Gaploguruh

Gaploguruh - umumiy ajdodga ega bo'lgan o'xshash gaplotiplar guruhi, barcha avlodlar tomonidan meros qilib olingan mutatsiyaga ega bo'lib, odam populyatsiyasi genetikasida, insoniyatning genetik tarixini o'rganuvchi fan hisoblanadi Y xromosomasining rekombinatsiyalanmaydigan hududlarida joylashgan allellar qatori bo'lgan o'xshash gaplotiplarning katta guruhidir. Halpoguruhlar Y-xromosomali (Y-DNK) va mitoxondrial (mt-DNK) ga bo'linadi. Y-DNK to'g'ridan-to'g'ri otalik chizig'i, ya'ni o'g'il, ota, bobo va boshqalar, mtDNK esa to'g'ridan-to'g'ri ona chizig'i, ya'ni qizi, onasi, buvisi, buvisi va boshqalar. "Gaplogrup" atamasi genetik DNK genealogiyasida keng qo'llaniladi.

«Gaploguruh» atamasi aholi genetikasi va genetik genealogiyada keng qo‘llaniladi. Genetika va genealogiya Y-xromosoma (Y-DNK), mitoxondrial DNK (mtDNK) gaploguruhlarini o‘rganish orqali insoniyatning genetik tarixini o‘rganuvchi fan. Y-DNKning genetik belgilari Y-xromosoma bilan faqat otalik liniyasi (ya'ni, otadan o'g'illarga) va mtDNK belgilari onalik liniyasi orqali (onadan barcha bolalarga) uzatiladi. Shunday qilib, erkaklar Y-DNK va mtDNK belgilarining tashuvchisi, ayollar esa faqat mtDNKni olib yuradilar. Avtosomal belgilar uchun gaplotiplar erkaklarda ham, ayollarda ham mavjud.

Y-DNK gaploguruhlari

2002-yilda Y xromosomalari konsorsiumi Y xromosoma chiziqlari uchun umumiy tasnif va nomenklaturani ishlab chiqdi. A dan R gacha lotin harflari bilan belgilangan 18 ta asosiy mutatsion klasterlar (kladlar) aniqlangan. Harflarning tartibi mutatsiyalar sodir bo'ladigan ketma-ketlikni aks ettiradi. Bu guruhlar, o'z navbatida, raqamlar va harflar bilan raqamlangan gaploguruhlarga aylanadi.

2002-yilgacha gaploguruh raqamlariga ko'ra soddaroq belgilar ishlatilgan: HG1, HG2 va boshqalar. Jadval ilmiy maqolalarda qo'llaniladigan ko'hna belgilarni zamonaviy nomenklaturaga tarjima qilish imkonini beradi.

O'zbeklardagi Y-DNK gaploguruhlari

Markaziy Osiyo aholisi Y-xromosoma bo‘yicha katta xilma-xillikka ega. Mintaqa xalqlarining genofondini shakllantirgan ko‘plab populyatsion-demografik voqealar bu mintaqaning etnik populyatsiyalarida Yevroosiyoning ham g‘arbiy ham sharqiy belgilarini ko‘rsatadi. Xususan, mazkur mintaqa davlatchiligining tarixi minglab yillarni o‘z ichiga oladi. Ularga Ahamoniylar hukmdorligi davri (Eron), Iskandar Maqduniy istilosidan keyin So‘g‘diyonada boshlangan ellinizm davri, Kushon davlati, Eftaliylar davlati, Turk xoqonligi, Arab istilosi, Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar davlati, mo‘g‘ul istilosi, Temuriylar davlati, Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolasi misol bo‘ladi. Shuningdek, mazkur mintaqaning Buyuk ipak yo‘lida joylashgani xalqlarning genofondiga o‘z ta'sirini ko‘rsatgan.

Markaziy Osiyo mintaqasi hind-yevropa va Shimoliy va Sharqiy Osiyo gaploguruhlarining tarqalishi bilan belgilangan.

Qozog‘iston va Qirg‘iziston tub aholisining genofondida C va O Shimoliy va Sharqiy Osiyo gaploguruhlari ko‘proq uchrashi aniqlangan. Shu bilan birga, bir qancha belgilariga ko‘ra, qirg‘izlar Janubiy Sibir (oltoy va tuva) xalqlariga yaqin turadi. Bu esa ularning oltoy-sayanlardan kelib chiqqani to‘g‘risidagi nazariyani tasdiqlaydi.

Tojik va o‘zbek erkak jinsidagi shaxslar genetik pasportining o‘ziga xos jihati ularda hind-eron genofondi tarkibiy qismi bo‘lmish L-gaploguruhining mavjudligi hisoblanadi.

O‘zbeklar genofondida Sharqiy Yevropa xalqlarida dominant hisoblangan R1a1 25 foizdan ziyodni tashkil etadi.[1]

Genetik tadqiqotlar

Tadqiqot natijasida o'zbek erkak jinsidagi aholi o‘rtasida 16 xil gaploguruh mavjudligi (C, D, E, F, G, H, I, J, K, L, N, O, P, Q, R, T) aniqlandi.

Hamma viloyatlarida R (hind-yevropa) va C (Shimoliy va Sharqiy Osiyo) gaploguruhlarining ustunlik qilishi, ya'ni ko‘p uchrashi aniqlandi.

Tadqiqotlar davomida Yaqin Sharq mintaqasidan kelib chiqishga ega bo‘lgan J (arab-semit) gaploguruhining mavjudligi ham kuzatildi.

Amerikalik genetik va antropolog olim Spencer Wells 2001-yilda O'zbekistonning hamma viloyatlaridan o'zbek millatiga mansub 366 ta erkakdan DNK namunalarini olib, tadqiqot o'tkazgan. Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, 25.1% erkaklar R1a1 gaploguruhiga mansub. Mazkur gaploguruh asosan, pushtunlarda 44.8%, tojiklarda 44.7%, Xurosonlik forslarda 22%, uyg'urlarda, 21.6%, Eronlik kurdlarda 20.3%, qoraqalpoqlarda 18.2%, turklarda 11.9%, ozarbayjon va turkmanlarda 7% aniqlangan.

Ikkinchi o'rindagi eng katta ulush J gaploguruhiga oid bo'lib, u 366 ta erkakdan 13.4%ida aniqlangan. Mazkur gaploguruh, asosan, Yamanlik arablarda 82.3%, Iroqlik arablarda 57.4%, Suriyalik arablarda 55.7%, B.A.A.lik arablarda 45.1%, gruzinlarda 36.4%, turklarda 33.3%, eroniylarda 31.4%, ozarbayjonlarda 31%, Misrlik arablarda 27.6, armanlarda 24%, tojiklarda 18.4, turkmanlarda 17%, uyg'urlarda 15.7%ni tashkil etadi.

Umumiy viloyatlararo natijalar esa quyidagicha:

R1a1 - 25.1%, R1b1 - 9.8%, J - 13.4%, C - 11.5%, I - 2.2%, K - 6.8%, N - 1.4%, O2 - 4.1%, P - 5.5%, R2 - 2.2%, F - 7.9%, L - 3%, E - 2%, D - 2%.[2]

mtDNK gaploguruhlari

Ko'p hujayrali organizmlarda mitoxondriyal DNK ona tomonidan meros bo'lib o'tadi.

Inson mtDNK gaploguruhlari mazkur harflar bilan belgilanadi: A, B, C, CZ, D, E, F, G, H, HV, I, J, pre-JT, JT, K, L0, L1, L2, L3, L4, L5, L6, M, N, P, Q, R, R0, S, T, U, V, W, X, Y va Z. mtDNK daraxtining eng zamonaviy versiyasi Mannis van Oven tomonidan saqlanmoqda.[3]

Foydalanilgan adabiyotlar