Franco Baresi

professional italiya futbolchisi

Franco Baresi (italyancha: Franco Baresi;)—italiyalik futbolchi va futbol murabbiyi.Uning butun faoliyati „Milan“ klubida oʻtgan.Hozirda „Milan“ faxriy prezidenti.Italiyaning Lombardiya viloyati Travalyato shahrida tavallud topgan.

Uning ukasi Juzeppe Baresi faoliyatining koʻp qismini Milan shahrining boshqa klubi „Inter“da oʻynagan.

Franco Baresi Jahon chempionati toʻliq toʻplamini qoʻlga kiritgan yetti nafar futbolchidan biri.[1] U 1982-yilgi Jahon chempionatida oltin,1990-yilgisida bronza,1994-yilgisida esa kumush medallarga ega boʻlgan terma jamoa bilan.

Franco futbol tarixidagi eng koʻp avtogol muallifidir.Uning hisobida 13 ta avtogol bor.[2]

Faoliyati

Jamoa

Bolaligida Baresi „Inter“ga muxlislik qilgan, ammo ukasi Juzeppedan farqli ravishda uni tanlamagan.Extimol Baresining faoliyati boshlanmasidan tugashi mumkin edi.Lekin oʻsha vaqtda „Milan“da ishlagan Italo Galbiati yosh futbolchiga eʼtibor qaratdi.Aynan uning sharofati bilan Baresi „Milan“ tarkibiga kelib qolgan.

1977-yil „Milan“da debyut oʻtkazdi, mavsum yakuniga koʻra uchta oʻyin oʻtkazdi.Keyingi mavsumdanoq Baresi 11 yil davomida jamoasi asosiy tarkibida oʻynab A seriyada gʻalaba qozongan birinchi futbolchiga aylandi.1980-yillarda klub bir necha bor B seriyaga tuhib ketsada qator jamoalardan taklif boʻlsada jamoaga sodiqlik namoyish qilib jamoa tarkibida qoldib muxlislar olqishiga sazovor boʻldi.1982-yili yosh himoyachi „Milan“ sardoriga aylandi.Koʻp oʻtmay uning himoyadagi sheriklari Paolo Maldini,Alessandro Kostakyurt va Mauro Tassotti bilan futbol tarixidagi eng yaxshi himoya qoʻrgʻoni sifatida tarixda qolishdi."Milan" bu davrda oʻz tarixidagi eng yaxshi davrlardan birini boshidan kechirdi va koʻplab sovrinlar yutdi.Bular qatoriga uchta yevrokuboklarni keltirsa boʻladi.Umuman olganda Baresi „Milan“da 21 mavsum oʻynab jamoaning afsonalaridan biriga aylandi.Shuningdek u butun faoliyatini bir klubda oʻtkazgan kam sonli futbolchilardan biridir.U 719 ta oʻyin oʻtkazib 31 gol urgan.Baresining butun faoliyatida oʻynagan raqami „6“ raqamni jamoa muomaladan olib tashladi va abadiy Baresiga berildi.U 1997-yil 37-yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Terma jamoada

Franco Italiya terma jamoasida 1980-yil debyut qilgan boʻlib 81 ta oʻyin oʻtkazgan va 1 ta gol ham urgan.81 ta oʻyindan 31 tasini terma jamoa sardori sifatida oʻtkazgan.Yevro-1980 va Jahon chmpionati-1982 da maydonga tushmagan, ammo boshqa musobaqalarda jamoa yetakchilaridan biri boʻlgan.

Italiyada oʻtkazilgan mundialda Italiya terma jamoasi birorta gol oʻtkazmay yarim finlaga chiqdi.Biroq yarim finalda Maradona boshchiligidagi Argentinaga yutqazib bronza medallar bilan cheklanishdi.Franco musobaqa yakunlariga koʻra musobaqa ramziy jamoasidan oʻrin oldi.Toʻrt yil oʻtib italiyaliklar jahon chempionati finaliga chiqishdi.Finalda Braziliyaga qarshi oʻyinda natija penaltilar seriyasida aniqlanadigan boʻldi.Ilk zarba Baresi tomonidan berilib yuqoriga uchirildi.Oxirgi zarbani esa Badjo yoʻqqa chiqargach Italiya kumush bilan cheklandi.Bu oʻyin Baresi uchun terma jamoadagi soʻnggisi boʻldi.

Yutuqlar

Jamoaviy

"Milan"
Terma jamoada
  • Jahon chempioni-1982
  • Jahon chempionati kumush medali sohibi-1994
  • Jahon chempionati bronza medali sohibi-1990
  • Yevropa chempionati bronza medali sohibi-1988

Shaxsiy

  • Jahon chempionatning ramziy terma jamoasiga kiritilgan-1990
  • FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan.
  • „Oltin to'p“ga nomzod-1989
  • Gaetano scirea mukofoti sovrindori-1994-yil
  • Gerin Sportivo tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi
  • World Soccer roʻyxatiga kiritilgan
  • Golden Foot mukofoti sovrindori
  • Italiya futboli shon-sharaf zaliga kiritilgan-2013-yil
  • „Milan“ klubi shon-sharafi zaliga kiritilgan.

Oila

Franconing ukasi Juzeppe Baresi koʻp yillar davomida „Inter“ga sardorlik qilgan.

Manbalar

Havolalar