Nimr an-Nimr

Nimr Bakir Amin an-Nimr – Saudiyada faoliyat yuritgan Shialik mazhabi imomi[2][3][4][1].

Nimr Bakir Amin an-Nimr
arabcha: نمر باقر أمين النمر
Tavalludi 21-iyun 1959-yil
Al-Avamiya
Vafoti 2-yanvar 2016-yil(2016-01-02)
(56 yoshda)[1].
Saudiya Arabistoni
Fuqaroligi Saudiya Arabistoni
Veb-sayti sknemer.com

Biografiyasi

Saudiya Arabistonining sharqiy qismidagi Al-Qatif shahri yaqinidagi Al- Avamiya qishlogʻida Fors koʻrfazi qirgʻogʻida tugʻilgan[5].

U oʻz nutqlarida va maʼruzalarida Saudiya Arabistonidagi mazhablar boʻyicha kamsitish va shialarga nisbatan zulm haqida tez-tez gapirgan. Vaʼzgoʻy sifatida mamlakatdagi shia ozchiligi orasida, ayniqsa qirollikning Sharqiy viloyatida mashhur boʻldi. Nimr an-Nimrning Muhammad ismli ukasi bor edi. 2004 va 2006-yillarda qisqa muddatga hibsga olingan va 2008-yilda amerikalik diplomatlar bilan uchrashgan. Ular uning shialarga taʼsiri tez oʻsib borayotganini qayd etishgan va Nimr an-Nimrni qirollikdagi ikkinchi muhim shia arbobi deb atagan[6].

Qatl etilishi va xalqaro nizolar

2015-yil 25-oktyabrda Saudiya Arabistoni Oliy sudi shayxning apellyatsiya arizasini rad etdi va shu bilan uning qatl etilishiga imkon yaratdi. Qirol Salmon oʻlim hukmini tasdiqladi.

Uning rafiqasi Mona al-Jubeyr Nyu-Yorkdagi kasalxonada vafot etdi[7].

2016-yil 2-yanvarda Nimr an-Nimr qatl qilindi[8]. Saudiya hukumati an-Nimrni musulmonlar qabristoniga dafn qildi, jasad qarindoshlariga berilmadi[9].

Siyosatchilar va shia ruhoniylari qatlni qoraladilar[10]. Eron yetakchisi va oliy rahbari Oyatulloh Xomanaiy: „Shahid Shayx Nimrning qatl etilishi Saudiya Arabistoni rahbariyatining siyosiy xatosi boʻldi. Ulamoning nohaq toʻkilgan qoni Saudiya Arabistoni rahbariyatining jazolanishiga olib keladi“[11].

An-Nimrning qatl etilgani e'lon qilinganidan keyin Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Livan va Eronda shia namoyishlari bo'lib o'tdi. Saudiya Arabistonida o'nlab shialar Al-Avomiyadan Al-Qatifgacha yurish uyushtirishdi. Rasmiylar mumkin bo'lgan tartibsizliklarni bostirish uchun Al-Qatifga qo'shin yubordi. Bahraynda politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz yordamida namoyishchilarni tarqatib yubordi[12].

Eronlik namoyishchilar Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasiga molotov kokteyli uloqtirib, bostirib kirishdi. 3-yanvarga o‘tar kechasi Eron politsiyasi namoyishchilarni elchixonadan chiqib ketishga majbur qildi[13].

4-yanvar kuni Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarini uzdi[14]. Saudiya Arabistonidan keyin Bahrayn[15], va Sudan[16] Eron bilan diplomatik aloqalarini uzdi. Birlashgan Arab Amirliklari oʻz elchisini chaqirib oldi va Eron bilan diplomatik munosabatlarni muvaqqat ishlar vakili darajasiga tushirganini eʼlon qildi[17]. 5-yanvar kuni Quvayt oʻz elchisini Erondan chaqirib oldi va mamlakat tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Xolid Sulaymon al-Jaralloh Eron elchisiga norozilik notasini topshirdi[18][19]. 6-yanvar kuni Jibuti Eron bilan diplomatik aloqalarini uzdi[20]. 7-yanvarda Somali Eron bilan diplomatik aloqalarini uzdi[21].

Manbalar

Havola