyalik siyosat va jamoat arbobi,[1][2] yurist,[7] invest-faol,[8][9] Aeroflot kompaniyasi direktorlar kengashi sobiq aʼzosi[10]. Rossiyada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mustaqil nodavlat arboblardan[9][11][12]. RosPil, RosYama, RosJKX kabi qator antikorrupsiya loyihalarini yaratgan. Navalniy Rossiya parlamentida koʻpchilikni tashkil etuvchi Birlashgan Rossiya partiyasini keskin tanqid qilib, unga internetda keng tarqab ketgan „muttaham va oʻgʻrilar partiyasi“ («партия жуликов и воров») degan laqab qoʻydi[13]. 18-iyul kuni Kirov shahrining Lenin tumani sudi 5 yilga ozodlikdan mahrum etdi[14]. Sud hukmining ertasiga chetga ketmaslik toʻgʻrisidagi tilxat bilan shartli ravishda ozodlikka chiqarildi[15].

Aleksey Navalniy
(Алексей Навальный)

Navalniy 2011-yilda
 „Kelajak Rossiyasi“ partiyasi raisi
 
Mansab davri
2019-yil 28-mart – 2021-yil 17-yanvar
Oʻtmishdoshi Ivan Jdanov („Kelajak Rossiyasi“ partiyasi Markaziy Kengashi kotibi sifatida)
 Rossiya Muxolifati Muvofiqlashtirish Kengashi aʼzosi
 
Mansab davri
2012-yil 22-oktyabr – 2013-yil 19-oktyabr
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 4-iyun 1976-yil
Butin [ru], Odintsovskiy tumani[1][2], Moskva viloyati, RSFSR, SSSR
Vafoti 16-fevral 2024-yil(2024-02-16)
(47 yoshda)
Turmush oʻrtogʻi
Yuliya Navalnaya (turm. 2000–2024)
[3]
Bolalari qizi Daria Alekseevna Navalnaya
oʻgʻli Zaxar Alekseevich Navalniy
Onasi Lyudmila Navalnaya
Otasi Anatoliy Navalniy
Mukofotlari Serebryanaya knopka YouTube, kotoroy nagrajdayut za dostijeniya kanalom otmetki v 100 000 (sto tisyach) podpischikov ili bolee Zolotaya knopka YouTube, kotoroy nagrajdayut za dostijeniya kanalom otmetki v 1 000 000 (odin million) podpischikov ili bolee
Imzosi
Vebsayti navalny.com

Tarjimai holi

Navalniy kelib chiqishi rus-ukrain boʻlib,[16] otasi Anatoliy Navalniy Ukrainaning Kiev viloyatida, Ivankiv tumanidagi Zalissiya qishlogʻida tugʻilgan. Aleksey Navalniy Moskvadan 100 km janubi-gʻarbda oʻsgan boʻlsa-da, yozgi taʼtilda Ukrainaga, buvisining uyiga borib turar edi.[16][17]

Navalniy 1998-yili Rossiya Xalqlar Doʻstligi Universiteti huquqshunoslik boʻlimini bitirdi. Keyin u Rossiya Federatsiyasi Hokimiyati qoshidagi Moliya Universitetida oʻqidi.[18][19]

2000-yili Navalniy „Yabloko“ siyosiy partiyasiga qoʻshildi.[20] 2004-yilda u „Moskvaliklarni himoyalash qoʻmitasiga“ asos solib, moskvaliklarning huquqlarini himoya qilish, qurilish korrupsiyasiga qarshi kurashish bilan shugʻullandi.[21]

Sud ishi

Ilk bora, 2011-yilning may oyida, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasiga (firibgarlik yoʻli bilan ishonchni suiʼstemol qilish orqali mulkka zarar yetkazish) asosan Navalniyga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

2012-yilning 31-iyulida RF JKning 160-moddasining (katta miqdordagi oʻzgalarning mulkini oʻzlashtirish yoki talon-toroj qilish) qator bandlariga asosan yangi ayblovlar eʼlon qilindi.[22][23].

Tergov maʼlumotlariga koʻra, 2009-yil may-sentyabr oylarida Kirov viloyati gubernatori maslahatchisi sifatida ishlagan vaqtida Navalniy, „Vyatskaya lesnaya kompaniya“ MChJ direktori Pyotr Ofitserov va „Kirovles“ bosh direktori Vyacheslav Opalev bilan til biriktirib, 10 ming kubometrdan ortiq oʻrmonni talon-toroj etilishini tashkillashtirgan.

Shuningdek, Aleksey Navalniy Kirov viloyati gubernatori maslahatchisi lavozimida ishlagan payti(2009-yil))da 510 ming dollarni noqonuniy oʻzlashtirganlikda ayblangan.

Navalniy Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi boʻlib kelgan va oʻziga nisbatan qoʻyilgan ayblovlarni Putinning oʻch olishi, deya baholagan.

Sud qarori

2011-yil 6-dekabr kuni sud zalida

Navalniy 2013-yil 18-iyulida Kirov shahri Lenin tuman sudi qarori bilan „Kirovles“ davlat kompaniyasi mulkini oʻgʻirlashda aybdor deb topildi[24] va besh yilga ozodlikdan mahrum etildi.[25][26][27]

Aleksey Anatolevich Navalniyni Rossiya Jinoyat Kodeksining 2011-yil 7 mart kungi tahriridagi 33-moddasi 3-qismi va 160-moddasi 4-qismida koʻzda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topishga qaror qilindi. Unga besh yillik qamoq jazosi berilishi, qamoq muddatini oʻtab boʻlgach ozodligini cheklamaslik hamda davlat foydasiga 500 ming rubl miqdorida jarima undirishga hukm qildi. Qamoq jazosi umumiy rejimdagi koloniyada oʻtashi belgilandi.

Navalniy sud qarori eʼlon qilinishidan bir kun avval Moskva merligiga nomzod sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan edi. Navalniyning saylov shtabi bergan maʼlumotga koʻra, uning nomzodi saylovlardan olingan.[28]

Navalniyning qamalishi haqidagi sud hukmi ortidan Moskva, Sankt Peterburg va Rossiyaning boshqa shaharlarida tinch norozilik aksiyalari boʻlib oʻtdi.[29]

19-iyul kuni Kirov viloyati sudi Aleksey Navalniy va Pyotr Ofitserovga nisbatan tanlangan jazo chorasi yuzasidan Kirov viloyati prokuraturasi bergan shikoyatni koʻrib chiqdi. Prokuror ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish jazosi vaqtidan ilgari qoʻllanildi, deb hisoblagan va chetga ketmaslik toʻgʻrisidagi tilxat bilan shartli ravishda Aleksey Navalniy ozodlikka chiqarildi.[15]

Navalniy Live Journaldagi shaxsiy blogida „Narsalaringiz bilan ozodlikka“ – jumlasini eshitib xayron qolganini taʼkidlab, oʻz tarafdorlariga rahmat aytdi va faoliyatini davom ettirishini bildirdi.[30]

Soʻnggi soʻz

Hukm oʻqilayotgan paytda Navalniy sud zalidan Twitter orqali xabarlar yozib turdi. Qoʻliga kishan solinishidan avval yozgan soʻnggi xabarida „Mayli. Mensiz zerikib qolmanglar. Eng muhimi bekorchilik qilib oʻtirmang. Neft quvuri ustidagi qurbaqa undan oʻz xohishiga koʻra tushib ketmaydi“ – deb yozdi.[31]

Munosabat

AQShning Rossiyadagi elchisi Michael McFaul oʻz Twitter sahifasi orqali sud hukmiga munosabat bildirdi: „Navalniyning aybdor deb eʼlon qilinishidan va ayblovlar siyosiy motvilarga asoslanganiga ishora qiluvchi omillardan chuqur tashvishdamiz“, deya yozdi elchi.[32]

Yevropa Ittifoqi Yevropa Ittifoqi Tashqi siyosat masalalari boʻyicha komissari Catherine Ashton Navalniy va Ofitserov ustidan oʻqilgan hukm munosabati bilan bayonot eʼlon qilib, „ularga qarshi ayblovlar sud davomida asoslanmadi“, deya taʼkidladi. „Protsessual kamchiliklar inobatga olingan holda, yakuniy natija Rossiyada qonun ustuvorligi borligiga oid shubhalarni uygʻotadi“, deyiladi yana bayonotda.

Inson huquqlari tashkilotlari ham sud hukmini qoraladi. Amnesty International⅓ tashkiloti Moskva boʻlimi rahbari Sergey Nikitin Navalniyga qarshi chiqarilgan hukm „Rossiyada inson huquqlariga oid vaziyat yomonlashayotganini koʻrsatadi“, deya taʼkidladi.

Rossiyadagi nufuzli inson huquqlari tashkiloti hisoblangan „Memorial“ markazi direktori Aleksandr Cherkasov hukmni „siyosiy motivlarga asoslangan“, deb atadi.

Vafoti

Navalniy 2024-yilning 16-fevralida Yamalo-Nenetsk avtonom okrugidagi qamoqxonada 47 yoshida vafot etdi[33][34].

Manbalar

Havolalar