Pele

Pele (Edson Arantis du Nasimentu) (1940-yil 21-oktabr, Tres-Korasoyns, Minas-Jerays shtati — 2022-yil 29-dekabr) — braziliyalik futbolchi. 3 karra jahon chempioni (1958, 1962, 1970). 1956-1974-yillarda „Santos“ klubida, 1957-1970-yillarda Braziliya terma jamoasi tarkibida oʻynagan. „Santos“ futbolchilari bilan birga Janubiy Amerika chempionlari kubogi va qitʼalararo kubok egasi (1962, 1956). 1957—1977-yillarda 1300 ga yaqin toʻp (futbol tarixida rekord natija) kiritgan. „Futbol qiroli“ nomi bilan mashhur. Turli mamlakatlarda unga bagʻishlab 90 dan ortiq qoʻshiq toʻqilgan. „Mening hayotim va ajoyib oʻyin“ (1977) kitobining muallifi[1].

Pele
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiEdson Arantes do Nascimento
Tavallud sanasi23-oktyabr 1940-yil
Tavallud joyiTrês Corações, Minas Gerais, Vargas Era, Braziliya
Vafot sanasi29-dekabr 2022-yil(2022-12-29)
(82 yoshda)
Vafot joyiMorumbi, São Paulo, Braziliya
Boʻyi1.73 m
Ampluasi
  • hujumchi
  • hujumkor yarim himoyachi
LaqabiFutbol qiroli
Mukofotlari

Jahon chempionatlari

  • Shvetsiya 1958-yil (Oltin)
  • Chili 1962-yil (Oltin)
  • Meksika 1970-yil (Oltin)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1953-1956Braziliya bayrogʻi Bauru
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
1956-1974
1975-1977
Braziliya bayrogʻi Santos
AQSH bayrogʻi New-York Cosmos
(636 (618)
52 (37))
Milliy terma jamoa
1957-1971Braziliya bayrogʻi Braziliya(92 (77))
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Pele oʻyinchi sifatida uch marta jahon chempionligini qoʻlga kiritgan dunyodagi yagona futbolchi. Toʻrtta jahon chempionati ishtirokchisi. 1970-yilgi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi. 1958-yilgi jahon chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi . 1973-yil Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchisi. Ikki marta jahon chempionatlarining ramziy terma jamoalari aʼzosi. Qitʼalararo kubok va Libertadores kubogining ikki karra gʻolibi, qitʼalararo chempionlar Superkubogi gʻolibi , San-Paulu shtatining oʻn karra chempioni , Rio San-Paulu turnirining toʻrt karra gʻolibi.

FIFA futbol komissiyasiga koʻra XX asrning eng yaxshi futbolchisi. Tashkilotning rasmiy saytida ovoz berish orqali Pele XX asrdagi ikkinchi eng yaxshi futbolchi. U Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra ham XX asrning eng yaxshi sportchisi hisoblanadi.

Pele Time jurnali boʻyicha dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri. U sportdagi ajoyib yutuqlari uchun Braziliya oltin medali bilan taqdirlangan. 1995-1998 yillarda Braziliya sport vaziri lavozimida ishlagan.

2022-yil 29-dekabrda uzoq davom etgan xastalikdan soʻng 82 yoshida shifoxonada vafot etdi[2].

Shaxsiy hayoti

1966-yilda Pele Rosemerie dos Reis Cholbi bilan turmush qurdi. Ular uchta farzand koʻrishdi: Kelly Christina (1967), Edson (1970) va Jennifer (1978). Pele va Rozmeri 1982-yilda ajrashgan. 1994-yilda Pele ikkinchi marta turmush qurdi. Rafiqasi Assuriya Lemos Seixas bilan 2008-yilgacha yashadi. 2008-yilda juflik ajrashdi. Ularning bu nikohdan Joshua va Selest ismli egizaklari bor. 2016-yil iyul oyida u uchinchi marta, yapon millatiga mansub 50 yoshli braziliyalik ishbilarmon ayol Marsiya Sibeli Aoki bilan tumush qurdi.

Kasallik va oʻlim

2021-yil sentabrida Pele yo‘g‘on ichakning o‘ng tomonidagi o‘simtani olib tashlash uchun operatsiya qilindi. 2022-yilning yanvarida Pele kimyoterapiya bilan davolanishi malum qilindi. 2022-yil 29-dekabrda u Braziliyaning Morumbi tumanida ogʻir va uzoq davom etgan kasallikdan soʻng 82-yoshida vafot etdi. Pele vafoti munosabati bilan Braziliyada uch kunlik motam eʼlon qilindi. Futbolchi bilan xayrlashuv 2023-yil 2-yanvar kuni kunduzi " Santos " klubi — Vila Belmiro stadionida bo‘lib o‘tadi, mahalliy nashrlarning yozishicha, jasad solingan tobut maydon markaziga o‘rnatiladi. U Santos shahridagi Vertikal qabristonga dafn etiladi.

Karyera

Santos Futbol klubi
KlubMavsumCampeonato PaulistaRio-São PauloCampeonato Brasileiro Série AMahalliy musobaqalar.

Jami

Xalqaro musobaqalarJami
Copa LibertadoresQitʼalararo kubok
OʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Santos19560*0*1111
195714+15*19+17*9538*41*38*41*
1958385888466646*66*
1959[3]3245764*2*395143*53*
1960[4]303330003333000033*33*
19612647785*73355000038*62*
19622637005*2*26374*4*2537*48*
1963[5]19228144*827364*5*123651*
19642134436*725370*0*0031*44*
19652849754*2*39547*80046*64*
196614130*0*5*2*14*13*000019*15*
1967181714*9*32*26*000032*26*
1968211717*12*38*28*005143*30*
1969252612*12*37*38*000037*38*
197015713*4*28*11*000028*11*
19711962114070000407
1972209165361400003614
197319113019493000004930
1974101179271000002710
Umumiy4104685349173*101*636*618*151788659643
New-York Cosmos rekordlari
KlubMavsumLigaPost mavsumiBoshqalarJami
OʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGoals
New York Cosmos197595-14122317
197622132218114226
19772513641164223
Jami563186432710766

Xalqaro

92 ta rasmiy o‘yinda 77 ta gol urgan Pele futbol bo‘yicha Braziliya terma jamoasining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi [6][7].

Xalqaro rekord
JamoaYilOʻyinGollarOʻrtacha gol
Braziliya1957221.00
1958791.28
19599111.22
1960640.67
196100
1962881.00
1963771.00
1964320.67
1965891.12
1966950.55
196700
1968740.57
1969970.77
19701580.53
1971210.50
Umumiy92770.84

Xulosa

Pelening gollar va o‘yinlar statistikasi manbalar orasida asosan o‘rtoqlik o‘yinlari tufayli farqlanadi. RSSSF taʼkidlashicha, Pele 851 ta rasmiy oʻyinda 778 ta gol urgan.[8] Quyidagi jadval RSSSF (2021) ning soʻnggi eʼloniga asoslangan.

JamoaOʻyinlarGollar
Santos FC666644
New York Cosmos6437
Brazil9277
Milliy jamoa44
São Paulo1512
Boshqa jamoalar52
Umumiy851778

Filmografiya

YilNomiRolIzoh
1969Os EstranhosPlínio PompeuTelevizion serial
1971O Barão Otelo no Barato dos BilhõesDoktor Arantes
1972A MarchaChico Bondade
1981Escape to VictoryKapral Luis Fernandes
1983A Minor MiracleOʻzi
1985Pedro Mico
1986HotshotSantos
1986Os Trapalhões e o Rei do FutebolNascimento
1989Solidão, Uma Linda História de Amor
2001Mike Bassett: England ManagerOʻzi
2016Pelé: Birth of a LegendMehmonxona qabulxonasida oʻtirgan odamKameo


Manbalar

Havolalar