Kesha

amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis

Kesha Rose Sebert (talaffuzi: Kesha Rouz Sobert; 1-mart 1987-yilda tugʻilgan)[1] amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavisdir.[2] 2005-yili 18 yoshida Kesha Kemosabe Records studiyasi bilan shartnoma imzoladi.[3] 2009-yilda u amerikalik rapper Flo Rida bilan birgalikda ijro etgan „Right Round“ ashulasi ortidan shuhrat qozondi.[4]

Kesha

Kesha 2019-yilgi American Music Awards taqdirlash marosimida
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Kesha Rose Sebert
1-mart 1987-yil (1987-03-01) (37 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi
Leybl RCA Records, Kemosabe Records
Ota-onasi Pebe Sebert (onasi)
Janr
Hamkorligi
  • Flo Rida
  • Pitbull
  • Macklemore
  • The Flaming Lips
  • Wrabel
  • Big Freedia
Faoliyat yillari 2005 – hozirgacha
Veb-sayt keshaofficial.com
Imzosi

Keshaning Animal (2010) va Rainbow (2017) nomli albomlari Billboard 200 chartida birinchi oʻrinni band etdi, Warrior (2012) va High Road (2020) albomlari esa yuqori oʻntalikdan oʻrin oldi. Keshaning koʻplab qoʻshiqlari Billboard Hot 100 chartida yuqori oʻntalikka kirishga muvaffaq boʻlib, ular quyidagilardir: „Tik Tok“, „Blah Blah Blah“, „Your Love Is My Drug“, „Take It Off“, „Blow“, „Die Young“, „My First Kiss“ (3OH!3 bilan birga ijro etgan), „We R Who We R“, „Right Round“ (Flo Rida bilan birga ijro etgan) va „Timber“ (Pitbull bilan birga ijro etgan). Uning 2009-yilda chiqarilgan „Tik Tok“ singli umumjahon boʻylab 14 milliondan oshiq marta yuklab olinib,[5] tarixda eng koʻp sotilgan raqamli singl boʻldi.[6]

Kesha faoliyatini 2012- va 2017-yillar oraligʻida sobiq produseri Dr. Luke bilan boʻlgan mojaro ortidan toʻxtatdi. Kesha v. Dr. Luke („Kesha Dr. Lukega qarshi“) nomi bilan tanilgan bir qator suddagi tortishuvlarda Kesha Dr. Lukeni unga nisbatan fiziologik va ruhan tajovuz qilganlikda aybladi, Dr. Luke esa uni shartnoma kelishuvlarini buzishda va boʻhton qilishda aybladi.[7][8]

2013-yilga kelib, Kesha umumjahon boʻylab 55 milliondan oshiq (AQShning oʻzida 33 milliondan oshiq) trek va ringtonlarini sotdi.[9] U, shuningdek, Billboardning yil soʻngidagi oʻnyillik chartlarida (2010-2019) 26-oʻrinni egalladi.[10] U koʻplab yutuq va nomzodliklarga, jumladan 2010-yili MTV Europe Music Awardga sazovor boʻldi.[11] Shuningdek, Kesha qoʻshiqnavis oʻlaroq Britney Spears, Ariana Grande, Miley Cyrus va Miranda Cosgrove kabi xonandalar ijrosidagi qoʻshiqlar matnini yozishda qatnashgandir.

Kesha 2010-yilda
Kesha Billboard Music Awards taqdirlash marosimida (2018)

Diskografiyasi

  • Animal (2010)
  • Warrior (2012)
  • Rainbow (2017)
  • High Road (2020)

Tunelari

  • Get Sleazy Tour (2011)
  • Warrior Tour (2013–2015)
  • Kesha and the Creepies: Fuck the World Tour (2016–2017)
  • Rainbow Tour (2017–2019)
  • High Road Tour (bekor qilingan)
  • Kesha Live (2021)

Filmografiyasi

  • Bravo Supershow (2007)
  • Final Flesh (2009)
  • Walt Disney's Princess Ke$ha (2011)
  • Katy Perry: Part of Me (2012)
  • Jem and the Holograms (2015)
  • A Ghost Story (2017)
  • Rainbow: The Film (2018)

Manbalar

Havolalar