Chris Brown

Christopher Maurice Brown (1989-yil 5-mayda tugʻilgan) — amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiq yozuvchi, raqqos va aktyor. Billboard maʼlumotlariga koʻra, Brown oʻz avlodining eng muvaffaqiyatli R&B qoʻshiqchilaridan biri boʻlib, koʻplab zamondoshlar tomonidan „R&B qiroli“ deb atalgan[7][8][9][10]. U uslubiy jihatdan koʻp qirrali ijodkor deb taʼriflangan. Uning qoʻshiqlari asosan romantika, hayot, pushaymonlik va hissiy ziddiyat mavzularida. Brown oʻzining sahnadagi chiqishlari bilan Michael Jacksonga qiyoslanadi[11].

Chris Brown
Tavalludi
Christopher Maurice Brown

5-may 1989-yil (1989-05-05) (34 yosh)
Fuqaroligi AQSh[1][2][3][4][5][6]
Kasbi
  • Qo`shiqchi
  • qo`shiq yozuvchi
  • raqqos
  • aktyor
Faoliyat yillari 2002-hozirgacha
Bolalari 3
Veb-sayti chrisbrownworld.com

2004-yilda Brown Jive Records bilan shartnoma tuzdi va keyingi yili oʻzining debyut studiyaviy albomini chiqardi, u birinchi haftaning oʻzida 154 ming nusxada sotilgan va Amerika Yozuv Industriyasi Assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan uch marta platina sertifikatiga ega boʻlgan[12][13]. Uning ikkinchi albomi „Exclusive“ (2007) butun dunyo boʻylab yanada katta tijoriy muvaffaqiyatga erishdi[14]. 2009-yilda Brown oʻsha paytdagi qiz doʻsti, qoʻshiqchi Rihannaga nisbatan jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topildi[15]. Oʻsha yili u oʻzining uchinchi Graffiti albomini chiqardi, bu uning oldingi asarlari bilan solishtirganda muvaffaqiyatsizlikka uchradi[16]. Graffitidan keyin Brownning toʻrtinchi albomi FAME (2011) eʼlon qilindi, bu uning Billboard 200 reytingida birinchi oʻrinni egallagan birinchi albomi boʻldi. Uning 2012-yilda chiqarilgan beshinchi albomi Fortune ham Billboard 200 reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

Yoshlik

Christopher Maurice Brown 1989-yil 5-mayda[17] Virjiniya shtatining Tappaxannok shahrida[18] bolalar bogʻchasi sobiq direktori Joyce Hawkins va mahalliy qamoqxonada axloq tuzatish ishlari bo‘yicha xodim Clinton Brown oilasida tug‘iladi[19][20]. Uning bankda ishlaydigan Lytrell Bundy ismli singlisi[21] bor[22]. Musiqa Brownning bolaligidan boshlab hayotida doimo u bilan edi. U ota-onasiga tegishli boʻlgan soul albomlarini tinglardi[20] va oxir-oqibat hip-hop janriga qiziqishi orta boshladi[17].

Brown yoshligida qoʻshiq aytish va raqsga tushishni yoqtirardi va koʻpincha uni Michael Jackson ilhomlantirardi[22]. U cherkov xor guruhida va bir nechta mahalliy shoularida chiqishni boshladi[23]. Shu bilan birga, Brown bir qancha shaxsiy muammolarni boshdan oʻtkazdi. Uning ota-onasi ajrashishadi[24].

Faoliyati

2002-2004: Faoliyati boshlanishi

Brown 13 yoshida otasining yoqilgʻi quyish shoxobchasiga tashrif buyurgan yangi isteʼdodlarni izlab yurgan Hitmission Records mahalliy guruhi tomonidan kashf etilgan[25]. Hitmissionda Lamont Fleming Brown uchun ovoz boʻyicha murabbiylik qiladi[26]. Brown Virjiniyadagi Esseks oʻrta maktabida 2004-yil oxirigacha oʻqigan va u musiqadagi faoliyatini davom ettirish uchun Nyu-Yorkka koʻchib oʻtgan[27]. Tina Davis, Def Jam Recordings kompaniyasining yuqori darajali A&R rahbari, Brownni Nyu-Yorkdagi ofisida tinglab hayratda qoladi va uni darhol Island Def Jam musiqa guruhining sobiq prezidenti Antonio „L.A.“ Rid bilan uchrashishga olib boradi va unga shartnoma taklif qildi. Lekin Brown uning taklifini rad etdi. „Men Chrisda haqiqiy isteʼdod borligini bilardim“, deydi Devis.

Brown KISS 106.1 Seattle Jingle Bell Bash koʻrgazmasida chiqish qilmoqda, 2005-yil 4-dekabr
Chris Brown 2008-yilda Brisbane Entertainment Centerda qoʻshiq kuylamoqda
Chris Brown 2016-yil yanvar oyida Mayamida „Back to sleep“ musiqasini ijro etmoqda

Albomlar

  • Chris Brown (2005)
  • Exculisive (2007)
  • Graffiti (2009)
  • F.A.M.E (2011)
  • Fortune (2012)
  • X (2014)
  • Royalti (2015)
  • Heartbreak on a Full Moon (2017)
  • Indigo (2019)
  • Breezy (2022)

Filmografiya

Film
YilNomiRolIzoh
2007Stomp the YardDuron WilliamsYordamchi rol
2007This ChristmasMichael „Baby“ WhitfieldBosh rol
2010TakersJesse AtticaYordamchi rol, ijrochi prodyuser
2012Think Like a ManAlexYordamchi rol
2013Battle of the YearRoosterYordamchi rol
2017Chris Brown: Welcome to My LifeOʻziHujjatli film
2020She BallT.A.K.O.Yordamchi rol
TV
YilNomiRolIzoh
2006One on OneOʻzi„Recipe for Disaster“ (5-mavsum, 17-qism)
2006Christmas in WashingtonGuest Star
2007Chris Brown: Journey to South AfricaBrownnning Afrikaga birinchi sayohati haqidagi hujjatli film
2007The O.C.Will Tutt„The My Two Dads“ (4-mavsum, 9-qism)
"The French Connection" (4-mavsum, 10-qism)
„The Dream Lover“ (4-mavsum, 11-qism)
2008The Suite Life of Zack & CodyOʻzi„Doinʼ Time in Suite 2330“ (3-mavsum, 20-qism)
2011Tosh.03-fasl, 10-qism
2015Real Husbands of Hollywood4-fasl, 4-qism
2017Black-ishRich YoungstaGuest Star

Sayohatlar

Brown Shimoliy Amerika, Yevropa va butun dunyo boʻylab koʻplab arenalar gastrollarida boʻlgan. Bundan tashqari, u Trey Songz bilan Shimoliy Amerika gastrollarini boshqargan va Rihanna, Drake, Lil Wayne va Beyoncé kabi sohasidagi tengdoshlari uchun gastrollarda boʻlgan. Umuman olganda, Brown oʻz faoliyati davomida 279 ta kontsertdan taxminan 157 million dollar ishlab topdi — bu uni barcha davrlardagi eng yuqori daromadli afro-amerikalik gastrol sanʼatkorlaridan biriga aylantirdi[28].

Manbalar