Moai

Moai yoki moʻai ( /ˈm./<talaffuzi >yoki /ˈm./ MOH-eye ; ispancha: moái  ; Rapa Nui.: moʻai adabiy jihatdan ''haykal '' ma'nosini anglatadi ) 1250-1500 yillar oraligʻida Polineziyaning sharqiy qismidagi Rapa Nui (Pasxa oroli) da Rapa Nui xalqi tomonidan oʻyilgan monolit inson figuralaridir.[1][2] Ularning deyarli yarmi hali ham Rano Raraku ( vulqon kulidan hosil bo'lgan vuqon krateri )da , asosiy moai karer (odatda katta va chuqur bo'lgan , tosh yoki boshqa materiallar qazib olinadigon joy )da, lekin yuzlab moailar u yerdan bu yerga ko'chirilgan va orolning perimetri atrofidagi , ahu deb nomlangan tosh platformalarga o'rnatilgan. Deyarli barcha moailarning boshlari juda katta bo'lib , ular butun haykalning sakkizdan uch qismini tashkil qiladi va figuralarning oyoqlari mavjud emas . Moailar, asosan, ilohiylashtirilgan ajdodlarning ( aringa ora ata tepuna ) tirik yuzlari (aringa ora ) hisoblanadi.[3] 1722- yilda yevropaliklar orolga birinchi bor tashrif buyurganlarida, haykallar hali ham o'z qabila yerlari bo'ylab , ichkariga qarab turardi, ammo ularning barchasi XIX asrning ikkinchi yarmida qulab tushdi.[4] Moai XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida, ehtimol, Evropa aloqalari yoki qabilalararo urushlar natijasida ag'darilgan.[5]

900 dan ortiq haykallarni[6][7] ishlab chiqarish va tashish ,ajoyib ijodiy va jismoniy jasorat hisoblanadi.[8] Paro deb nomlangan , eng baland moaining balandligi deyarli 10 metr (33 ft)ni va og'irligi 82 tonna ( 81 tonnadan ko'p , 90 tonnadan oz )ni tashkil etadi .[9][10] Axu Tongarikida o'rnatilgan eng og'ir moai unchalik baland emas , biroq uning og'irligi 86 tonna( 85 tonnadan ko'p , 95 tonnadan oz )ni tashkil etardi . Bitta tugallanmagan haykal, agar tugallangan bo'lganida taxminan 145-165 tonna og'irligi bilan uning balandligi , taxminan 21 m (69 ft)dan baland bo'lar edi .2023- yilgi holatga ko'ra [11]haykallar hali ham topilmoqda .[12]

Eslatmalar

Manbalar

Havolalar