Challenger

Challenger“ (OV-099) (talaffuzi: chellenjer) – AQShning koʻp marta uchirishga moʻljallangan, bortida kosmonavt-uchuvchisi boʻlgan transport kosmik kemasi. „Space Shuttle“ transport kosmik kema majmuasi tarkibiga kiradi. „Challenger“ning startoldi massasi – 2000 t, uzunligi – 56 m. Ekipaji 7 kishidan iborat boʻlgan. Ikki bosqichli tizim asosida uchirilgan. Kemaning 1 bosqichi qattiq yoqilgʻili raketa dvigateli boʻlgan 2 ta tezlatkichdan iborat, 2 bosqichi (orbital) bortida astronavt boʻlgan, qanotli boʻlib, orbitadan chiqqandan soʻng „samolyot“ rejimida qoʻnish qobiliyatiga ega boʻlgan. „Challenger“ 1986-yil 28-yanvarda halokatga uchragan[1][2].

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar