Nepal tili

Nepal tili, nepaliy, nay pali, gorkhaliy, kxaskura — hind-yevropa tillari oilasining hind-oriy tillari guruhiga mansub, asosan, Nepal Qirolligida, qisman Hindiston shimoli va Butanda tarqalgan til. Soʻzlashuvchilarning umumiy miqsori 10 mln. kishidan ortiqroqdir. Tuzilishi jihatidan hindiy va sharqiy hind-oriy tillari (Mas, bengal tili) oʻrtasidadir. Dialektal tomondan markaziy (Katmandu vodiysi), gʻarbiy, sharqiy va togʻ etaklari lah-jalariga boʻlinadi. Ogʻzaki tilga qoʻshni tibet-birma tillari, xususan, nevari tili sezilarli taʼsir kursatgan. Adabiy tili Katmandu shevasi asosida shakllanmoqda, shu sababli yozma nutqda ogʻzaki til unsurlari koʻplab uchraydi. Nepal tilidagi hozirgi adabiyot 19-asrdan yaratila boshlagan; amalda devanagari yozuvidan foydalaniladi.[1]

Nepal tili
Milliy nomi नेपाली भाषा
Mamlakatlar Nepal bayrogʻi Nepal Hindiston bayrogʻi Hindiston
Rasmiylik holati Nepal bayrogʻi Nepal
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 15 800 000
Alifbosi Devanagari
Til kodlari

Manbalar