Irislar (Surat)
„Irises“ — Vincent van Goghning koʻplab iris surati tushirilgan asarlaridan biri. Asar 1890-yilda yaʼni rassomning vafotidan bir yil avval Fransiyaning Sent-Remi-de-Provens shahriga qarashli Sent-Pol-de-Mausolda joylashgan Ruhiy kasalliklar shifoxonasida chizilgan.
Irislar | |
---|---|
: ' | |
Rassom | Vincent van Gogh |
Yil | 1889-yil |
Joylashuvi | J. Paul Getty muzeyi, Los-Anjeles, Kaliforniya |
Van Gogh 1889-yilning may oyida, ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan haftadan boshlab Irislar suratini chizishni boshlagan. Suratni Van Gogh asosan kasalxona bogʻida yaʼni tabiat qoʻynida chizgan. Rassomning asarlarida yaqqol koʻzga tashlanadigan yuqori kayfiyat hissi bu asarda koʻzga tashlanmaydi. Rassom suratni „kasalligimning chaqmoq tayoqchasi“ deb atagan, chunki chizayotgan bu surati uni aqldan ozishdan saqlayotganiga ishongan.
Ehtimol, Van Gogh oʻsha davrning boshqa rassomlari singari, yapon ukiyoe sanʼat maktabida yaratilgan asarlardan ilhomlangan boʻlishi mumkin. Van Gogh bu suratga qoralama sifatida qaragan. Shuning uchun asarning bizga maʼlum boʻlgan aniq tasviri yoʻq. Van Gogning akasi Theo undan farqli oʻlaroq rasmga ijobiy munosabatda boʻlgan va asarni 1889-yil sentyabr oyida Société des Artistes Indépendantsda boʻlib oʻtayotgan yil koʻrgazmasiga Starry Night Over the Rhône (Yulduzli tun) asari bilan birga taqdim etgan. Theo Vincentga koʻrgazma borasida shunday deb yozgan: „Rasm uzoqdan qaraganda koʻz qamashtiradi. Irislar hayot nafasini oʻzida jamlagan goʻzal asardir“.
Asarning mulk huquqi tarixi
Suratni qoʻlga kiritgan birinchi sohibi sanʼat asarlari sotuvchisi va Vincent van Goghning homiysi Julien "Père" Tanguy boʻlgan. Van Gogh Tanguyning portretini uch marta chizgan. 1892-yilda Tanguy "Irises"ni Van Goghning homiylaridan biri boʻlgan sanʼatshunos va anarxist Oktav Mirboga sotgan[1]. Mirbo surat uchun 300 frank toʻlagan.
Surat 1987-yilda eng yuqori narxda sotilgan sanʼat asari boʻlgan va bu mavqeni ikki yarim yil davomida oʻzida saqlab qolgan[2][3]. Keyinchalik asar Alan Bondga 53,9 million dollarga sotilgan, ammo Bondda suratni sotib olish uchun yetarli mablagʻ boʻlmagan[4]. Irises asari 1990-yilda Los-Anjelesdagi J. Pol Getti muzeyiga sotib yuborilgan[5].
Manbalar
Havolalar
- Van Gogh, paintings and drawings: a special loan exhibition14 Nisan 2017 tarihinde Wayback Machine sitesinde arşivlendi., a fully digitized exhibition catalog from The Metropolitan Museum of Art Libraries, which contains material on this painting (see index)