Galileya
Galileya (yun. Galilaia, qad. yahudiycha Galil — viloyat) — Shimoliy Falastindagi tarixiy viloyat. Dastlabki aholisi xurritlar va xananeylar boʻlgan. Mil. av. 13—12-asrlarda isroilliklar bosib olib, oʻrnashib olganlar. Asosiy markazlari — Sepforis, Gisxala, Tiveriada. Xristian anʼanalariga koʻra, G. Iso paygʻambarning diniy targʻiboti yuritilgan asosiy joy boʻlgan. Mil. av. 2-asr oxirida Iudeya (Yahudiya)ga qoʻshib olingan. Mil. av. 1-asr va mil. 1-asrda G.da Rim bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan yahudiy quldorlik aristokratiyasi va Rim tomonidan tayinlangan podsholar — Irod, Agrippa II va b.ga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtgan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari