Kurdiston

Kurdiston — Gʻarbiy Osiyodagi togʻli oʻlka, tarixiy viloyat. Kurdistonning aksar qismi Old Osiyo va Eron togʻliklarida joylashgan. Kurdistonning aniq, chegarasi boʻlmaganligidan bu nom faqat etnografik maʼnoda ishlatiladi.

Qoshgʻariy o‘zining “Devonu lugʻotit turk” asarida ilk bor mintaqani kurd diyori sifatida tilga olgan va u yerda Mahmud Qoshg‘ariy dunyo xaritasini tuzgan va al-Iroq va Ash-Shom o‘rtasidagi hududni “Arz-al-Akrod” deb belgilagan. Arz-al-Akrod arabchada “kurdlar yurti” degan maʼnoni anglatadi.[1][2] Kurdiston nomi birinchi marta 1150 yilda Buyuk Saljuqiylar hukmdori Sulton Sanjar tomonidan Gʻarbiy Eronni tasvirlash uchun ishlatilgan.[3][4]

Aholisi, asosan, kurdlar; turk, arab, aysor va boshqa ham yashaydi. Aholi chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanadi, shaharlarda hunarmandchilik rivojlangan. Kurdistonda foydali qazilmalar, xususan, neft koʻp. Kurdiston haqidagi dastlabki maʼlumotlar 12-asr manbalarida uchraydi. Oʻrta ayerdarda Kurdistonda yarim mustaqil amirliklar mavjud edi. 1914-yilda Kurdiston Eron bilan Usmonli turk saltanati tarkibiga kiritildi. U ham barham topgach (1918), vujudga kelgan Turkiya, Iroq va Suriya davlatlari tarkibiga kiritildi.[5]

Manbalar