Peseta

Peseta (ispancha peso — vazn, boʻlak) — 1) Ispaniya pul birligi. 1868-yildan muomalaga kiritilgan. 1P.=100 sentimo. Xalqaro ifodasi ESP. Xalqaro va-lyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari =188,2 P.; 10P.=36 soʻm (2002, fevral). 2002-yildan yevro muomalaga kiritilishi bilan P. muomaladan toʻxtatildi; 2) Andorra pul birligi. 1.P.=100 santimo.[1]

Manbalar