Saljuqiylar

Saljuqiylar (1038-1308) — Xuroson, Yaqin va Oʻrta Sharq, Kichik Osiyo, qisman Movarounnahrdagi bir necha davlatlarda hukmronlik qilgan turkiy sulola. Sulola nomi chorvador turkiy qavm oʻgʻuzlar boshligʻi Saljufek ibn Doʻkak nomidan olingan. Sulolaga Saljuqning nevarasi sulton Toʻgʻrulbek asos solgan.

Sirdaryoning quyi oqimi – Jand shahri atroflari (hozirgi Navoiy viloyati hududi)da yashagan oʻgʻuzlar Saljuq boshchiligida islom dinini qabul qilishgan (992). Saljuqning vafotidan soʻng ular Nurota atroflarida joylashgan.Mahmud Gʻaznaviy Amudaryodan oʻtib, Buxoroga borayotganda saljuqlarning yoʻlboshchisi amir Arslon (Isroil)ni chaqirib, ularga Buxorodan Xurosonga koʻchishni buyurgan (1025). Tarixchi Juzjoniynkt yozishicha, 4000 oʻtovli saljuqlar Yagʻmur, Bugʻ, Koʻktosh, Qizil, Mansur, Anas oʻgʻli kabi amirlar boshchiligida Amudaryodan oʻtib, Xurosonning Saraxs, Obivard, Farova, Niso, Dandanakon kabi turli mavzelarida qoʻnim topganlar. Qoraxoniylar bilan gʻaznaviylar oʻrtasidagi kurashdan foydalangan Saljuqiylar harbiy kuchlarini birlashtirib, asta-sekin Xurosonni egallab, Saljuqiylar davlatini barpo etganlar. Keyinchalik bu davlat jahondagi eng qudratli saltanatlardan biriga aylangan. Sulola vakillari (hukmdorlari) sulton deb atalgan va ular quyidagilardan iborat:

Saljuqiy sultonlar roʻyxati
IsmiHukmronlik davriYillardaHududi
Togʻrulbek1038–1063-yillar25 yilXuroson
Alp Arslon1063–1072-yillar9 yilXuroson
Malikshoh1072–1092-yillar20 yilXuroson
Mahmud1092–1094-yillar2 yilXuroson
Barqiyoruq1094–1104-yillar10 yilXuroson
Malikshoh II1104–1105-yillar1 yilXuroson
Gʻiyosiddin Muhammad1105–1118-yillar13 yilXuroson
Sanjar1118–1157-yillar39 yilXuroson
Kavurbek1041–1073-yillar32 yilKermon
Kermonshoh1073-yil1 yilKermon
Xusayn1073–1074-yillar1 yilKermon
Sultonshoh I1074–1085-yillar11 yilKermon
Turonshoh I1085–1097-yillar12 yilKermon
Eronshoh1097–1101-yillar4 yilKermon
Arslonshoh I1101–1141-yillar40 yilKermon
Muhammadshoh I1141–1156-yillar15 yilKermon
Toʻgʻrulshoh1156–1167-yillar11 yilKermon
Bahromshoh1167–1168-yillar1 yilKermon
Arslonshoh II1168-yil1Kermon
Turonshoh II1168–1174-yillar6 yilKermon
Muhammadshoh II1174–1187-yillar13 yilKermon
Muborak1187-yil1 yilKermon
Tutush1074–1095-yillar21 yilShom
Ridvan1095–1113-yillar18 yilShom (Halab)
Dukak1095–1104-yillar9 yilShom (Damashq)
Alp Arslon Arxas1113–1114-yillar1 yilShom (Halab)
Sultonshoh1114–1117-yillar3 yilShom
Maxmud1118–1131-yillar13 yilIroq
Dovud1131–1132-yillar1 yilIroq
Toʻgʻrul I1132–1133-yillar3 yilIroq
Masʼud1133–1152-yillar19 yilIroq
Malikshoh1152–1153-yillar1 yilIroq
Muhammad1153–1159-yillar6 yilIroq
Sulaymonshoh1159–1161-yillar2 yilIroq
Arslonshoh1161–1177-yillar16 yilIroq
Toʻgʻrul II1177–1194-yillar17 yilIroq
Sulaymon I1077–1086-yillar9 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)
Qilich Arslon I1086–1107-yillar21 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)
Malikshoh I1107–1116-yillar9 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)
Masʼud I1116–1156-yillar40 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)
Qilich Arslon II1156–1188-yillar32 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)
Malikshoh II1188–1192-yillar4 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)
Kayxusrav I1192–1200-yillar8 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)
Sulaymon II1200–1204-yillar4 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)
Qilich Arslon III1204–1205-yillar1 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)
Kaykovus I1210–1219-yillar9 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)
Alouddin Kayqubod1219–1236-yillar17 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)
Kayxusrav II1236–1245-yillar9 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)
Kaykovus II1245–1247-yillar2 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)
Qilich Arslon IV1257–1265-yillar8 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)
Kayxusrav III1265–1283-yillar18 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)
Masʼud II1283–1296-yillar13 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)
Kayqubod1296–1307-yillar11 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)
Masʼud III1307–1038-yillar1 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)

Adabiyot

  • Bosvort K. E., Musulmanskiye dinastii, M., 1971; Stenli L e nPul, Musulmanskiye dinastii, M. — T. — Bishkek, 1996.[1]

Manbalar