Ashxobod
Ashxobod (turkmancha: Aşgabat; arab.- oshiq va fors - obod; 1919-yilgacha Asxobod, 1927-yilgacha Poltorask) — shahar, Turkmaniston poytaxti (1924-yil oktabrdan). Kopetdogʻ tizmasining shimoliy etaklarida, Axal vohasida. Xalqaro temir yoʻl oʻtgan. Havo yoʻllari xalqaro ahamiyatga ega. Ashxobod yaqinidan Qoraqum kanali oʻtadi. Aholisi 712 000 kishi (2001). Turkmaniston aholisining 12,7 % shu shaharda istiqomat qilishadi[3].
poytaxt | |
37°57′0″N 58°23′0″E / 37.95000°N 58.38333°E G O 58°23′0″E / 37.95000°N 58.38333°E G O | |
Mamlakat | Turkmaniston |
Hukumat | |
• Hokim | Rerjepgeldi Melyavich Nurmammedov[1] |
Asos solingan | 1881 |
Avvalgi nomlari | 1919-yilgacha — Asxabad, 1919-1927-yillari — Poltoratsk |
Maydon | 470 km2 (180 mi²) |
Markazi balandligi | 429 m |
Aholisi (2010) | 947 221[2] |
Milliy tarkib | turkmanlar (77 %) ruslar, oʻzbeklar, armanlar (23 %) |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Pochta indeks(lar)i | 744000 — 744040 |
Tarixi
Ashxobod oʻrnida qadimda karvon yoʻli ustida joylashgan manzilgohlar boʻlgan. Ashxobod 1881-yil qadimgi Asxobod qishlogʻi oʻrnida Rossiya mustamlakachi qoʻshinlarining harbiy istehkomi sifatida vujudga kelgan. Keyinroq Zakaspiy viloyatining maʼmuriy markazi. Ashxobodning vujudga kelishida uning muhim karvon yoʻllari ustida joylashganligi katta rol oʻynagan. 1885-yil Asxobod — Kaspiy va 1899-yil Asxobod — Toshkent temir yoʻl liniyalarining qurilishi Ashxobodda sanoatning rivojlanishiga olib keldi. 1917-yil dekabrda Ashxobodda hokimiyatni bolsheviklar egallab, shoʻrolar hokimiyatini oʻrnatdi. 1918-yil 17-iyunda bolsheviklar rejimiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon shoʻrolar tomonidan shafqatsiz bostirildi. 1918-yil 1 −12-iyulda Ashxobodda hokimiyat eserlar (oq gvardiyachilar) qoʻliga oʻtdi. 1919-yil 9-iyulda shaharni yana bolsheviklar egallab oldi. 1924-yil gacha Ashxobod Turkiston ASSRning viloyat markazi. 1924-yil 27-oktabrdan Turkmaniston poytaxti va 1927-yildan Ashxobod nomini oldi. 1948-yilgi Ashxobod zilzilasida shahar butunlay vayron boʻldi.
Ijtimoiy soha
Ashxobod-yirik sanoat, maʼmuriy va madaniyat markazi. Yetakchi sanoat tarmoqlari — mashinasozlik va metallsozlik. Shuningdek kimyo-farmasevtika, oyna, engil (ip-gazlama, ipak, poyabzal, gilam toʻqish va boshqalar), oziq-ovqat (goʻsht, vino, un, tamaki) sanoati rivojlangan. Matbuot uyi, kinofabrika bor[4].
Ashxobod — muhim madaniyat markazi. Turkmaniston Fanlar Akademiyasi, 8 oliy oʻquv yurti (shu jumladan Turkmaniston universiteti), 4 teatr (shu jumladan, Turkmaniston opera va balet teatri), tasviriy sanʼat muzeyi, tarix muzeyi, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi (1881-yilda asos solingan), „Niso“ tarix-madaniyat qoʻriqxonasi mavjud. Ashxobodda „Turkmaniston“, „Ilm“ nashriyotlari, radio va televidenie, telemarkaz, Turkmaniston telegraf agentligi bor. Turkman va rus tillarida gazeta va jurnallar nashr etiladi. 1968-yildan „Ashxobod oqshomi“ shahar gazetasi nashr etiladi.
20-asr boshida shaharda toʻgʻri burchakli kesishgan koʻchalar bilan birga radial yoʻnalishli koʻchalar ham boʻlgan; uylar asosan paxsadan qurilgan. Keyingi vaqtlarda shahar kengaydi va zamonaviy uylar qad koʻtardi. 1948-yilgi zil-ziladan keyin Ashxobod butunlay qayta tiklandi. Koʻp qavatli zilzilabardosh turar joy va jamoat binolari qurildi. 50-90-yillarda bunyod etilgan inshootlar orasida Hukumat uyi binosi, Turkmaniston Fanlar Akademiyasi majmuasi, Mulla Nafas nomidagi Akademik drama teatri, qishloq xoʻjalik instituti, universitet, tasviriy sanʼat muzeyi, „Tinchlik“ kinokonsert zali, markaziy maydondagi Davlat kutubxonasi binosi, „Ashxobod“, „Inturist“ va boshqa mehmonxonalar bor. 1941 — 45 yillardagi urushda halok boʻlgan jangchilarga yodgorlik oʻrnatilgan. 1991-yildan keyin poytaxtda sharq meʼmoriy uslubi bilan uygʻunlashgan holda koʻplab yangi binolar, jumladan prezident saroyi va boshqa bunyod etildi.[3].
Ashxoboddan 39 km narida, Kopetdogʻning shimoli-sharqiy yon bagʻirlarida Feruza kurort shaharchasi joylashgan.
Iqlimi
- Yillik oʻrtacha harorati — +16,7C°
- Shamolning yillik oʻrtacha tezligi — 1,6 m/s
Teatrlari
- Buyuk Saparmurat Turkmanboshi nomidagi Turkmaniston asosiy drama teatri
- Molanepesa nomli turkman Drama teatri
- Alp Arslan nomli turkman yoshlar milliy teatri
- Turkman Davlat qoʻgʻirchoq teatri
- A.S.Pushkin nomli davlat rus teatri
- Turkmaniston Davlat tsirki
Hamdoʻst shaharlar
Galereya
- 1908-yilda shahar gerbi
- Olimpik stadioni
Manbalar
Havololar
Vikiomborda Ashxobod haqida turkum mavjud |
- Ofitsialniy sayt (Wayback Machine saytida 2016-03-05 sanasida arxivlangan)
- Informatsionniy portal goroda Ashxabad (Wayback Machine saytida 2014-04-15 sanasida arxivlangan)
- „Ashxabad“ (Wayback Machine saytida 2009-04-11 sanasida arxivlangan) — BSE
- „Gorod serdara“ (Wayback Machine saytida 2008-01-23 sanasida arxivlangan) — Vokrug Sveta
- A. A. Nikonov „Ashxabadskoe zemletryasenie: problemi i resheniya polveka spustya posle katastrofi“. Vestnik OGGGGN RAN, № 2(4), 1998 (spesialniy vipusk)
- Ashxabad, uchebniy film
- Turizm goroda Ashxabada (Wayback Machine saytida 2015-09-04 sanasida arxivlangan)
- Kniga: „Ashxabad — v Knige rekordov Ginnesa“. Fotogalereya. © Türkmen döwlet neşirýat gullugy, 2013. (Wayback Machine saytida 2015-09-04 sanasida arxivlangan) // ashgabat.gov.tm
Vikiomborda Ashxobod haqida turkum mavjud |