Ariana Grande

amerikalik qoʻshiqchi va aktrisa

Ariana Grande-Butera (26-iyun 1993-yilda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi va aktrisadir. U oʻz karyerasi davomida koʻplab yutuqlarga, jumladan ikki marta Grammy mukofotiga, bir marta Brit mukofotiga, ikki marta Billboard Music Awardsga, uch marta American Music Awards va toʻqqiz marta MTV Video Music Awardsga loyiq topilgan.

Ariana Grande
Ariana Grande for Vogue Taiwan.png
Grande 2020-yilda oʻtkazilgan Grammy taqdirlash marosimida
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Ariana Grande-Butera
26-iyun 1993-yil (1993-06-26) (30 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi
  • Qoʻshiqchi
  • aktrisa
  • qoʻshiqnavis
Leybl Republic
Turmush oʻrtogʻi
Dalton Gomez (turm. 2021)
Janr Pop • R&B
Faoliyat yillari 2008 – hozirgacha
Mukofotlari Toʻliq roʻyxat
Veb-sayt arianagrande.com
Imzosi

Floridaning Boca Raton shahrida tugʻilgan Grande musiqiy faoliyatini ilk bor oʻn besh yoshida 2008-yilda Broadway teatrida sahnalashtirilgan 13 nomli myuzikl bilan boshlagan. U Nickelodeon telekanali orqali efirga uzatilgan Victorious (2010—2013) va Sam & Cat (2013—2014) teleseriallaridagi Cat Valentine roli bilan shuhrat qozongan. Keyinchalik, uning YouTubedagi kaver versiyada kuylangan ashulalarini payqagan Republic Records studiyasi u bilan 2011-yilda shartnoma imzolaydi. Uning pop va R&B janrlaridagi Yours Truly (2013) nomli debyut albomi AQSh Billboard 200 chartida birinchi raqamli albom boʻldi[1] va albomning „The Way“ singli esa Billboard Hot 100 chartida top oʻntalikka kirdi.

Grande oʻzining ikkinchi va uchinchi studiya albomlari sanalmish My Everything (2014) va Dangerous Woman (2016) albomlarida pop va R&B janrlarini davom ettiradigan EDM elementlaridan foydalandi. Albomlardan birinchisi global miqyosda muvaffaqiyat qozondi va albomning „Problem“, „Break Free“ va „Bang Bang“ singllari Billboard 200 chartida top oʻntalikka kirdi; ikkinchisi Birlashgan Qirollik albomlari chartida toʻrtta ketma-ket birinchi raqamli albomlarning biri boʻldi. Shaxsiy kurashlari uning trap elementlaridan foydalangan toʻrtinchi va beshinchi studiya albomlari boʻlmish Sweetener (2018) va Thank U, Next (2019) larga taʼsir koʻrsatdi hamda albomlarning har ikkisi ham tanqidiy, ham tijoriy jihatdan muvaffaqiyat qozondi. Sweetener albomi Grammyning „Eng yaxshi pop vokal albomi“ nominatsiyasiga loyiq topildi, Thank U, Next albomi esa koʻplab streaming xizmatlarida rekord oʻrnatdi va Grammyning „Yil albomi“ nominatsiyasiga sazovor boʻldi[2]. „Thank U, Next“, „7 Rings“ va „Break Up with Your Girlfriend, I'm Bored“ singllari Billboard Hot 100 chartida ilk uchtalikni band qildi hamda Grade bir vaqtning oʻzida ham tarixda buni amalga oshirgan ilk artist boʻldi, ham UK Singles Chart roʻyxatida rekordini yangiladi. Uning 2020-yilda Justin Bieber bilan birgalikda ijro etilgan „Stuck with U“ hamda Lady Gaga bilan birgalikda ijro etilgan „Rain on Me“ ashulalari Hot 100 chartidagi birinchi raqamli debyut rekordini yangilashga koʻmaklashdi, hatto yuqoridagi singllardan ikkinchisi unga Grammyning „Eng yaxshi pop duo/group ijrochisi“ nominatsiyasini olib keldi. Grandening R&B janridagi navbatdagi oltinchi studiya albomi Positions (2020) va uning xuddi shu nomdagi albom treki ham AQSh, ham Buyuk Britaniya musiqiy chartlarida birinchi raqamli albom boʻldi. 2021-yilda Grande „Save Your Tears“ ashulasidagi The Weeknd bilan duetidan soʻng, oltinchi marotaba AQShning birinchi raqamli singlini qozondi.

Ariana Grande Manchesterdagi Dangerous Woman turnesi davomida (New Hampshire, 2017-yil 19-fevral)

Hayoti

Ariana Grande-Butera 26-iyun 1993-yilda Florida shtatining Boca Raton shahrida tugʻilgan[3][4]. Uning onasi Joan Grande boʻlib, aloqa va xavfsizlik uskunalari ishlab chiqaruvchi shirkat boʻlmish Hose-McCann Communications shirkati bosh ijrochi direktori[5], otasi esa Edward Butera boʻlib, Boca Ratondagi grafik dizayn bilan shugʻullanuvchi firma egasi boʻlgan[6][7]. Grandening kelib-chiqishi italiyalik boʻlib[8], u oʻzini italyan amerikalik, deb taʼriflaydi[9]. Uning Frankie Grande ismli katta oʻgay akasi ham bor boʻlib, u qiziqchi va produserdir[10][11]. Grande, shuningdek, ona tomondan buvisi Marjorie Grande bilan yaqin munosabatda hisoblanadi[12]. Uning oilasi tugʻilishidan avval New Yorkdan Floridaga koʻchib kelgan hamda Grande sakkiz yoki toʻqqiz yosh boʻlganida ajrashishgan[7].

Faoliyati

2008—2012-yillar: Muqaddima va Victorious

Grande Victorious shousi aktyorlar jamoasi bilan.

Nickelodeon telekanalida efirga uzatilgan teleserialdagi rolidan avval Grande Broadway teatrida 2008-yilda sahnalashtirilgan 13 nomli myuziklda Charlotte personajini ijro etadi. U myuziklga qoʻshilganda, tahsil olayotgan maktabi — North Broward maktabidagi darslarda ishtirok eta olmaydi, ammo oʻqishni davom ettirdi; maktab unga tahsil olishi uchun materiallar yuborib turdi[13]. U, shuningdek, boʻsh vaqtlarida New York shahrida joylashgan „Birdland“ jaz klubida qoʻshiq kuylab turgan[14].

2010-yildan 2013-yilgacha Grande Nickelodeon telekanalida efirga uzatilgan shou — Victoriousda Cat Valentine qahramonini jonlantiradi. Uning roli Grandega oʻsmirlar idoli statusiga ega boʻlishida koʻmaklashdi, ammo u koʻproq musiqiy karyeraga qiziqib, aktyorlikni „zavqli, lekin musiqa har doim men uchun birinchi boʻlgan“ deya taʼrifladi[15]. 2012-yilning avgustida Nickelodeon Victorious teleseriali uch faslgacha davom etishini eʼlon qiladi[16]. Biroq, shu oyning soʻngida, Nickelodeon Sam & Cat nomli spin-off shou efirga uzatilishini eʼlon qiladi. Bu shouda Victorious serialidagi Grande bilan iCarly serialidagi Jennette McCurdy birlashishadi. Ular Sam & Cat shousida Cat Valentine va Sam Puckett oʻlaroq rollarini oʻynashadi[17].

Garchi Sam & Cat Nickelodeon uchun muvaffaqiyatli shou boʻlgan boʻlsa-da, Grandening musiqiy karyerasi va boshqa muammolari tufayli shou 2014-yilning 13-iyulida bekor qilinadi. Shouning soʻnggi qismi 17-iyulda efirga uzatiladi.

2013—2015-yillar: Yours Truly va My Everything

Grande 2015-yilda boʻlgan The Honeymoon Tour davomida.

Grande oʻzining debyut albomi boʻlmish Yours Truly (dastlab nomi Daydreamin' boʻlgan) uchun uch yil vaqt sarflaydi[18]. U ushbu albomni 2013-yilning iyunida niholaydi, 2013-yilning avgustida esa chiqariladi. 2013-yilning sentyabrida bu albom AQSh Billboard 200 albomlar chartida birinchi raqamli albom boʻldi va ilk haftaning oʻzidanoq 138 000 ta nusxada sotildi. Bu Grandeni Keshadan keyin ilk albomidanoq chartda birinchi raqamni band qilgan ilk ayol artistga aylantirdi[19]. Albomning ilk singli — „The Way“ pitsburglik rapper Mac Miller bilan birgalikda ijro etilgan boʻlib, 2013-yilning 26-martida chiqarilgan[20]. Ushbu ashula chiqarilganidan boshlab hisoblaganda, 48 soat ichida 120 000 ta nusxada sotildi, ochilish haftasida esa 219 000 tadan oshiq nusxada sotildi[21][22]. Shuningdek, birinchi albom singllari oʻlaroq „Baby I“ va „Right There“ singllari ham chiqarilgan[23][24].

2014-yilning yanvarida Grande ikkinchi studiya albomi ustida ishlashni boshlaydi[25]. U albomni 2014-yilning martida nihoyalaydi[26]. Albomning birinchi singli „Problem“ boʻlib, bu ashula avstraliyalik rapper Iggy Azalea bilan birgalikda kuylangan[27]. Bu tarona 27-aprelda 2014 Radio Disney Music Awards taqdimotida premyera qilingan[28]. Albomning ikkinchi singli „Break Free“ rus—olmon produser Zedd bilan birgalikda ijro etilgan boʻlib, qoʻshiq premyerasi 2-iyulda, MTV telekanalida efirga uzatiladigan Total Request Live shousining Total Ariana Live deb nomlangan bir kunlik epizodida boʻlib oʻtadi[29]. 2014-yil 28-iyulda Grande 25-avgustda chiqarilishi kutilayotgan My Everything albomi nomini eʼlon qiladi[30]. 2015-yilning fevralida Grande My Everything albomini ommalashtirish maqsadida ilk umumjahon turnesi boʻlgan The Honeymoon Tourni amalga oshirdi va bu turne davomida Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo va Janubiy Amerika mamlakatlarida safarda boʻldi[31].

2015—2017-yillar: Dangerous Woman

Grande 2017-yilda oʻtkazilgan Dangerous Woman Tour davomida.

Grande uchinchi studiya albomi boʻlmish Dangerous Woman („Xavfli ayol“; dastlab nomi Moonlight („Oy nuri“) boʻlgan, keyinchalik nomini hozirgi nomga oʻzgartirgan) uchun qoʻshiqlar yozishni 2015-yilda boshlaydi[32][33]. Ushbu albom 2016-yil 20-mayda chiqarildi hamda Billboard 200 chartida ikkinchi raqamli albom boʻldi. Shu yilning oktyabrida u albomning dastlab chiqishli singli boʻlgan „Focus“ni chiqardi; ashula Billboard Hot 100 chartida top yettinchi hit qoʻshiq boʻldi[34]. Keyingi oyda amerikalik qoʻshiqchi Who Is Fancy oʻzining Grande va Meghan Trainor bilan birgalikda ijro etgan „Boys Like You“ nomli ashulasini chiqardi[35]. Keyinchalik, Grande ingliz ashulachisi Nathan Sykesning 2016-yil yanvarda chiqarilgan Unfinished Business studiya solo albomidagi „Over and Over Again“ ashulasining remiks versiyasini taqdim etadi[36]. U, shunungdek, bosh rollarni Ben Stiller va Owen Wilson jonlantirgan komediya janridagi kartina boʻlmish Zoolander 2 filmida epizodik rolda koʻrinish berdi[37]. Albomning keyinchalik chiqishli singli boʻlgan (albom nomi Moonlightdan Dangerous Womanga oʻzgargandan soʻng) „Dangerous Woman“ 2016-yil 11-martda chiqarildi hamda bu ashula Billboard Hot 100 chartida sakkizinchi raqamli qoʻshiq boʻldi. Albomning ikkinchi va uchinchi singllari — „Into You“ va „Side to Side“, mos ravishda chartda oʻn uchinchi va toʻrtinchi raqamli qoʻshiq boʻldi. Umuman olganda, albom tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi. Albomni targʻib qilish maqsadida Grande 2016 Billboard Music Awards va MTV Video Music Awards taqdimotlarida qatnashdi. U, shuningdek, Saturday Night Live teledasturida ham boshlovchi, ham mehmon sifatida koʻrinish berdi. Grande 2017-yilda Dangerous Woman Tour davomida koʻplab mamlakatlarda, jumladan Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa va Osiyoda boʻldi. 2017-yil 22-may sanasida Grandening Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida joylashgan Manchester arenasidagi konsertida sodir boʻlgan portlash haqida koʻplab xabarlar paydo boʻldi. Politsiya maʼlumotiga koʻra, portlashda 22 kishi halok boʻlgan, 59 kishi esa jarohatlangan[38]. Portlashdan soʻng, Grande turne safarining qolgan qismini toʻxtatdi hamda 4-yun kuni „One Love Manchester“ deb nomlangan yordam konsertini oʻtkazib[39], portlash qurbonlari va jabrlangan oilalarga yordam boʻlishi uchun $23 million miqdorda mablagʻ yigʻdi[40][41].

2018—hozirgacha: Sweetener, Thank U, Next va Positions

Grande 2016-yilda Pharrell Williams bilan toʻrtinchi albomi Sweetener uchun ashulalar yozishni boshladi, ammo „Manchesterda sodir boʻlgan hodisalar loyiha umidini keskin oʻzgartirdi“[42]. Grande 2018-yil aprel oyida Sweetener albomining chiqishli singli oʻlaroq „No Tears Left to Cry“ qoʻshigʻini chiqardi[43] va bu ashula Billboard Hot 100 chartida top uchinchi raqamni egallagan boʻlib, buning ortidan Grande ilk toʻrt albomining ilk singli ham Hot 100 roʻyxatida top oʻntalikka kirgan yagona artistga aylandi[44][45]. Yaʼni, uning „The Way“ (Yours Truly albomidan), „Problem“ (My Everything albomidan), „Dangerous Woman“ (Dangerous Woman albomidan) va „No Tears Left to Cry“ singllari mos ravishda chartlarda 10-, 3-, 10- va 3-oʻrinlarni egallagan[46]. Sweetener albomi chiqarilganidan olti oy oʻtgach, Grande beshinchi studiya albomi — Thank U, Nextni chiqardi. Keyinchalik, 2020-yilda uning oltinchi studiya albomi — Positions chiqarildi.

Shaxsiy hayoti

Ariana Grande 2018-yilning mayida qiziqchi Pete Davidson bilan uchrashishni boshlaydi[47] hamda 2018-yilning 11-iyunida koʻplab axborot vositalari Davidson va Grande unashtirilganligi haqida xabar berishdi. Ularning munosabati 2018-yilning oktyabrida nihoyalangan[48].

2019-yilning noyabrida Grande senator Bernie Sandersning ikkinchi prezidentlik saylovini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi[49].

2020-yilning dekabrida Grande koʻchmas mulk agenti Dalton Gomez bilan munosabat oʻrnatdi[50]. Ular 2021-yilning may oyi oʻrtalarida turmush qurishdi[51].

Filmografiyasi

Film

YilNomRolIzohlarManba (lar)
2011
Snowflake, the White GorillaSnowflake (ovoz bergan)Inglizcha dublyaj[52][53][54]
2016
UnderdogsLaura (ovoz bergan)Inglizcha dublyaj; direct-to-video
[55]
Zoolander 2Bondaj libosidagi ayolEpizod rolda
[56]
2019
Qora libosli odamlar: Xalqaro darajaAlien TV MonitorsdaEpizod rolda
[57]
2020
Ariana Grande: Excuse Me, I Love YouOʻziIjrochi produser
2021
Billie Eilish: The World’s a Little BlurryOʻziEpizod rolda
[58]
Donʼt Look UpRiley BinaPost-production
[59]

Televideniye

YilNomRolIzohlarManba (lar)
2009The Battery’s DownBat Mitzvah RifferQism: „Bad Bad News“
2010-13VictoriousCat ValentineBosh rol
2011iParty with VictoriousCat ValentineTelevizion film
2011-13Winx ClubMalika Diaspro (ovoz bergan)
2013SwindleAmanda BensonTelevizion film
2013-14Sam & CatCat ValentineBosh rol
2014Family GuyItalian Daughter (ovoz bergan)Qism: „Mom’s the Word“
[52]
Saturday Night LiveOʻzi/mehmonQism: „Chris Pratt/Ariana Grande“
2015RuPaul’s Drag RaceOʻzi/mehmon hakamQism:

„Ru Hollywood Stories“

Knock Knock LiveOʻziEfirga uzatilmagan qism
[60]
Scream QueensSonya Herfmann / Chanel #24 ta qism
[61][62]
2016Saturday Night LiveMehmonQism: „Ariana Grande“
Hairspray Live!Penny PingletonSpecial
[63]
2017One Love ManchesterTashkilotchi va ijrochiSpecial
Carpool Karaoke: The SeriesOʻziQism: „Seth MacFarlane & Ariana Grande“
[64]
2018A Very Wicked HalloweenOʻziSpecial
[65]
Ariana Grande at the BBCOʻziSpecial
[66][67]
Ariana Grande: Dangerous Woman DiariesOʻziYouTube
2019Keeping Up with the KardashiansOʻziQism: „Fire Escape“
[68]
2020Justin Bieber: SeasonsOʻziEpizod rolda
[69]
KiddingPiccola GrandeQism: „Episode 3101“
[70][71]
The Disney Family SingalongOʻziSpecial
Mariah Carey’s Magical Christmas SpecialOʻziSpecial
2021The Late Late Show with James CordenOʻziMehmon
The VoiceOʻziKelgusi 21-fasldan[72]

Web seriallar

YilNomRolIzohlarManba (lar)
2010-2013
The SlapCat Valentine
2011-2012
iCarly.comCat Valentine / OʻziSegmentlar: „Three Way Random Debate“, „Whatʼs Gibby Thinking About?“
[73][74]

Sahna

YilSahna koʻrinishi nomiRolTeatr
200813CharlotteBroadway
2010Cuba LibreMiriam
2012A Snow White ChristmasOppogʻoy[75]Pasadena Playhouse

Diskografiyasi

Studiya albomlari

  • Yours Truly (2013)
  • My Everything (2014)
  • Dangerous Woman (2016)
  • Sweetener (2018)
  • Thank U, Next (2019)
  • Positions (2020)
  • Eternal Sunshine (2024)

Turnelari

Konsert turnelari

TitleSanaAlbom (lar)Mintaqa (lar)ShoularDaromadTashrifManba (lar)
The Listening Sessions13-avgust 2013-yil — 22-sentyabr 2013-yilYours Truly Shimoliy Amerika11$68025[76]
[77]
[78]
The Honeymoon Tour25-fevral 2015-yil — 25-oktyabr 2015-yilMy Everything Shimoliy Amerika
Yevropa
Osiyo
Lotin Amerikasi
88$41,800,000808,667[79][80][81]
Dangerous Woman Tour3-fevral 2017-yil — 21-sentyabr 2017-yilDangerous WomanShimoliy Amerika
Yevropa
Lotin Amerikasi
Osiyo
Okeaniya
77$71,000,000853,554[82][83][84]
Sweetener World Tour18-mart 2019-yil — 22-dekabr 2019-yilSweetener
Thank U, Next
Shimoliy Amerika
Yevropa
101$146,400,0001,300,000[85][86][87][88]

Targʻib qilish maqsadida uyushtirilgan turnelar

NomiSanaAlbom (lar)ShaharlarShoularManba (lar)
The Sweetener Sessions20-avgust 2018-yil — 4-sentyabr 2018-yilSweetenerNew York shahri
Chikago
Los Angeles
London
4[76]
[77]
[78]

Headlined events

SanaHodisaTavsifShaharIjro etilgan qoʻshiqlar
4-iyun 2017-yilOne Love ManchesterManchesterda portlash (2017)Manchester, England"Be Alright" · „Break Free“ · „Better Days“ (Victoria Monét bilan birgalikda) · „Where Is the Love?“ (The Black Eyed Peas bilan birgalikda) · „My Everything“ (Parrs Wood High School xor jamoasi bilan birgalikda) · „The Way“ (Mac Miller bilan birgalikda) · „Dang!“ (Mac Miller bilan birgalikda) · „Don't Dream It's Over“ (Miley Cyrus bilan birgalikda) · „Side to Side“ · „Love Me Harder“ · „Don't Look Back in Anger“ (Coldplay bilan birgalikda) · „One Last Time“ · „Somewhere Over the Rainbow“
14-aprel 2019-yil — 21-aprel 2019-yilCoachella Valley Music and Arts FestivalMusiqa va sanʼat festivaliIndio, California"Raindrops (An Angel Cried)" · „God Is a Woman“ · „Bad Idea“ · „Break Up with Your Girlfriend, I'm Bored“ (NSYNC bilan birgalikda) (ikkinchi shouda yakkaxon tarzda) · „Tearin' Up My Heart“ (NSYNC bilan birgalikda) (birinchi shou) · „R.E.M“ · „Be Alright“ · „Sweetener“ · „Side to Side“ (Nicki Minaj bilan birgalikda) (ikkinchi shouda yakkaxon tarzda) · „Bang Bang“ (Nicki Minaj bilan birgalikda) (ikkinchi shouda yakkaxon tarzda) · „7 Rings“ · „Love Me Harder“ · „Breathin“ · „Needy“ · „Right There“ · „Break Your Heart Right Back“ · „Mo Money Mo Problems“ (Diddy va Mase bilan birgalikda) (birinchi shou) · „NASA“ · „Goodnight n Go“ (birinchi shou) · „The Light Is Coming“ · „Into You“ · „Dangerous Woman“ · „Break Free“ · „Sorry“ (Justin Bieber bilan birgalikda) (ikkinchi shou) · „No Tears Left to Cry“ · „Thank U, Next“
4-avgust 2019-yilLollapaloozaMusiqiy festivalChikago, Illinois"God Is a Woman" · „Bad Idea“ · „Break Up with Your Girlfriend, I’m Bored“ · „Boyfriend“ (Social House bilan birgalikda) · „R.E.M“ · „Be Alright“ · „Sweetener“ · „Side to Side“ · „7 Rings“ · „Breathin“ · „Needy“ · „NASA“ · „Get Well Soon“ · „The Light Is Coming“ · „Into You“ · „Dangerous Woman“ · „Break Free“ · „No Tears Left to Cry“ · „Thank U, Next“
25-avgust 2019-yilManchester Prideen:LGBT pride festivali va paradiManchester, Angliya"No Tears Left to Cry" · „Be Alright“ · „Break Up with Your Girlfriend, I’m Bored“ · „Side to Side“ · „7 Rings“ · „Break Free“ · „Breathin“ · „Thank U, Next“ · „One Last Time“

Mukofotlari

American Music Awards

YilTurkumNominatsiyaNatijaManba (lar)
2013New Artist of the YearYutuq[89]
2015Artist of the YearNominatsiya[90]
Favorite Pop/Rock Female ArtistYutuq
2016Artist of the YearYutuq[91]
2018Favorite Social ArtistNominatsiya[92]
2019Nominatsiya[93]
Artist of the YearNominatsiya
Favorite Pop/Rock Female ArtistNominatsiya
Tour of the YearSweetener World TourNominatsiya
Favorite Pop/Rock AlbumThank U, NextNominatsiya
Favorite Music Video„7 Rings“Nominatsiya
2020"Rain on Me"

(Lady Gaga bilan birgalikda)

Nominatsiya[94]
Collaboration of the YearNominatsiya
Favorite Social artistNominatsiya

Bambi Awards

YilTurkumNatijaManba (lar)
2014Best NewcomerYutuq[95]

BBC Radio 1’s Teen Awards

YilTurkumNatijaManba (lar)
2016Best International Solo ArtistNominatsiya[96]
2017Yutuq[97]
2019Yutuq[98]

Billboard Music Awards

YilTurkumNominatsiyaNatijaManba (lar)
2014Top New ArtistNominatsiya[99]
2015Top ArtistNominatsiya[100]
Top Female ArtistNominatsiya
Top Hot 100 ArtistNominatsiya
Top Social ArtistNominatsiya
Top Streaming ArtistNominatsiya
Top Dance/Electronic Song"Break Free"

(Zedd bilan birgalikda)

Nominatsiya
2016Top Female ArtistNominatsiya[101]
Top Social Media ArtistNominatsiya
2017Top ArtistNominatsiya[102]
Top Female ArtistNominatsiya
Top Social ArtistNominatsiya
2018Top Social ArtistNominatsiya
2019Top ArtistNominatsiya[103]
Top Female ArtistYutuq
Billboard Chart Achievement AwardYutuq
Top Hot 100 ArtistNominatsiya
Top Billboard 200 ArtistNominatsiya
Top Streaming Songs ArtistNominatsiya
Top Song Sales ArtistNominatsiya
Top Radio Songs ArtistNominatsiya
Top Social ArtistNominatsiya
2020Nominatsiya[104]
Top Female ArtistNominatsiya
Top Billboard 200 AlbumThank U, NextNominatsiya

Brit Awards

YilTurkumNatijaManba (lar)
2016International Female Solo ArtistNominatsiya[105]
2019Yutuq[106]
2020Nominatsiya[107]

Japan Gold Disc Award

YilTurkumNominatsiyaNatijaManba (lar)
2015New Artist of the Year (International)Yutuq[108]
Best 3 New Artists (International)Yutuq
Best 3 Albums (International)My EverythingYutuq
2017International Artist of the YearYutuq[109]
International Album of the YearDangerous WomanYutuq
Best 3 Albums (International)Yutuq
2019SweetenerYutuq[110]

Kids' Choice Awards

YilTurkumNominatsiyaNatijaManba (lar)
2015Favorite Female ArtistNominatsiya[111]
[112]
Song of The Year"Bang Bang"

(Jessie J va Nicki Minaj bilan birgalikda)

Yutuq
„Problem“

(Iggy Azalea bilan birgalikda)

Nominatsiya
2016Favorite Female ArtistYutuq[113]
[114]
2017Nominatsiya[115]
Favorite Song"Side To Side"

(Nicki Minaj bilan birgalikda)

Nominatsiya
2019„Thank U, Next“Yutuq[116]
Favorite Female ArtistYutuq
2020Favorite Song„7 Rings“Nominatsiya[117]
Favorite Female ArtistYutuq
2021Yutuq[118]
Favorite Music Collaboration„Rain On Me“

(Lady Gaga bilan birgalikda)

Nominatsiya
„Stuck with U“

(Justin Bieber bilan birgalikda)

Yutuq

Manbalar

Havolalar