4-fevral

4-fevral — Grigoriy taqvimida yilning 35-kuni. Yil yakuniga 330 (kabisa yilida 331) kun qoladi.

Fevral
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
26272829   
2024-yil

Bayramlar

Yana qarang: Turkum:4-fevral bayramlari

  • Butunjahon saraton kasalligiga qarshi kurash kuni.
  • Xalqaro insonlar birodarligi kuni.
  • Neandertal odami kuni.
  • Yaxshi kayfiyat bayrami.

Milliy bayramlar

Voqealar

Abul Hasan Banisadr

Yana qarang: Turkum:4-fevral voqealari

  • 634 — Birinchi Arab-Vizantiya urushi: Amr ibn al-Os boshchiligidagi musulmon qoʻshinlari Datin jangida vizantiyaliklarni magʻlub etishdi.
  • 900 — Forxxaymdagi anjumanda Lyudovik IV Sharqiy Franklar qiroli taxtiga oʻtirdi.
  • 960 — Tay Szu Xitoy imperatori bo‘ldi. Sun sulolasi boshlandi.
  • 1169 — Sitsiliya sharqidagi zilzila natijasida 15 000 kishi halok boʻldi.
  • 1194 — Genrix VI Gogenshtaufen Angliya qiroli Richard I Sheryurakni to‘lov evaziga ozod qildi.
  • 1348 — Yaponiyada Shimoliy Saroy qoʻshinlari Shijonavata jangida Janubiy Saroy qoʻshinlarini magʻlub etishdi.
  • 1508 — Trentoda Maksimilian Gabsburg Muqaddas Rim imperiyasi imperatori unvonini oldi.
  • 1703 — Ako qasosi.
  • 1719 — Pyotr I Rossiya imperiyasi aholisining birinchi roʻyxatini oʻtkazish toʻgʻrisida farmon chiqardi.
  • 1755 — imperator Yelizaveta Petrovna Moskva universitetini tashkil etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.
  • 1789 — AQSh Prezidenti etib George Washington saylandi.
  • 1794 — Fransiya inqilobi: Milliy Konvent Fransiya va uning koloniyalarida qullikni bekor qildi.
  • 1797 — Ekvadorning Riobamba shahri zilzila natijasida butunlay vayron bo‘ldi. Taxminan 40 ming kishi vafot etdi.
  • 1824 — Amerikalik ixtirochi va tadbirkor Charles Goodrich Bostonda rezina kalishlarni ommaga taqdim etdi.
  • 1857 — Neandertal kuni: neandertal birinchi marta ilmiy jamoatchilikka tanishtirildi.
  • 1858 — German Goldshmidt Yevropa 52 asteroidini kashf etdi.
  • 1861 — Amerika Konfederativ Shtatlari tashkil topdi.
  • 1899 — Wake Atoll hech kimga tegishli boʻlmagan yer sifatida AQSh tomonidan anneksiya qilingan.
  • 1899 — Filippin-Amerika urushi boshlandi.
  • 1899 — Bremen (Germaniya) ning „Verder“ futbol klubiga asos solingan.
  • 1911 — Rolls-Royce oʻz avtomobillari uchun emblemani oʻrnatdi.
  • 1915 — Birinchi jahon urushi: Germaniya Britaniya orollariga dengiz blokadasini eʼlon qildi, bu cheklanmagan suv osti urushining boshlanishini bildirardi.
  • 1921 — Baron Ungern hujum qilig Moʻgʻuliston poytaxti Urga shahrini Xitoy qoʻshinlaridan ozod qildi.
  • 1944 — Amerika olimlari DNK ning tirik organizmlarda irsiy belgilarni saqlash va nasldan-naslga o‘tkazish vazifasini bajarishini isbot qilishdi.
  • 1945 — Qrim konferensiyasi boshlandi.
  • 1945 — Belgiya nemis bosqinidan butunlay ozod qilindi.
  • 1948 — Shri Lanka mustaqilligi eʼlon qilindi.
  • 1949 — Eronda Shahanshoh Muhammad Rizo Pahlaviyga suiqasd.
  • 1961 — Angolada ozodlik urushi boshlandi.
  • 1971 — Britaniya avtomobil va samolyot dvigatellari ishlab chiqaruvchi Rolls-Royce Limited kompaniyasi bankrotlik natijasida milliylashtirildi.
  • 1976 — Insbrukda (Avstriya) XII Qishki Olimpiya oʻyinlari ochildi.
  • 1977 — Keniya milliy aviakompaniyasi Kenya Airways tashkil etildi.
  • 1980 — Abul Hasan Banisadr (tasvirda) Eronning birinchi prezidenti boʻldi.
  • 1992 — Hugo Chávez Venesuelada davlat toʻntarishi uyushtirdi.
  • 1994 — Toshkentda kompyuter aloqasi tarmog‘i (1996-yildan UzPAK) tashkil etildi.
  • 1994 — Oʻzbekiston Avtomobil transporti xalqaro uyushmasiga aʼzo boʻldi.
  • 1997 — JAR ning yangi Konstitutsiyasi kuchga kirdi.
  • 1998 — „Ustoz“ jamg‘armasi tashkil topdi.
  • 2003 — Yugoslaviya Ittifok Respublikasi tugatilib, uning oʻrnida Serbiya va Chernogoriya davlati tashkil topdi.
  • 2004 — Facebook ishga tushdi.
  • 2005 — Ukraina Oliy Radasi (375 deputat) koʻpchilik ovoz bilan Yuliya Timoshenkoni Ukrainaning Bosh vaziri etib tasdiqladi.
  • 2009 — Britaniya Harbiy-dengiz kuchlarining HMS Vanguard va Fransiyaning Le Triomphant yadroviy suv osti kemalari (ikkalasi ham bortida WMD bilan) Atlantika okeanida suv ostida toʻqnashib ketdi.
  • 2022 — Pekinda (XXR) XXIV qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilishi.

Tavalludlar

Yana qarang: Turkum:4-fevralda tugʻilganlar

  • 1494 — Fransua Rable (1553) — fransuz yozuvchisi, eng mashhur satiriklardan biri.
  • 1682 — Johann Friedrich Böttger (1719) — nemis kimyogari, oq farfor olgan birinchi yevropalik.
  • 1746 — Tadeusz Kostyushko (1817) — Polsha milliy qahramoni, harbiy va siyosiy arbob.
  • 1799 — Juan Batista de Almeida Garrett (1854) — portugaliyalik shoir, dramaturg va siyosatchi.
  • 1808 — Josef Kaetán Thiel (1856) — chex dramaturgi va shoiri, Chexiya madhiyasi matnining muallifi.
  • 1873 — Mixail Prishvin (1954) — rus sovet yozuvchisi, publisist.
  • 1875 — Ludwig Prandthal — (1953) — nemis mexanigi va fizigi, aerodinamika asoschilaridan biri.
  • 1881 — Kliment Voroshilov (1969) — sovet davlat, partiya va harbiy arbobi, Sovet Ittifoqi Marshali.
  • 1900 — Jacques Préver (1977) — fransuz shoiri, kinodramaturg, ssenariynavis.
  • 1902 — Manuel Alvarez Bravo (2002) — meksikalik atoqli fotograf.
  • 1903 — Simo Bayich (1942) — partizan, Yugoslaviya milliy qahramoni.
  • 1906 — Clyde William Tombo (1997) — amerikalik astronom, Plutonni kashf qilgan.
  • 1913 — Rosa Parks (2005) — amerikalik ijtimoiy faol, Qoʻshma Shtatlardagi qora tanlilarning fuqarolik huquqlari harakatining kashshofi.
  • 1945 — Po‘lat Bulbul o‘g‘li — sovet va ozarbayjon qo‘shiqchisi, bastakor, siyosatchi va diplomat.
  • 1947 — Abirqul Boʻtayev (2002) — tarixchi olim va muzeyshunos, SSSR Xalq maorifi aʼlochisi. Samarqand viloyatida 1984-yilda Tarix va oʻlkashunoslik muzeyiga asos solgan.
  • 1948 — Alice Cooper (haqiqiy ismi — Vincent Fourne) — amerikalik rok musiqachi.
  • 1973 — Oskar de La Hoya — amerikalik bokschi, olimpiya chempioni (1992), jahon chempioni.
  • 1975 — Vincent Fourne) - avstraliyalik qoʻshiqchi va aktrisa.
  • 1985 — Leslie (Leslie Burgoin) — fransuz R’nʼB qoʻshiqchisi.
  • 1989 — Valentina Gunina — rossiyalik shaxmatchi, grossmeyster.
  • 1995 — Lisa Vittozzi — italiyalik biatlonchi.

Vafot etganlar

Yana qarang: Turkum:4-fevralda vafot etganlar


Havolalar