Kylian Mbappé

Kylian Mbappé Lottin (fransuzcha talaffuzi: ​[kiljan (ɛ)mbape lɔtɛ̃] ; 1998-yil 20-dekabrda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, Liga 1 klubi Parij Sen-Jermen va Fransiya terma jamoasi forvardi sifatida toʻp suradi. U dunyoning eng yaxshi va eng koʻp maosh oluvchi futbolchilaridan biri sanaladi[4]. U oʻzining dribling qobiliyati, ajoyib tezligi va vaziyatlarni hal qilish qobiliyati bilan nom qozongan.

Kylian Mbappé
Mbappé
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiKylian Mbappé Lottin[1]
Tavallud sanasi20-dekabr 1998-yil (1998-12-20) (25 yosh)[2]
Tavallud joyiParis, France
Boʻyi1.78 m[3]
AmpluasiHujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Paris Saint-Germain
Raqami7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004-2013Bondy
2013-2015Monaco
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2015-2016Monaco II12(4)
2015-2018Monaco41(16)
2017-2018Paris Saint-Germain (loan)27(13)
2018-Paris Saint-Germain176(161)
Milliy terma jamoa
2014France U172(0)
2016France U1911(7)
2017-France57(27)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-may uchun)

Mbappe oʻzining katta futboldagi faoliyatini 2015-yilda 16 yoshida professional debyut bilan Liga 1ning „Monako“ klubida boshlagan. U jamoa bilan Liga 1 chempioni, Liga 1da yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi va Golden Boy mukofotini qoʻlga kiritdi. 2017-yilda u ligadagi raqibi Parij Sen-Jermen (PSJ) bilan dastlabki ijara shartnomasini imzoladi, u 2018-yilda 180 million yevro va bonuslar evaziga PSJga transfer qilindi, ushbu transfer uni ikkinchi eng qimmat futbolchi va eng qimmat o‘smirga aylantirdi[5]. PSJ Mbappening katta mehnati evaziga toʻrt marotaba Ligue 1 va uch karra Coupe de France chempionligini qoʻlga kiritdi; u, shuningdek, klubning 2020-yilda UEFA Chempionlar Ligasi finaliga chiqishida muhim ahamiyat kasb etgan oʻyinchisi edi. Hozirda u PSJ tarixidagi eng koʻp gol urgan ikkinchi futbolchi boʻlib turibdi.

Xalqaro miqyosda Mbappe 2017-yili 18 yoshida Fransiya terma jamoasi safida debyut qilgan. 2018 yilgi FIFA Jahon chempionatida Mbappe jahon chempionatida gol urgan eng yosh franssuz futbolchisiga aylandi va Peledan keyin Jahon chempionati finalida gol urgan ikkinchi oʻsmirga aylandi. Fransiya zafar quchgan turnirda u toʻpurarlar roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egalladi va ushbu harakatlari uchun eng yaxshi yosh oʻyinchi va Fransiyada yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotlarini oldi.

Mbappening nomi 2018- va 2019-yillarda FIFA FIFPro World11, 2018-yilda UEFA yilning eng yaxshi jamoasi va 2016-17, 2019-20, 2020-21 va 2021-22-yillarda UEFA Chempionlar Ligasining eng yaxshi tarkibiga kiritilgan. U 2021-yilda Globe Soccer tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor boʻldi. PSJda uch marta Liga 1ning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi va ketma-ket toʻrt mavsum davomida Liga 1ning eng yaxshi toʻpurari boʻldi.

Yoshlik

Mbappe Parijda tugʻilgan[6] va Parij markazidan 10.9 km uzoqlikdagi Bondi, Sen-Sent-Denis kommunasida voyaga yetgan[7]. Uning otasi Uilfrid asli kamerunlik boʻlib, Mbappening agenti va futbol boʻyicha ilk ustozi, onasi Fayza Lamari esa asli jazoirlik Kabiledan boʻlib, sobiq gandbolchi hisoblanadi[8][9]. Uning Itan ismli ukasi bor, u 2018-yilda Parijning U-12 jamoasida oʻynagan[10][11]. Mbappening asrab olingan akasi Jirès Kembo Ekoko ham professional futbolchi[12]. Kilian Mbappe bolaligida Bondidagi xususiy katolik maktabiga boradi, u qobiliyatli, ammo quloqsiz edi[13]. Uning bolalikdagi kumirlari Zinedin Zidan, Ronaldu Nazario va Krishtianu Ronaldu edi[14][15]. Bolaligida bir muddat uning butun oilasi bilan "Milan"ga muxlislik qilgan enagasi boʻlgan, enaga Mbappega Robinyoning 70-raqamli futbolkasini sovgʻa qiladi[16][17]. Biroq, uning sevimli jamoasi har doim "Real Madrid" boʻlgan[18].

Manbalar