„Krokus Siti Holl“dagi terakt

„Krokus Siti Holl“dagi terakt (ruscha: Теракт в «Крокус Сити Холле») — 2024-yil 22-mart kuni Moskvaning gʻarbida joylashgan Krasnogorsk shahridagi Krokus Siti Holl konsert zalida sodir etilgan terakt[3][4][5]. Ushbu hujum oqibatida 145 nafar odam halok boʻldi, 550 dan oshiq inson jarohatlandi[6][1].

Crocus City Halldagi terakt

Crocus City Hall konsert zali, 2019-yil
Asl nomi ruscha: Теракт в «Крокус Сити Холле»
Joylashgan Crocus City Hall, Krasnogorsk, Rossiya
Koordinatlar 55°49′33″N 37°23′25″E / 55.82583°N 37.39028°E / 55.82583; 37.39028 G O 37°23′25″E / 55.82583°N 37.39028°E / 55.82583; 37.39028 G O
Sana 22-mart, 2024-yil(2024-03-22)
20:00 ((MSK, UTC+3))
Nishon Tinch aholi
Hujum turi
Ommaviy otishma, portlash, oʻt qoʻyish
Qurol AK-74
Halok boʻlganlar 145[1]
Jarohat olganlar
551[1][2]
Jinoyatchilar 4

Voqea kelib chiqishi

Kuzatuv kameralariga tushib qolgan gumonlanuvchilar

2024-yilning 7-mart kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Moskvadagi Iroq va Shom Islom Davlati (IShID)ga aloqador terrorchilar guruhini zararsizlantirganini eʼlon qilgan edi[7].

Hujumdan ikki hafta oldin Moskvadagi AQSh va Buyuk Britaniya elchixonalari[8] ekstremistlarning Moskvadagi yirik yigʻinlarni nishonga olish boʻyicha rejalari haqida ogohlantirgan edi[9]. Amerika va Buyuk Britaniyaning ogohlantirishidan soʻng, boshqa davlatlarning elchixonalari, jumladan, Kanada, Germaniya, Janubiy Koreya, Shvetsiya, Chexiya va Latviya davlatlari Moskvadagi oʻz fuqarolariga shu mazmundagi ogohlantirish berdi[10]. 2024-yil 19-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada sodir boʻlishi mumkin boʻlgan teraktlar haqidagi ogohlantirishlarni „ochiq shantaj“ deb atagan[11].

Hujum

2024-yil 22-mart kuni Rossiyaning Piknik guruhi Krokus Siti Hollda konsert qoʻyishi rejalashtirilgan edi[12]. Guruh oʻz chiqishlarini boshlashdan oldin, uch nafardam koʻproq niqobli, qurollangan kishi avtomat miltiqlardan foydalanib, olomonga qarata oʻt ocha boshladi[13][14]. Terrorchilar, shuningdek, odamlarga qarata benzin bombalaridan foydalangani va bu yongʻinga sabab boʻlib[13][15], boshlagani tomning qisman qulashiga sabab boʻlgani xabar qilingan[16]. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, qurollanganlarning baʼzilari bino chiqish eshigini toʻsib qoʻygan[17].

Hujum natijasida kamida 40 kishi halok boʻlgan va 100 dan ortiq kishi yaralangan[18]. Hujum ortidan savdo markazlari va boshqa jamoat joylari evakuatsiya qilindi[19], portlashlar natijasida yuzaga kelgan yongʻinni oʻchirish uchun vertolyotlar yuborildi.

Munosabatlar

Mahalliy munosabatlar

Moskva meri Sergey Sobyanin hujumni „katta fojia“ deb taʼrifladi[13] va u Moskvadagi barcha dam olish kunlaridagi tadbirlarni bekor qilish haqida qaror chiqardi[20]. Federal havo transporti agentligi Moskvadagi Sheremetyevo, Domodedovo, Vnukovo va Jukovskiy aeroportlarida yangi xavfsizlik choralarini joriy qildi[21].

Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova voqeani „dahshatli jinoyat“ deb atadi[22][23].

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov hujumni qoralab bayonot berdi[24].

Xalqaro munosabatlar

Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi John Kirby hujum tasvirlarini „dahshatli va achinarli“ deya tariflagan. Oq uy vaziyatni „dahshatli“ deb atadi va Ukrainaning hujumga aloqadorligi haqida hech qanday maʼlumot yoʻqligini aytdi[25].

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning maslahatchisi Mixaylo Podolyak oʻzining X sahifasida Ukraina bu hujumga aloqador emasligini aytib oʻtdi. Shuningdek, Ukraina mudofaa razvedkasi vakili hujum „Putin maxsus xizmatlari tomonidan amalga oshirilgan provokatsiya“ ekanligini taʼkidlagan[26].

Avstriya, Ozarbayjon, Argentina, Armaniston, Bahrayn, Belarus, Belgiya, Boliviya, Buyuk Britaniya, Venesuela, Germaniya, Gretsiya, Falastin, Pokiston, Portugaliya, Misr, Isroil, Iordaniya, Eron, Italiya, Qozogʻiston, Qatar, Qirgʻiziston, Kolumbiya, Kuba, Lyuksemburg, Malta, Meksika, Moldova, Niderlandiya, Nikaragua, Norvegiya, BAA, Abxaziya Respublikasi, Serbiya Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Suriya, Slovakiya, AQSh, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Chernogoriya,​ Janubiy Osetiya ham Yevropa Ittifoqi tomonidan terror hujumi qurbonlari oilalariga hamdardlik bildirildi va terakt turli diplomatik darajalarda qoralandi[27][28][29][30].

Manbalar