Arthur Eddington
Eddington Artur Stenli (1882.28.12, Kendal, Uestmorlend — 1944.22.11, Kembrij) — ingliz astronomi va fizigi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1914-yildan). Kembrij universiteti rasadxonasi direktori (1914-yildan), London Qirollik astronomiya jamiyati (1921-23) va Xalqaro astronomiya ittifoqi prezidenti (1938-44). Asosiy ilmiy ishlari astrofizika, kosmologiya va nisbiylik nazariyasiga oid. Eddington yulduzlar harakatini oʻrgangan, ularning ichki tuzilishi nazariy asoslarini ishlab chiqqan, birinchi marta yorqinlik muvozanati nazariyasini yulduzlar orasida qoʻllagan. Yulduzlarning yorqinligi ularning massasiga bogʻliq ekanligini aniqlagan. Eddington birinchi boʻlib muvozanatda boʻlgan yulduzlarning modelini hisoblagan.
Manbalar
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari