Martin Scorsese

Martin Charles Scorsese (1942-yil 17-noyabrda tugʻilgan) — amerikalik rejissor, produser, kinodramaturg va bastakor. Yangi Hollywood davrining yirik namoyondalaridan biri sifatida u film tarixidagi eng koʻzga koʻringan va nufuzli rejissorlardan biri sifatida tan olingan. Rejissor Bong Joon-ho 2020-yildagi Oscar marosimida nomzod Martin Scorseseni „ustoz va buyuk Martin Scorsese“ deb atadi.[1]

Martin Scorsese

Scorsese Berlin film festivalida (2010)
Tavalludi
Martin Charles Scorsese

17-noyabr 1942-yil (1942-11-17) (81 yosh)
Fuqaroligi AQSH
Kasbi Rejissor, produser, kinodramaturg va bastakor
Filmlari Martin Scorsese filmografiyasi
Faoliyat yillari 1963—hozirgacha
Bolalari 3
Mukofotlari
  • Oscar (2007)
  • Oltin globus (2003, 2007, 2010, 2012)
  • BAFTA (1991-yilda uchta, 2012)
  • Palma d’Or (1976)
  • Oltin ayiq (1995)
  • Kann kinofestivalining eng yaxshi rejissyori (1986)
  • Kumush sher (1990)
  • Sezar (2000)
  • Emmy (2011, 2012-yilda uchta)
  • Grammy (2006)

Uning koʻplab filmlarida zoʻravonlik tasviri va rok musiqasidan erkin foydalanishi bilan mashhur. U 1990-yilda filmlarni saqlashga bagʻishlangan „The Film Foundation“ tashkilotiga asos solgan, 2007-yilda Butun jahon film jamgʻarmasini taʼsis etgan va 2017-yilda Afrika filmlari merosi loyihasini taqdim etgan. Scorsese Robert De Niro, Leonardo DiCaprio va muharrir Thelma Shunmaker bilan doimiy ish olib borgan holda, uning loyihalarini yaratuvchilarini oʻzgartirmaslikni afzal koʻradi.

Yoshligi

Martin Scorsese 1942-yil 17-noyabrda New Yorkning Queens tumanida tugʻilgan.Scorsizening ota-onasi — Charlz Skorsese va Ketrin Skorsese Nyu-Yorkning Garment tumanida ishlaganlar.Charlz kiyim ishlab chiqaruchi va aktyor boʻlgan, Ketrin tikuvchi va aktrisa boʻlgan.Ikkalasi ham italiyalik edilar. Oilaning asl familiyasi Skotsese edi, keyinchalik transkripsiya xatosi tufayli Skorsese deb oʻzgartirildi. Martin Skorsese asosan katolik muhitida voyaga yetgan.

Bolaligida u astma bilan kasallangan va boshqa bolalar bilan sport oʻynashga yoki biron bir tadbirda qatnasha olmagan, shuning uchun ota-onasi va akasi uni tez-tez kino teatrlariga olib borishar edi; hayotining ushbu bosqichida u kino ishtiyoqini rivojlantirdi. Bronksda oʻspirin boʻlganida, Skorsese tez-tez Pauell va Pressburgerning „ Xaffonlarning ertaklari“(1951)ni bitta nusxasi boʻlgan doʻkondan ijaraga olgan.Skorsese uni doimiy ravishda ijaraga olgan ikki kishidan biri boʻlgan. Ikkinchisi boʻlgʻusi rejissor George A. Romero edi .

Filmografiya

Mukofot va nominatsiyalari

Hollywood Walk of Fameda Martin Scorsese yulduzi
YilFilmAkademiya mukofoti (Oscar)BAFTA mukofotiOltin globus mukofoti
NominatsiyaYutuqNominatsiyaYutuqNominatsiyaYutuq
1974Alice Doesn't Live Here Anymore31742
1976Taxi Driver4732
1977New York, New York24
1980Raging Bull824271
1983The King of Comedy41
1985After Hours11
1986The Color of Money412
1988The Last Temptation of Christ12
1990Goodfellas61755
1991Cape Fear222
1993The Age of Innocence514141
1995Casino121
1997Kundun41
2002Gangs of New York1012152
2004Aviator11514463
2006The Departed54661
2011Hugo1159231
2013The Wolf of Wall Street5421
2016Silence1
2019Irlandiyalik10105
Jami912094236111

Manbalar

Havolalar