Koneru Humpy

Koneru Humpy (1987-yil 31-martda tugʻilgan) hindistonlik shaxmatchi, 2019-yilda FIDE ayollar oʻrtasidagi tezkor shaxmat chempionatida gʻolib boʻlganligi bilan mashhur.[1] 2002-yilda u 15 yosh, 1 oy, 27 kunligida grossmeyster (GM) unvoniga erishgan eng yosh ayol boʻlib, Judit Polgarning oldingi rekordini uch oyga[2] ortda qoldirdi (keyinchalik bu rekord Xou Yifan tomonidan 2008-yilda yangilandi). 2007-yil oktyabr oyida Humpy Polgardan keyin 2600 Elo reytingidan oshib, 2606 ball olgan ikkinchi ayol oʻyinchi aylandi.[3][4]

Koneru Humpy
Mamlakat Hindiston bayrogʻi Hindiston
Tugʻilishi 31-mart 1987-yil
Vijayawada, Andhra Pradesh, Hindiston
Saravha Grandmaster (2002-yil)
FIDE reyting 2586 (fevral 2024)
Yuqori reytingi 2623 (iyul 2009)
Medallari va yutuqlari
Hindiston bayrogʻi Hindiston vakili
Osiyo o`yinlari
Oltin2006 DohaAyollar shaxmati individual o`yinlar
Oltin2006 Dohajamoaviy

Karyerasi

Humpy shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida uchta oltin medalni qoʻlga kiritgan: 1997-yilda (10 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasi), 1998-yilda (12 yoshgacha boʻlgan qizlar orasida) va 2000-yilda (14 yoshgacha boʻlgan qizlar orasida). 1999-yili Ahmadobod shahrida shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida oʻgʻil bolalar bilan kuch sinashib, 12 yoshgacha boʻlganlar bahsida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.[5] 2001-yilda Humpy oʻsmir qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib boʻldi. Keyingi yilgi oʻyinlarda u Chjao Xue bilan birinchi oʻrinni egalladi, ammo tay-brekda ikkinchi oʻringa tushib ketdi.[6] 2002-yilda u sakkizinchi ayol grossmeysterga aylandi. Humpy 2004-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻgʻil bolalar bilan raqobatlashdi, bu musobaqada Pentala Xarikrishna gʻalaba qozondi. Humpy esa 8,5/13 ball bilan oʻninchi oʻrinni egalladi.[7]

Humpy 2000 va 2002-yillarda ayollar oʻrtasidagi Britaniya chempionatida gʻolib boʻldi. 2003-yilda u ayollar oʻrtasidagi 10-chi Osiyo chempionati va Hindiston ayollar chempionatida gʻoliblikka erishadi.[8][9] 2005-yilda u Rossiyaning Krasnoturinsk shahrida oʻsha davrdagi eng kuchli oʻn nafar ayol oʻyinchi ishtirokida boʻlib oʻtgan Shimoliy Ural kubogida gʻolib sfatida etirof etiladi.[10]

U birinchi marta 2004-yilda ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida qatnashgan va oʻshandan beri u nokaut formatida oʻtkazilgan har bir musobaqada qatnashib kelgan. Humpy 2004, 2008 va 2010-yillarda yarim finalga qadar chiqqan.

2009-yilda u Mumbay meri kubogida Aleksandr Areshchenko, Magesh Panchanathan va Evgeniy Miroshnichenko bilan 1-4-oʻrinlarni egalladi.[11]

2009-yilda Humpy Butun Hindiston shaxmat federatsiyasini Turindagi 37-shaxmat Olimpiadasida ishtirok etishiga toʻsqinlik qilganlikda aybladi.[12][13] Unga murabbiylik qilayotgan otasi Humpy Ashokga u bilan turnirlarga borishga ruxsat berilmaganligi asosiy sabab sifatida koʻrsatildi.

Humpy 2009—2011-yillardagi FIDE ayollar Gran-prisida ishtirok etdi va umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi. Oʻz navbatida 2011-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati yoʻllanmasiga daʼvogar sifatida ishtirok etdi.[14][15] Bu musobaqada Xou Yifan uchta oʻyinda gʻalaba qozonib, beshta durang qayd etdi. Humpy 2011-2012, 2013-2014, 2015-2016 va 2019—2021-yillarda ham FIDE ayollar Gran-prisi seriyasida ikkinchi oʻrinni egalladi.

U 2015-yilda Xitoyning Chengdu shahrida boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jamoaviy jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Hindiston terma jamoasi musobaqada toʻrtinchi oʻrinni egalladi — bu bronza medalini qoʻlga kiritgan Xitoy jamoasidan atigi bir ochko ortda qolgani tufayli edi.[16]

2019-yilda u ikki yillik tugʻruq taʼtilidan qaytganidan keyin ayollar oʻrtasida Rapid boʻyicha jahon chempioni boʻldi.[17]

2020-yilda Humpy ommaviy ovoz berishdan soʻng BBC tomonidan Hindistondagi yilning eng yaxshi sportchisi mukofotiga loyiq deb topildi.[18]

Humpy 2022-yilda Tamilnadu shtatining Mahabalipuram shahrida boʻlib oʻtayotgan Shaxmat Olimpiadasida Hindiston shaʼnini himoya qilmoqda.

Shaxsiy hayoti

U dastlab ota-onasi (Koneru Ashok va Latha Ashok) tomonidan „Hampi“ deb nomlangan, bu ism „chempion“ soʻzidan olingan. Keyinchalik uning otasi rus tilidagi ismga yaqinroq oʻxshash boʻlishi uchun imloni Humpy deb oʻzgartirdi.[19][20]

2014-yil avgust oyida u Dasari Anveshga turmushga chiqdi.[21] Hozirda u ONGC Ltd bilan hamkorlikda ishlaydi.[22]

Prezident, doktor APJ Abdul Kalam 2007-yil 23-mart kuni Nyu-Dehlidagi Rashtrapati Bxavanda investitsiya marosimida Kumari Humpy Humpyga (shaxmat) Padma Shrini taqdim etmoqda.

U 2017-yilda Ohana ismli qizini dunyoga keltirdi.[23]

Mukofotlar va yutuqlar

Wijk an Zee da, 2006-yil
  • 1999-yil: Osiyodagi eng yosh ayol xalqaro usta (WIM)
  • 2001-yil: Hindistonning eng yosh ayol grossmeysteri (WGM)
  • 2003-yil: Arjuna mukofoti
  • 2007-yil: Padma Shri[24]
  • 2019-yil: Skolkovo ayollar Gran-prisi 2019-2020
  • 2019-yil: Monako ayollar Gran-prisi 2019-2020
  • 2019-yil: Tezkor shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati[25]
  • 2020-yil: Cairns Cup[26]
  • 2020-yil: FIDE 2020 Onlayn Shaxmat Olimpiadasida oltin
  • 2021-yil: BBC Hindistonda yilning eng yaxshi sportchisi
  • 2021-yil: FIDE 2021 Onlayn Shaxmat Olimpiadasida bronza
  • 2022-yil: 44-Shaxmat Olimpiadasida bronza
  • 2022-yil: 44-shaxmat olimpiadasida Gaprindashvili kubogi gʻolibi

Manbalar