Magellan boʻgʻozi
Magellan boʻgʻozi — Janubiy Amerika materigi bilan Olovli Yer arxipelagi orasidagi boʻgʻoz. Atlantika okeanini Tinch okean bilan bogʻlaydi. Uzunligi 575 km, eng tor joyi 2,2 km, farvaterida eng sayoz joyining chuq. 19,8 m. Kuchli gʻarbiy shamollar boʻlib turadi. Suv osti qoyalari va sayozliklarining koʻpligi kema qatnovini qiyinlashtiradi. Magellan boʻgʻoziga Olovli Yerdan muzliklar kelib tushadi. Punta-Arenas (Chili) porti bor. Boʻgʻoz ilk bor (1520-yil) uni kesib oʻtgan portugal dengizchisi F. Magellan nomi bilan atalgan.[1]
Manbalar
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari