Pushtunlar

Pashtunlar, pashtular — 1) Afgʻonistondan tashqarida (asosan, Pokistonda) yashovchi afgʻonlarning etnik nomi (ilgarigi nomi — patanlar). Umumiy soni — 50 mln.ga yaqin (2011). Pashtu tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, sunniy musulmonlar, oz qismi shialar. Pashtunda qabila va xellarga (qabiladan kichik, to urugʻgacha boʻlgan birlik) boʻlinish saqlangan. Eng yirik qabilalar: Xaybar dovoni atrofida afridiylar, momandlar, orakzoylar; Peshovar shimolida yusufzoylar, janubi va gʻarbida bangashlar, xattaklar, soʻngra vazirlar; Shimoliy Balujistonda — kakarlar yashaydi va boshqa Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, yaylov chorvachiligi; bir qismi koʻchmanchilar. Pashtunlar boy folklorga ega, turli raqs va ashulalari mavjud. Pashtu tilida adabiyot rivojlanmoqda. Pashtun tarixi XX asrgacha afgʻonlar tarixi bilan uzviy bogʻliq; 2) afgʻonlar oʻzlarini Pashtun deb atashadi.[9]

Pashtunlar
پښتانه
Paṣ̌tun
[[Fayl:
|300px]]
Pashtunlar
Umumiy aholi soni

49 million (2009)

Katta aholiga ega mintaqalar
 Pokiston29,342,892 (2012)
 Afgʻoniston12,776,369 (2012)
 BAA338,315 (2009)[1]
 AQSh138,554 (2010)[2]
 Iran110,000 (1993)[3]
 Buyuk Britaniya100,000 (2009)[4]
 Germaniya37,800 (2012)[5]
 Kanada26,000 (2006)[6]
 Hindiston11,086 (2001)
 Rossiya9,800 (2002)[7]
 Avstraliya8,154 (2006)[8]
 Malayziya5,500 (2008)
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston4,000 (1970)
Tillar
Pashtu shuningdek Urdu, Dariy
Dinlar
Islom (Sunniy)

Manbalar