Laptevlar dengizi

Laptevlar dengizi — Shimoliy Muz okeanining chekka dengizi.

Koordinatalari76°16′7″N 125°38′23″E / 76.26861°N 125.63972°E / 76.26861; 125.63972 G O 125°38′23″E / 76.26861°N 125.63972°E / 76.26861; 125.63972 G O
Okean tipidengiz
Havzaga aloqador oʻlkalarRossiya
Yuzasi700,000 km2 (270,000 mi²)
Oʻrtacha chuqurligi578 m (1,896 ft)
Eng katta chuqurligi3,385 m (11,106 ft)
Suv hajmi403,000 km3 (3.27×1011 acre·ft)
Manbalar[1][2][3]

Joylashuvi

Janubdan Osiyo qirgʻoqlari, gʻarbdan Taymir yarim oroli va Severnaya Zemlya orallari, sharqdan Novosibirsk orallari bilan oʻralgan. Boʻgʻozlar orqali gʻarbda Kara dengizi, sharqda Sharqiy Sibir dengizi bilan tutashgan.

Tavsifi

Maydoni 700,000 km2 (270,000 mi²). Dengizning oʻrtacha chuqurligi 50 m ni, maksimal chuqurligi esa 3385 m ni tashkil etadi.Yirik qoʻltiqlari:

  • Xatanga
  • Olenek
  • Buor-Xaya

Dengizning gʻarbiy qismida orollar koʻp. Dengizga Xatanga, Lena, Yana va boshqa daryolarning suvi quyiladi.

Iqlimi

Laptevlar dengizi iqlimi arktika iqlimi. Yanvardagi oʻrtacha harorat —31°, —34° (minimum harorat —50°), iyulniki 6—7° (maksimum harorat 24°) ni tashkil etadi. Yiliga 100 mm yogʻin tushadi. Dengiz yilning koʻp qismida muz bilan qoplangan holda yotadi.

Hayvonot dunyosi

Morj, dengiz quyoni, nerpa, baliq va boshqa jonivorlar yashaydi. Asosiy porti — Tiksi porti hisoblanadi. Dengiz Arktika tadqiqotchilari D.Ya. Laptev va X. P. Laptevlar nomiga shunday deb nomlangan[4]

Manbalar