Stray (o'yin)

Категория:Компьютерные игры по алфавитуКатегория:ПРО:КИ:Последняя правка: в текущем месяцеStray (Ingliz tilidan  Sarson, adashgan) — bu BlueTwelve Studio tomonidan ishlab chiqilgan va Annapurna Interactive tomonidan nashr etilgan sarguzashtli videooʻyin . Oʻyin 2022-yil 19-iyulda Windows, PlayStation 4 va PlayStation 5[1] uchun moslashtirilgan holda chiqarilgan. Oʻyin ilgari HK_Project va HK-Devblog nomlari bilan maʼlum boʻlib, bu nomlar ishlab chiquvchilarning eski blogidan olingan. Oʻyin robotlar yashaydigan dunyoda oʻzini topib, oilasiga qaytishga qaror qilgan adashgan mushuk haqida hikoya qiladi.

Oʻyin jarayoni

alt=Кот входит в бар с жёлтым освещением. Внутри находятся несколько роботов, один из которых проходит мимо кота. На короткое время над котом зависает маленький дрон-спутник, светящийся синими огоньками.|left|thumb| Stray oʻyinida oʻyinchi robotlar yashaydigan dunyosidagi adashgan mushukni boshqaradi.Oʻyin uchinchi shaxs nomidan oʻynaladigan sarguzashtli oʻyin hisoblanadi. Unda ochiq dunyo elementlari, shuningdek, atmosfera va sanʼatga alohida eʼtibor qaratilgan. Oʻyinchi oʻzini robotlar yashaydigan dunyoda topib, oilasiga qaytishga qaror qilgan adashgan qizil mushukni boshqaradi. U toʻsiqlarni siljitib, platformalarga koʻtarilib voqeani davom ettirishi va buning uchun yoʻlidagi jumboqlarni yechishi kerak. Oʻyinchiga B-12 (B-12) nomli sunʼiy yoʻldosh dron hamrohlik qiladi, u robotlar tilini tarjima qilish va dunyo boʻylab topilgan narsalarni saqlashga yordam beradi. Oʻyinning dushmanlaridan biri Zurkas (inglizcha Zurks) oʻyinchiga shiddatli toʻdalar bilan hujum qiladi.

Mazmuni

Toʻrt nafar adashgan mushuklar guruhi tashlandiq bino atrofida aylanib yuradi. Biroq ulardan biri qarindoshlari ortidan singan quvurdan sakrab oʻtmoqchi boʻlib, tubsizlikka tushib qoladi va oʻzini kimsasiz yerosti shahrida topadi. Tez orada u kichik B-12 dronining tanasiga sunʼiy intellektni yuklashga yordam beradigan laboratoriyani topib oladi. Dronning tushuntirishicha, u ilgari maʼlum bir olimga yordam bergan, biroq uning xotirasining koʻp qismi buzilgan va tiklanishi uchun vaqt kerak. B-12 mushukning yer yuzasiga qaytishiga yordam berishini vaʼda qiladi va uni shahargacha kuzatib boradi. Juftlik sayohat qilish jarayonida, shaharda inson zoti qolmaganini koʻrishadi. lekin, odamlarga xizmat qilgan robotlar ni aniqlashadi. Insoniyat yoʻq boʻlgan davrda Robotlar oʻzliklarini anglab, oʻz jamiyatlarini quradilar, lekin yer ostida qolib ketishadi. Vayronalar, shuningdek, axlatni yutish uchun yaratilgan, ammo keyinchalik organik hayotga va robotlarga oʻtgan mutant mavjudotlar - Zurklar bilan toʻlib-toshgan.

Ishlab chiqarilishi

BlueTwelve asoschilaridan biri boʻlgan Koola va Viv dastlab HK_Project nomi bilan tanilgan Stray ustida ishlay boshladilar, chunki ular Ubisoft kompaniyasida ishlagandan soʻng mustaqil loyihani amalga oshirishni xohlashdi. Ular oʻyindan olingan kadrlarni tvit qilganlaridan soʻng, ularga 2016-yil aprel oyida Annapurna Interactive loyihasini nashr etish taklifi bilan uchun murojaat qiladi. BlueTwelve Studio oʻyinni rivojlantirish uchun 2016-yilda tashkil etilgan. ishlab chiqarish jarayoni Fransiya janubidagi Montpelye shahrida boʻlib oʻtdi. Strayning oʻyiniga Kowloon Walled City estetik taʼsir koʻrsatgan. Oʻyin esa asoschilarning mushuklari Merto va Rigsdan ilhomlangan. Oʻyin davomida Unreal Engine 4 oʻyin mexanizmidan foydalaniladi.

Oʻyin 2020-yil 11-iyun kuni PlayStation Future of Gaming tadbirida taqdim qilinadi. Sony kompaniyasining 2021-yil yanvarida boʻlib oʻtgan Consumer Electronics Show koʻrgazmasidagi treylerida oʻyinning chiqish sanasi “2021-yil oktyabr” deb yozilgan. Keyinchalik Sony bu matnni treylerdan olib tashladi. Oʻyin Windows, PlayStation 4 va PlayStation 5 uchun chiqarilgan.

Eslatmalar